8 .2 . Nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari. Nutq nuqsoniga
ega bolalar ijtimoiy moslashuvi m asalalari
«Ta’lim to'g'risida»gi O 'zbekiston Respublikasi Q o n u n in in g
22-, 23- va 2 4-m oddalarida, ju m la d a n , jism oniy yoki psixik rivojla
nishida kam chiliklari bo'lgan, shuningdek, uzoq m uddat davola-
nishga ehtiyoj sezgan bolalar va o'smirlarga t a ’lim-tarbiya berish,
ularni davolash u c h u n m axsus t a ’lim muassasalari tashkil etiladi,
deb belgilab qo'yilgan.
Bu nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalar uchun h am taalluqlidir.
Bunday bolalar tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega bo'lib, bu
147
profilaktika, davolash-tashxis qo'yish, abilitatsiya va reabilitatsiya,
sanatoriya-kurort, protez-ortopediya yordamini, harakatlanish vo-
sitalari bilan imliyozli shartlarda t a ’m inlanishni va boshqa yordam
turlarini o'z ichiga oladi.
Bu masalaga o'tishdan oldin, nutq nuqsonlarining yuzaga kelish
sabablariga qisqacha to'xtalib o'tam iz.
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablarga tashqi
(ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek, atrof-m uhitning
tashqi sharoitlari kiradi. Nutq nuqsonlarining turli sabablarini aniq-
lashga evolutsion-dinamik yondashiladi. Bu nuqsonning yuzaga
kelish jarayonini tahlil qilishdan, nuqsonli rivojlanishning u m u
miy qonuniyatlarini hisobga olishni talab qiladi (Abu Ali ibn Sino,
J.M .Sechenov, L.V. Vigotskiy).
Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablarini uch guruhga
ajratish m um kin.
1. Ekologik sabablar: ichki va tashqi radiatsiya; qishloq xo'jaligida
qo'llanadigan pestitsidlar va gerbitsidlar; avtotransportdan chiqadi-
gan gazlar; harbiy poligonning zararli t a ’sirlari; oziq-ovqat va suv
t a ’m inotin ing sifatsizligi.
2. Tibbiy-ijtimoiy sabablar: er-xotin qarindoshchiligi; ota-o n a -
ning rivojlanishidagi orqada qolishlar; jarohatlar (jismoniy va ruhiy);
o ta-o n a la rn in g surunkali kasalliklari; zararli odatlar (ichkilikboz-
lik, nasliavandlik, toksomoniya, kashandalik); o n aning surunkali
og'ir anam nezi; oilani noto'g'ri rejalashtirish, abortlar, onan in g
ginekologik kasalliklari, erta va kech tug'ruqlar (birinchi ho m i
laning 16 yoshdan oldin va 40 yoshdan keyin bo'lishi); tug'ruq dan
oldingi jarohatlar; bolalarda somatik kasalliklar; bakterial-virusli
infeksiyalar; ona va bolaning to'liq oziqlanmasligi; oilaga tibbiy
tashxis va korreksion yordam ning o'z vaqtida berilmasligi.
3. Psixik-ijtimoiy sabablar: ommaviy va majmuali deprivatsiya;
o ta-o n a la r to m onidan diqqat-e’tiborning sustligi; bolalarga nis
batan qattiqqo'llik; oila va aholi intellektual saviyasining pastligi;
oilaning to'liqsizligi; fojiali vaziyat (ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy);
ruhiy-pedagogik tashxis va korreksiyaning sifati, hajmi va hozirgi
zam on talablariga javob bermasligi.
Em brion rivojlanish davridagi turli xil patologiyalar:
148
N
— hom iladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasal-
liklar, jarohatlar, o n an ing rezus-faktorga mos kelmasligi;
— tu g 'ru q vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya;
— bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari
(meningit, ensofalit);
— m iyaning chayqalishi bilan birga sodir bo'ladigan bosh miya
jarohatlari;
— nasliy omillar. Bunday hollarda nutq buzilishlari um um iy
nerv tizim buzilishlarining bir qismini tashkil etib, intellektual va
harakat kamchiliklari bilan birga kuzatiladi;
— ijtimoiy sharoitning yomonligi. Bu holat pedagogik qarovsiz-
likka, vegetativ disfunksiyaga, emotsional-irodaviy m u h itn in g b u
zilishlariga va nutq nin g rivojlanmay qolishiga sabab bo'ladi.
Barcha nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko'ra ikki guruhga
bo'linadi:
1. Organik xarakterdagi nutq buzilishlari.
2. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlari.
Organik nutq buzilishlari o'z navbatida m a ’lum nutq organi jo'y ining
zararlanishiga ko'ra markaziy va periferik xarakterda bo'ladi.
Markaziy buzilishlar: markaziy nerv tizimidagi u yoki bu qism-
larning buzilishi, zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Markaziy
xarakterdagi organik nutq buzilishlariga: alaliya, afaziya, dizartriya
kabi nutq kamchiliklari kiradi.
Periferik buzilishlar: artikulatsion a pp aratning noto'g'ri tuzilishi
yoki buzilishi va periferik nerv artikulatsion organlar inervatsiyasi-
n ing buzilishidan kelib chiqadi. Periferik xarakterdagi organik nutq
buzilishlariga: rinolaliya, prognatiya, progeniya kiradi.
Funksional buzilishlar. Bunda nutq jarayonida ishtirok etadigan
a ’zolar tuzilishida hech qanday o'zgarishlar bo'lmaydi. Funksional
xarakterdagi nutq buzilishlariga — dislaliya, duduqlanish kabi nutq
nuqsonlari kiradi.
Rivojlanishida k am chiliklar bo'lgan bolalarni erta aniqlash va
logopedik yordam berish nutq kam ch iliklarinin g oldini olish va
maktabga nutqiy jih a td a n tayyorlashdir. Nutqiy rivojlanishdagi nuq-
sonlarning oldini olishda tug'ilish vaqtida shikastlangan bolalarning
dispanserizatsiyasi m u h im rol o'ynaydi.
149
Xulosa qilib aytganda, bolalarda nutq kam chiliklarini barvaqt
aniqlash, ularni maxsus t a ’limga jalb etish, har tom onlam a rivojlan
tirish, insonparvarlik, fidoyilik ru hid a tarbiyalash, o'qitish, kasbga
yo'naltirish, sog'lomlashtirish, hayotga tayyorlash va normal rivoj-
langan insonlar jamiyatiga moslashtirish amaliy logopediyaning
vazifalariga kiradi.
Shunday qilib, m aktabgacha yoshdagi bolalarda nutq buzi-
lishlarining yuzaga kelishida ekzogen-organik o m iln in g rolini ba-
holashda ja r o h a tn in g vaqti, xarakteri va joylashishini, bola nerv
tiz im in in g m oslashuvchanligini, shuningdek, miya jaroh a tla ng an
paytda nutq funksiyasining sh akllanganlik darajasini hisobga olish
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |