Mashinalaridan foydalanish, texnik



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/163
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#832589
TuriУчебное пособие
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163
Bog'liq
jjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjj


 
29-rasm. Erni shudgorlash muddatlarini paxta hosiliga ta’siri (s/ga) 
Bu agrotexnik tadbir tuproqning namligi 
16-18%
atrofida bo‘lganda
bajarilishi kerak, bunda tuproq yaxshi uvalanadi, mashinaning ishchi qismlariga 
yopishmaydi va uning qarshiligi eng kam bo‘ladi. Natijada, yoqilg‘i va materiallar 
sarfi kamayib, agregatning ish unumi ortadi.
Dalaning yuzasi 10 gektardan va uzunligi 300 metrdan yuqori bo‘lgan 
maydonlarni haydashda tortish kuchi 50 kNdan yuqori bo‘lgan AXION-250, MX-
250, ARION-630C, MAGNUM-7240, K-744, XTZ-181 rusumli zamonaviy 
traktorlar, tuproqning tortishga qarshilik kuchining miqdoriga qarab LD-100, 
EurOpal 9, PNYA-4+1-45, PRUN-5, PDO-4-45rusumli 4-5 korpusli osma ikki 
yarusli pluglar bilan, ushbu ko‘rsatgichlardan kichik bo‘lgan maydonlarni 


124 
haydashda 30-40 kN tortish kuchiga ega bo‘lgan VT-150D, MXM-140, MX-135, 
T-401, TS-130, AXSOS-340S traktorlarini PYA-3-35, PDN-3-35, O’PZ-3/4-45, 
O’P-3/4-40 rusumli 3-4 korpusli osma va tirkama pluglar bilan ishlatish, ulardan 
samarali foydalanish imkonini beradi. 
Mavsumga tayyorlangan agregatlarni ishlatishdan oldin ularning texnik 
holati (ta’mirlash sifati), haydaladigan maydonning tuproq-iqlim sharoiti 
(tuproqning tarkibi va namligi, sizot suvlarning joylashishi, past-balandligi, gips 
qatlamini mavjudligi, sho‘rlilik va toshlilik darajasi), begona o‘tlar va o‘simlik 
qoldiqlari bilan ifloslanganligi hamda dalaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga 
olgan holda jihozlanganligi hamda plugning ishchi qismlarini agrotexnik talablarga 
ko‘ra rostlanganligi tekshiriladi. 
Er M-165, LD-100, EurOpal 9, PDO-4-45 rusumli to‘ntarma pluglar bilan 
haydalganda plug ramasining bo‘ylama va ko‘ndalang tekisliklarda og‘ishi 
korpuslarni tuproqqa notekis botishiga olib keladi. Bunday bo‘lmasligi uchun plug 
ramasi ish jarayonida dala yuzasiga parallel joylashgan bo‘lishi kerak. Bunga osma 
pluglarda traktorning osish qurilmasini to‘g‘ri sozlash yo‘li bilan erishiladi. 
Ramaning bo‘ylama og‘ishi traktor osish qurilmasining yuqorigi markaziy tortqisi 
(3) ni uzaytirib yoki qisqartirib, ko‘ndalang og‘ishi esa pastki bo‘ylama tortqilar 
(1) kashaklari (2) uzunligini o‘zgartirib sozlanadi (30-rasm). 
Dalani haydashga tayyorlashda oldingi mavsumdan qolgan o‘simlik va 
begona o‘tlar qoldiqlaridan tozalanadi, sug‘orish shahobchalari va suv yuvib 
ketgan joylar tekislanadi, dala chetlari to‘rtburchak qilib to‘g‘rilanadi, kerak bo‘lsa 
mineral va mahalliy o‘g‘itlar solinadi, burilish yo‘laklari, kirish joylari, paykallar 
eni hamda birinchi o‘tish chiziqlari belgilanadi. 
SHu bilan birga agregatning oddiy, aylanma, maxsus pluglar bilan 
jihozlanishi, kinematik o‘lchamlari hamda dalaning shakli va o‘lchamlariga qarab 
uni dala oxirida burilishi va dala bo‘ylab Harakatlanish usullari tanlanadi. 


125 
1-traktor o‘rnatish qurilmasining pastki tortqisi; 2-pastki tortqining kashagi; 
3-markaziy tortqi; 4-plug. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish