Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tift opsixot ogtya



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/113
Sana21.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#834348
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   113
Bog'liq
fayl 432 20210423

Savol va topshiriqlar
1. Ko'rish nuqsoni bo'lgan shaxslarning asab tizimiga um um iy 
m a ’lumot bering.
2. Kom pensator imkoniyatlar nima?
3. Ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalar ruhiy rivojlanishining 
o'ziga xos xususiyati nim alard an iborat.
Tayancli so'zlar va tushunchalar
1.
Ko'rish nuqsonini korreksiyalash 
— turli asbob-uskunalar yor­
dam ida qoldiq ko'rish imkoniyatlarini ko'paytirish, kuchaytirish.
2. 
Adaptatsiya 
— tashqi sharoitlarga moslashish bo'lib, buning 
o'zi analizatorlarning o'zgarishlarni sezish bilan bog'liq fiziologik 
adaptatsiya va yangi guruhlardagi yangi faoliyat turiga moslashish- 
dagi psixologik adaptatsiyalarga ajratiladi.
3. 
Kompensatsiya 
- zararlangan, ishdan chiqqan bir a ’zo funksi­
yasini boshqa a ’zoning qisman boshqarishi, to'ldirishi tushuniladi.


X I II bob. K O ‘R VA Z A IF K O ‘R U V C H I B O L A L A R N IN G
B I L I S H FA O LIYATI
13.1. Ko‘r va za if ko‘ruvchilarning sezgisi
H a r qanday bilish dastlab oddiy sezgilardan boshlanar ekan. 
Oddiy tilda gapiradigan b o ‘lsak, sezgilar bizni borliq bilan bog‘lab 
turuvchi vosita, ko'prikdir. K o ‘rish, eshitish, hid bilish, ta ’m bi­
lish, teri sezgilar va boshqalar b izn in g sezgi bilim larim izga asos 
bo ‘la oladi. Sezgi b ilim la rim iz n in g tarkibi, tuzilishi inso nn ing
sensor tiz im in i tashkil etadi. I n s o n n in g sensor tuzilishi uning 
tarixiy-ijtimoiy taraqqiyoti davom ida shakllanib, uning hayot va 
faoliyat m a z m u n in i belgilaydi. Shu bois, ko'rish tizimi boshqa 
analizatorlardan ustun turadi. In so n m e h n a t faoliyati jarayonining 
asosida ko‘rish -tak til-kin estetik b o g i a n i s h la r va optik-vestibulyar 
yo'nalganlik yotadi. K o'rish a n a liza to rin in g to'la yoki qism an b u ­
zilishi zaif ko'rishga, ko'rlikka olib keladi. B un ing natijasida analiza- 
torlar orasidagi bog'liqlik buziladi. M utanosiblik yo'qoladi. Buning 
oqibatida in sonn in g sensor tuzilishida, b irinchi navbatda mantiqiy 
bilish va tajribada m e ’yordan chetga chiqish kuzatiladi. Agar inson 
ruhiyati d in am ik lik k a va egiluvchanlikka ega bo'lm a ga nda edi, bu- 
larning bftrchasi qaytarilm as, tak ro rla n m a s oqibatlarga olib kelishi 
m u m k in edi.
1880-yillardan boshlab tiflopsixologik tadqiqotlarda sezish chega- 
ralarini o'rganish boshlangan edi. Qism an yoki zaif ko'ruvchilardagi 
sezgi chegaralari o'ziga xosligi bilan, nuqson chuqurligi bilan, uzviy 
bog'liqligi bilan ajralib turadi. Q ator tadqiqotlarda absolyut sezish 
chegarasiga oid turli qarashlar, m a ’lum otlar bor. N orm al bolalarda­
gi sezish chegaralari bilan yaqinligi haqida h a m m a ’lumotlar yetar­
li. K om pensator o'zgarishlar h a m o'ziga xos tarzda amalga oshar 
ekan. Turli sezgilarning o'zaro t a ’siri oqibatida ayrim analizatorlar 
faoliyati tezlashadi, ayrim larining faoliyati susayadi. Ayrim hollarda 
sezgilararo aralashuvlar ha m yuz berar ekan.
Tiflopsixologiya fan bo'lib shakllana boshlagandan buyon qaysi 
sezgilar yetakchi bo'lishi ustida tadqiqotlar olib boriladi. Keyingi 
yillardagi ilmiy tadqiqotlarning isbot etishicha, ko'rish nuqsoni oqi-


batida asosan taktil va kinestetik analizatorlar faoliyati faollashar 
ekan. Total ko'rlarda haqiqatan shunday holat kuzatiladi. Bu haqida 
ikkilanish kerak emas. A m m o , qisman ko'ruvchi (0,005 dan yuqori) 
shaxslarda esa bu holat o'ziga xos m azm un kasb etadi. Lekin zaif 
ko'ruvchi bolalar, kattalarda esa asosiy sezgi sifatida ko'rish qo- 
laveradi. Ko'rish sezgilari ko'rish analizatori faoliyatining natijasi, 
mahsuli sifatida qoladi. Bunda ko'rish retseptorlari, ko'rish asab 
tolalari qo'zg'alishlarni bosh miyaga uzatuvchi sifatida, bosh miya 
orqa qismida joylashgan ko'rish analizatori yadrolari m a ’lum da ra ­
jada ko'rish jarayonining vazifalarini bajaradi. Ko'rish analizator- 
lari ayrim qism larining zararlanishi uning faoliyatini qisman buzsa, 
analizator to'la buzilsa, ko'rlik yoki zaif ko'rishga olib kelishi m u m ­
kin. Ko'rishning chuqur buzilishi natijasida eshitish sezgilarida 
ijobiy o'zgarishlar yuz bera boshlaydi. Bu holat ko'rlik oqibatida 
yuz bermaydi. Balki, eshitish analizatorining boshqa bir analizator- 
ning zararlanishi oqibatida faollashishi yuz beradi. Ko'rlarda eshi­
tish normal taraqqiy etadi. Bu narsa ko'rish qobiliyati buzilgan 
shaxslarning to'laqonli bilim olishlari va olgan bilimlarini am alda 
qo'llay olish im konini beradi. Norm al ko'ruvchi shaxslarda narsa va 
atrof-muhitidagi holatlar ko'rish orqali idrok etilsa, ko'rlarda esa, 
teri sezgilari asosiy rol o'ynaydi. Shuning oqibatida ko'rish n u q­
soni bor shaxslarda tan a a ’zolarining, ayniqsa inson bilish faoli­
yatida, xususan m ehnat jarayonida tutgan, egallagan o'rni keskin 
oshadi. Buning oqibatida sensibilizatsiya - taktil sezgilarining orti- 
shi kuzatiladi. Taktil sezgilar ko'rlarning barcha a ’zo terilarida yuz 
berm asdan, balki ayrim qismlaridagina yuz beradi. Ayniqsa, qo'l, 
kaft qismida bu holat sezilarli darajada bo'ladi. Tadqiqotlarning is- 
bot etishicha, ko'r barmoqlaridagi sezgilar norm al shaxslarnikidan 
ancha ustun ekan. Bunday o'sish ko'r shaxslarning o'qish tizimi
- Brayl bilan uzviy bog'liqdir. Bunda asosiy rolni o'ng qo'ldagi 
ko'rsatkich b arm oq egallaydi. Nafaqat teri sezgilar, tuyg'ulari balki, 
bu bolalarda harorat sezish qobiliyati ham , og'riq tuyish qobiliyati 
ham birm uncha orta r ekan. Bu sezgilar faoliyat jarayonida rivojla- 
nadi va shakllanib boradi. Haroratni sezish sezgilari ham bu bola­
larda ancha o'sishga moyil ekan. Teri sezgilari majmuasida (kom- 
pleksida) yorug'lik va rang t a ’sirlariga javob berish ham o'ziga xos
218


m az m un ga ega ekan. «Teri orqali ko'rish» fenomeni — qobiliyati 
azaldan m a ’lum. Tadqiqotlar natijasida m a ’lum bo'lishicha, b uning 
asosida tok, tok magnit tebranishlari yotar ekan. Harakat an ali­
zatori inson hayotining dastlabki kunlarid an oq yetakchi o'ringa 
chiqadi. Faoliyat jarayonida harakat analizatori differensirlashib 
boradi. Bunda ko'rish nazorati talab ham etilmaydi. Ko'rish faoli­
yatining kamayishi, b a ’zan yo'qolishi natijasida kishida tebranish 
sezgilari orta boradi. M a ’lum ki, total ko'rlar m a ’lum masofa uzoq- 
likda turgan qim irlam as narsalar: daraxt, devor va boshqa na rsa ­
larni sezadilar. Bu sezgilar predm et m ohiyatdan yiroq bo'lib, ko'rlar 
u narsa haqida m a ’lumot berolmaydilar. Ko'rish a ’zolari m e ’yordagi 
kishilar uchun t a ’m bilish va hid bilish unchalik rol o'ynam aydi, 
a m m o ko'rlar uchun bu sezgilar nisbatan katta aham iyat kasb etadi. 
M a ’lum bo'lishicha, ko'rlar norm al ko'ruvchilardan ko'ra bir q a n ­
cha darajada hidni, u n in g yo'nalishini yaxshi bilar ekanlar. Total 
ko'rlarda vestibulyar a p paratn in g roli nisbatan ortadi. Tana muvo- 
zanati uchun bu ap p a ra tn in g vazifasi katta. Bu apparat vazifasi- 
ning o'zgarishi uning sezgirligining ortishiga olib kelar ekan. Qator 
tadqiqotlarning ko'rsatishicha, total ko'rlarda vestibulyar apparat 
norm al ko'ruvchi shaxslarnikidan yaxshi rivojlanar ekan. Ko'rish 
nuqsoni bo'lgan shaxslardagi turli sezgilarning faollashishi, rivojla­
nishi ularning hayotda oson moslashishlariga yordam beradi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish