Bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi.
Bolalar
adabiyotining kamolotida uning barcha fanlar bilan aloqadorligi muhim ahamiyatga ega.
BuM.Gorkiyning «Mavzular to`g`risida» maqolasida yorqin ifodalangan bo`lib, bolalar
adabiyotining rang-barang mavzular hisobiga boyib, xilma-xil obrazlar hisobiga to`lishib
borishini ta`minlashdan tashqari ma`lum darajada o`zligiga daxldor xossalarini ham
oydinlashtiradi. Shu ma`noda, aytish mumkinki, bolalarga o`zlarini qurshagan olam va
uning sirlaridan voqif bo`lishda, narsa va hodisalar mohiyatini idrok etishda, ularni anglash
va bilib olishda, o`rganish va o`zlashtirishda bolalar adabiyoti o`ziga xos hayot darsligi
vazifasini o`taydi.
Aytaylik, elektr nima? Quyosh-chi? Oy-chi?YUlduzlar nega faqat kechasi
ko`rinadi?Momaqaldiroq nimadan paydo bo`ladi? Yashin-chi? Suv nima? Shamol nimadan
hosil bo`ladi? Tuproq nima? Yomg`ir nima? Qor nima? O`simliklar, hasharotlar nega
xilmma-xil? Xullas, bunday savollarning cheku-chegarasi yo`q. Lekin bolalar bularning
barchasini bilishidan iborat ehtiyojlarini qondirmay qo`ymaydilar. Ularning ma`naviy
ulg`ayishlari ana shu istakni qondirish evaziga amalga oshadi. Binobarin, bolalar adabiyoti
ana shu savollarga javob berish maqsadida fizika, astranomiya, geologiya, geografiya,
kimyo, matematika, botanika, biologiya, qo`ying-chi kishilik jamiyati yaratgan barcha
bilimlar bilan ijodiy hamkorlik qiladi. Bunda u mazkur bilimga xos sovuq ilmiy muhokama
va mantiqiylikni emas, balki har qanday ilmiy tushunchaning insonni sharaflovchi badiiy
obrazli ifoda etilishi orqali erishadi. Bunday obrazli ifoda pirovard-oqibatda uning
qiziqarliligini (zanimatelnost) va ma`rifiyligini (poznavatelnost) ta`minlaydi. «Qiziqarli
botanika», «Qiziqarli fizika», «Qiziqarli biologiya», «Qiziqarli geologiya», «Qiziqarli
kimyo» yoki «Yosh tilshunos», «Yosh adabiyotshunos», «Yosh fizik» qomuslari singari
bolalarbop rang-barang kitoblar, shuningdek, turli-tuman kasb-korlar, aniqrog`i,
shishapazlik, chinnisozlik, yog`och va ganch o`ymakorligi, misgarlik va mis o`ymakorligi,
temirchilik, kulolchilik, bo`yraboflik, gilamboflik, temirchilik, haykaltaroshlik, kashtachilik,
zargarlik, zardo`zlik, rangpazlik, qog`oz tayyorlash va hokazolarning kelib chiqishi tarixiga
oid zavqovar badia va hikoyalar yosh avlodning ular haqidagi bilimlarini chuqurlashtiribgina
qo`ymaydi, balki ularda ajdodlar tajribalari va an`analarini o`zlashtira turib e`zozlashni,
demakki, qadriyatlarni anglash jarayonida o`zliklarini anglashlariga, eng muhimi, kelajakda
kim bo`lishdan iborat havaslarini uyg`otibgina qo`ymaydi, balki shu havasning qat`iyatga
aylanishida yordam beradi.
Shu tariqa ilm va badiiyat sintezidan hosil bo`lgan ilmiy-ma`rifiy (poznovatelno`y)
adabiyot shakllana boshladiki bu ma`rifatparvalik adabiyotidan tubdan farq qiluvchi
hodisadir. Ma`rifatparvarlik adabiyotida ilg`or fan, texnika va an`analarini o`zlashtirishga
da`vatkorlik ruhi ustivor bo`lsa, bolalar o`qishigagana mo`ljallangan ilmiy-ma`rifiy
adabiyotda ilmiy dalillar, g`oyalar va farazlar badiiyat sintezidan o`tkazilib, obrazli tilda
bayon etiladi. Bunda ilmiy ma`lumot shunday zavqovar qilib bayon etilmog`i lozimki,
undagi istalgan dalil shunchaki oddiy so`z bo`lib qolmasligi, qolaversa, o`quvchi miyasini
keraksiz fakt sifatida g`ovlattirib qo`ymasligi, aksincha, uning fikrini, xayolini harakatga
solmog`i, pirovard oqibatda esa,unda ijodkorlik layoqatini shakllantirishga xizmat qilmog`i
zarur.
Bolalar adabiyoti ruhshunoslik va pedagogika zimmasidagi vazifalarni birlashtirgan
holda bolalar qalbini badiiy tadqiq qiladi, bolalikni badiiyat ko`zgusida butun bo`yi-basti
bilan ko`rsatadi, aniqrog`i, bolalar ruhiy olamining takomillashuvini va ijtimoiy-axloqiy
jihatdan shakllanishini badiiy tadqiq qilib ko`rsatadi, shu asosda fan va san`at o`zaro
tutashgan va singishgan badiiyat hosilasiga aylanadi. Natijada bolalar adabiyoti pedagogika
140
va ruhshunoslikning o`ziga xos badiiy- axloqiy xrestomatiyasiga aylanadi. Bolalar
adabiyotining ana shu xususiyati yozuvchi oldiga o`z o`quvchisining yosh xususiyatlarini,
ruhiyatini, saviyasini va qiziqishlarini nazarda tutgan holda ijod etish vazifasini ko`ndalang
qilib qo`yadi. Bu esa, o`z navbatida, balalarga atab yoziladigan asarlarning qaysi yoshdagi
bolaga mo`ljallanganligini – adresliligini aniq belgilab olishni taqozo etadi. Yozuvchi o`z
asarini kimga qaratib yozayotganini oldindan bilishi kerak,-deb yozgan edi M.Gorkiy,-
shunday qilinmagan taqdirda uning kitobi o`quvchisiz qoladi. Bolalar yozuvchilari
o`quvchilarning yoshiga katta e`tibor berishlari lozim. Agarda shunday qilinmaganda, u
kitob «adressiz» bo`lib, kattalarga ham, bolalarga ham keraksiz bo`lib qoladi.» Bu talabni
bajarishda pedagogika va ruhshunoslik fanlari bolalar yozuvchilari uchun jiddiy dastur bo`la
oladi, chunki bu fanlar bolalar va ularning ruhiy olami, tarbiyasi bilan shug`ullanadi. Shu
mantiqqa muvofiq bolalarni yosh xususiyatlariga ko`ra uch guruhga bo`lish an`anaga
aylanganki, bu ularga mo`ljallab badiiy asarlar yozishda ham mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |