Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tift opsixot ogtya



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/113
Sana21.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#834348
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   113
Bog'liq
fayl 432 20210423

Savol va topshiriqlar
1. K o'r bolalar tasavvur xususiyatlari haqida so'zlab bering.
2. Z a if ko'ruvchi shaxslarda tasavvur qanday xususiyatlarga 
ega?
3. Tasavvur va xayolni farqlab, tushuntirib bering.
4. Ko'r va zaif ko'ruvchi bolalarda tasavvurni korreksiyalash 
yo'llari haqida so'zlab bering.
Tayanch so‘zlar va tushunchalar
1. Tasavvur 
— sezgi a ’zolarimizga qachonlardir t a ’sir etgan narsa 
va hodisalarning yaqqol asosiy obrazidir.
2. 
Tasavvurni korreksiyalash 
— tasavvurni to'g'rilash, rivojlanti­
rish ishlari tushuniladi.
248
N


X IV bob. K O ‘R IS H N U Q S O N I B O ‘L G A N B O L A L A R N IN G
S H A X S X U S U S IY A T L A R I
14.1. T iflopsixologiyaning sh axs muammolari
M a’lumki, individ shaklida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy 
fazilat kashf etib, shaxs b o ‘iib yetishadi. «Shaxs» va «Individ» tu- 
shunchalarining bir-biriga o'xshashligini barcha yetakchi psixologlar —
B.G. Ananev, A.N. Leontev, B.F. Lomov, S.L. Rubinshteyn va boshqalar 
inkor etganlar. Demak, ular tasavvurida «Shaxs individ emas».
«Shaxs» va «individ»lik tushunchalari h am bahstalab m asala­
lar sirasiga kiradi. Shaxs tuzilishida albatta biologik om illar h am
m a ’lum o ‘rin egallaydi. Shaxs tuzilishida individ ichkarisidagi h o- 
lat alohida ahamiyatga ega. Buni 
intraindivid 
(ichki) deb nom la- 
nadi. Individdan tashqi b o ‘shliq — interindivid va individning ust- 
ki ko‘rinishi 
metaindivid 
deb n o m lanadi. Shaxs va uning faolligi, 
yo‘nalganligi h am m u h im xislatlardan biridir.
Z. Freyd qarashlariga ko‘ra kishi u n da hayvonot dunyosiga m an - 
sub ajdodlaridan meros qilib olgan instinktiv mayllar va jinsiy ins- 
tinkt, o'zini himoya qilish instinkti b o ‘lganligi bois faol ekan.
A .K a r d in e r , E. F r o m m , K . X o r n i va b o sh q a la r shaxs faolligini 
tu s h u n is h borasida shahvoniy m a y lla rn in g ustunligi fik rid a n voz 
kechdilar. U la r fikricha, sh a x sn in g m uh itg a b o g ‘liqligi b irin c h i 
o'rin g a qo'yiladi. T iflopsixologlardan K. Rodjers, A .M a s lo u ,
G .O lp o r t va b osh q a la r « in so n p a rv a rlik psixologiyasi» kelajakka, 
o'z lig in i eng ko ‘p d ara jad a n a m o y ish qilishga, o 'z in i faollashti- 
rishga in tilish ni shaxs faolligining asosiy belgisi deb baholadilar.
Shaxsning faoliyatini yo'naltirib turadigan va mavjud vaziyat- 
larga nisbatan bog'liq b o 'lm agan b arqaror motivlar majmuyi ki­
shi shaxsining yo'naltirilganligi deb ataladi. Shaxs tizim ida qizi- 
qishlar ham m a ’lum rol o'ynaydi. Qiziqishlar — bilishning doimiy 
qo'zg'atuvchi m exanizm i sifatida nam oyon bo'ladi. Qiziqishlar 
m azm u n iga, maqsadlariga, miqyosi va barqarorligiga ko'ra ta s n if 
qilinishi m u m kin.
O 'z-o 'ziga baho berish — shaxsning o'zi to m onidan o'ziga, o'z 
imkoniyatlariga, boshqa o d a m la r orasidagi fazilatlariga va o'rniga
249


baho berilishidir. Shaxsning o'zini anglab yetishi tushuniladi. O'z- 
o ‘ziga baho berish orqali shaxsning xulq-atvori to'g'rilanib, tartibga 
solib turiladi. Shaxs o'ziga o'zi baho berishni qay tarzda amalga 
oshiradi?
Shaxs boshqa bir kishining fazilatlarinibilaborib, o 'zining xususiy 
bahosini ishlab chiqishga yordam beradigan zarur m a ’lumotlarga egd 
bo'ladi. Xususiy «men»ning allaqachon tarkib topgan baholari shaxs 
o'zida kuzatishlarini boshqa o dam larda ko'rganlari bilan doimiy 
ravishda taqqoslab borishning natijasi hisoblanadi. Kishi o'zi h a q ­
ida ba’zi narsalarni allaqachon bilgan holda boshqa kishiga razm 
solib boradi. O'zini u bilan solishtirib ko'radi, u ham uning shaxsiy 
fazilatlariga, xatti-harakatlariga, faolligiga nisbatan befarq qola ol­
maydi, deb tax m in qiladi. A na shularning hamm asi shaxsning o'ziga 
o'zi baho berishiga kiradi va uning psixologik kayfiyatini belgilaydi. 
Boshqacha so'zlar bilan aytganda, shaxsda ham isha referent gu ruh 
(rasm yoki xayoliy) bo'lib, u bilan hisoblashgan holda ish ko'radi. 
Undan o'ziga qadriyatli mo'ljallar oladi. Shaxs m unosabat jarayon i­
da o'zini ham isha allaqanday andoza bilan taqqoslaydi va tekshirish 
natijalariga ko'ra o'zidan m a m n u n bo'ladi yoki ko'nikmaydi. O'z 
fazilatlaridan m a m n u nlig in in g um um iy baholanishi juda katta a h a ­
miyatga egadir. O'ziga o'zi to m o n id an behad, yuqori va behad past 
baho berilishi shaxs m anfaatlarining ichki manbayi bo'lib chiqishi 
m um kin. O'ziga o'zi tom on idan yuksak baho berilishi kishini hech 
qanday asos bo'lm agan vaziyatlarda ham o'zining bahosini oshirib 
yuboradigan qilib qo'yadi. Natijada u ko'pincha tevarak-atrofdagilar 
to m onidan uning d a ’volari rad etilib, qarshilik ko'rsatishiga duch 
keladi. Jahli chiqadi, hadiksiraydigan, har narsadan gum onsiray- 
digan, yoxud ataylab takabburlik qiladigan, tajovuzkor bo'lib qoladi. 
Oqibat natijada tegishli darajadagi shaxslararo aloqalarni yo'qotib, 
o'zi bilan o'zi ovora bo'lib qolishi m u m kin. O'ziga haddan tashqari 
past baho berish norasolik deb atalmish xislatlar kompleksining, 
o'ziga q a t’iyan ishonchsizlikning, tashabbuskorlikdan voz kechish- 
ning, befarqlikning, o'zini o'zi koyishning va qo'rquvning kuchay- 
ganligidan darak berishi m um kin.
A m m o , shaxsning nuqtayi nazarini t a ’riflash uchun, aftidan, 
birgina o'ziga o'zi baho berishini bilish yetarli emas. O'ziga o'zi
250
N


baho berish, kutilgan baho, g u ru h n in g shaxs to m o n id an baholani- 
shi shaxsning tuzilishiga kiradi.
Jiddiy aham iyatga m olik barcha baholar shaxsning anglanilgan 
hayoti jarayonida tarkib topishini u n utm aslik kerak. O 'zini o'zi b a ­
holash orqali shaxsiy sifatlar shakllanib boradi. «Shaxsning shakl­
lanishi» ikki xil m a ’n o da qo'llaniladi.
1. Shaxsning shakllanishi uning rivojlanishi, a n a shu rivojlanish 
jarayoni va un in g natijasi ekanligidir.
2. Shaxsni m aqsadga yo'naltirilgan tarzda tarbiyalash sifatidagi 
shakllantirishdir.
Nuqsonli bolalarda yuqoridagi holatlar qanday, qay tarzda ke­
chadi? Shu narsa m a ’lumki, ko‘r bolalardagi o'zlarini baholash 
xususiyatlari b irm u nch a kechroq yuzaga kelar ekan.
Lekin yuqori sinflarga kelib, ko‘r bolalarda o'zlariga tanqidiy 
qarash holatlari yuzaga kela boshlar ekan. Aqlan nogiron bolalar 
ustida qilingan tad qiqotlarning ko'rsatishicha1 bu toifa bolalarda 
quyidagicha kechar ekan:
— yillar o'tishi bilan norm al bolalarda ham , ko'rish nuqsoniga 
ega-bolalarda ha m o'ziga o'zi baho berishlari obyektiv holat kasb 
etib borar ekan;
— ko'rish nuqsoniga ega bolalarda o'z-o'zlariga baho berishlari 
barcha o'rganilgan yosh davrlarda o 'z in in g adekvat emasligi bilan 
norm al bolalardan farq qiladi.
M uam m o g a oid kengroq, atroflicha m a ’lum otlarni yuqoridagi 
m anb ad an olish m u m k in . Xo'sh, bu masala ko'rish nuqsoniga ega 
bo'lgan bolalarda qanday kechadi?
Shu narsa aniq bo'ldiki, bu toifa bolalarda h am boshqa toifa no- 
gironlar singari o'ziga o'zi baho berishlari adekvat mos emas ekan. 
Ya’ni ko'pchiligi o'z imkoniyatlariga ortiq, kam baho berar ekanlar.
Nuqsonli bolalarni o 'z vaqtida faoliyatga kiritish ularni jam iya- 
tim iz n in g teng huquqli a’zolari sifatida o'zlariga va Vatanga xizm at 
qilishlarini t a ’minlaydi. K o'rlar va zaif ko'ruvchilar faoliyat yor­
dam id a atrofdagi narsalar va voqelik bilan bevosita m unosabatda 
bo'ladilar. M ehnat jarayonida bilim, tajriba va m alakalar shaklla-

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish