Mashinalaridan foydalanish, texnik


-rasm. Osma plug ramasini dala yuzasiga nisbatan



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/163
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#832589
TuriУчебное пособие
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   163
Bog'liq
jjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjj

30-rasm. Osma plug ramasini dala yuzasiga nisbatan 
 paralleligini sozlash 
Dala haydashga to‘liq tayyor bo‘lgandan keyingina haydash agregati ishga 
tushiriladi va uning barcha foydalanish ko‘rsatgichlari dala sharoitida ko‘rib 
chiqiladi, kerak bo‘lsa qayta rostlanadi. Ish kuni davomida haydash sifatining 
agrotexnik talablarga javob berishi 2-3 marta nazorat qilinadi.
Tuproqqa ekish oldidan ishlov berish ishlariga 
tuproqdagi namlikni 
saqlash uchun uning yuza qatlamini 12-16 smgacha chuqurlikda ishlov berish va
begona o‘tlarni yo‘qotish; tuproqning ostki qismidagi namlikni yuqorigi 
qatlamga chiqarish uchun tuproqning yuza qismida bir tekis va kerakli 
zichlikdagi qatlam hosil qilish; tuproqni ag‘darmasdan chuqur yumshatish, 
begona o‘tlarni yo‘qotish uchun yoppasiga ishlov berish, urug‘larni bir tekis 
undirib olish va sug‘orish ishlarini sifatini oshirish uchun tuproqning ustki 
qismini tekislash (haydalgandan so‘ng) ishlari kiradi. 
Bu vazifalar tuproqni ekishdan oldin tirmalash, molalash, yoppasiga 
yumshatish qilish va tekislash kabi texnologik ishlar yordamida bajariladi.
Tirmalash - 
tuproqning yuza qismiga tirmalar bilan ishlov berilib, bunda 
tuproqdagi namlikni bug‘lanib ketmasligi uchun uning yuzasida bir tekis 
yumshatilgan qatlam hosil qilishdan iborat. SHu bilan birga tirmalash jarayonida 
mayda notekisliklar va begona o‘tlar yo‘qotiladi. 


126 
Kuzgi shudgor nechog‘li sifatli o‘tkazilgan bo‘lishiga qaramay erta ko‘klamgi 
tirmalashning umuman o‘tkazilmasligi yoki kechikib o‘tkazilishi tuproqdagi namning 
ko‘tarilib ketishi, dala yuzasining serkesak bo‘lib qolishi va haydov qatlamining qotib 
qolishiga sabab bo‘ladi. Natijada erni ekishga tayyorlash ishlari qiyinlashib, urug‘ni 
sifatli ekish va qiyg‘os undirib olish imkoni boy beriladi. SHu bois erta ko‘klamda 
tuproqning 8-10 sm yuza qatlami etilishi bilanoq dalalar 2-3 kun muddatda tirmalab 
tashlanishi lozim.
Tuproq ortiqcha zichlanmasligi hamda ish unumdorligi yuqori bo‘lishi 
uchun tirmalash agregatlari T-4A-S4, VT-100 va VT-150 kabi zanjirli traktorlar va 
keng qamrovli tirkamalar asosida tuzilishi lozim. Erlarni ekishga tayyorlashda 
BZSS-1,0, BZTS-1,0 va BZTX-1,0 rusumli tishli tirmalar BDT-3,0 va TDB-5 
rusumli diskli tirmalar ishlatiladi. 
Tishli tirmalar uch zvenoli 3BZTU-1,0 og‘ir va ZBZS-1,0 engil 
turdagi bo‘lib, tuproqni maydalash va 5-10 sm. chuqurlikkacha yumshatish 
uchun ishlatiladi. Bu ishlar er haydalib, tekislangan, qatqaloqlar yo‘qotilgan 
maydonlarda amalga oshiriladi. Tirmalash ishlari turli xildagi ishchi qismlar
bilan jihozlangan tishli va diskli tirmalar bilan bajariladi. Tishli tirma tishlarning 
ko‘ngdalang kesimi kvadrat yoki doira shaklida bo‘libgina qolmasdan, balki 
yumshatuvchi panja va prujinali tishlar ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. 
Har bir tirma bir xil shakldagi tishlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning tishlari 
to‘g‘ri o‘tkirlangan, birday uzunlikda hamda o‘tkirlangan uchi bilan oldinga 
(harakat yo‘nalishi bo‘yicha) qarab o‘rnatilgan bo‘lishi kerak (31-rasm).

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish