Mashinalaridan foydalanish, texnik


-§. Traktorlarga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/163
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#832589
TuriУчебное пособие
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   163
Bog'liq
jjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjj

25.3-§. Traktorlarga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi 
Texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi traktor va mashinalarni sozligini va 
ishlash qobiliyatini ta’minlovchi jami operatsiyalar majmuidan iborat. Texnik 
xizmat ko‘rsatish texnologiyasi texnologik xaritalar tarzida taqdim etiladi va 
ularda texnik xizmat jarayonlari, operatsiyalari, materiallar, qurilmalar, hamda 
texnik talablar ko‘rsatiladi [11, 34, 35]. 
Traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish 
texnologiyasi quyidagi tamoillarga asoslanadi. 
1.
Mashinalarga texnik xizmat va ta’minlash ishlari ularning texnik
holatiga ko‘ra nosozliklarini ogohlantirish uchun zarur holatida o‘tkaziladi. 
2.
Mehnatning taqsimlanish va ixtisoslashtirilishi ish unumini va sifatini 
yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi. 
3.
Texnik xizmat ko‘rsatishning ma’lum tartibdagi ketma-ketligi. 
4.
Texnik xizmat jarayonlarini boshqarish. 
Texnik xizmatlarning mazmuni
.
 
Texnik xizmatga- yuvish, tozalash, nazorat, 
tashxis, rostlash, moylash, to‘ldirish, mahkamlash va montaj-demontash ishlari 
kiradi. Har bir traktorlar yoki mashinaga ko‘rsatiladigan texnik xizmat mazmuni, 
bajariladigan ishlar ularning “Texnik tavsifnomasi va foydalanish bo‘yicha yo‘l-


209 
yo‘riqlar” to‘plami (kitobi)da keltiriladi. Texnik xizmat qoyidalari shunday 
tuzilganki, ularning avval o‘tkaziladigan raqamli texnik xizmat tarkibiga kiradi. 
Tavsiya etilgan texnik xizmatlar mohiyatini qarab chiqamiz. 
Traktorni chiniqtirishda texnik xizmat

Traktorni chiniqtirishga tayorlashda 
quyidagi operatsiyalar bajariladi: traktor ko‘rib chiqiladi, chang va iflosliklardan 
tozalanadi; konservatsiyalash moylaridan tozalanadi: akkumulyator ko‘rib 
chiqiladi va ishga tayorlanadi; tarkibiy qismlarda moylar sathi tekshiriladi, zarur 
bo‘lganda quyiladi; tarkibiy qismlar moylash apparati yordamida moylanadi; 
rezbali bog‘lanishlar tekshiriladi, zarur bo‘lsa tortiladi (ma’kamlanadi); tasmalar 
(generator, ventilyator, kompressor harakat uzatmalarining) tarangligi tekshiriladi, 
zarur bo‘lsa rostlanadi; boshqarish mexanizmlari, zanjirlar tarangligi, shinalardagi 
bosim tekshiriladi va rostlanadi; dvigatelning sovitish tizimi va ta’minlash tizimi 
muvofiq ravishda sovitish suyuqligi va dizel yonilg‘isi bilan to‘ldiriladi; dvigatel 
shovqini eshitib ko‘riladi; nazorat priborlari ko‘rsatishlarining me’yordaligi 
tekshiriladi. 
Traktorni chiniqtirishda quyidagi operatsiyalar bajariladi: traktor chang va 
iflosliklardan tozalanadi; tashqi kuzatish orqali yoqilg‘i, moy, elektr oqimi bor-
yo‘qligi tekshiriladi, bor bo‘lsa oqimni to‘xtatish chorasi ko‘riladi; dvigatel karteri 
tagligidagi moy sathi, radiatordagi sovutish suyuqligi tekshiriladi, zarur bo‘lsa 
to‘ldiriladi; dvigatelning, boshqarish rulining, yoritish va signal jihozlarining, oyna 
tozalagich va to‘xtatkichlarning ish qobiliyati tekshiriladi; uch smenadan so‘ng 
ventilyator va generator tasmalarining tarangligi rostlanadi; traktor ko‘rib chiqiladi 
va tozalanadi;
CHiniqtirish tugagandan so‘ng, quyidagilar tekshiriladi va zarur bo‘lganda 
rostlanadi: tasmalar tarangligi, shinalardagi bosim, dizelning klapanlari va 
“koromislo” orasidagi, mufta bog‘lanishidagi, tuzatgich va boshqarish 
mexanizmidagi tirqishlar rostlanadi; havo tozalagichlarga texnik xizmat 
o‘tkaziladi; akkumulyator batareyasi tekshiriladi, zarur bo‘lsa uni sirti, klemmalari 
tozalanadi distirlangan suv quyiladi; dag‘al yonilg‘i tozalash filptridan chiqindilar 
orqa ko‘prik to‘xtatgich bo‘limlaridagi moy, havoli ballonlardagi kondensatlar olib 


210 
tashlanadi; markazdan qochma moy tozalash filtri tozalanadi; gidravlik tizimning 
filtrlari ham tozalanadi; traktorning tarkibiy qismlar moylash jadvaliga muvofiq 
moylanadi; dizel va uning tarkibiy qismlarida, transmissiyada (moy tozalash filtri 
bo‘lmagan holda); dvigatel moylash tizimi dizel ishlamagan holatda yuviladi; 
traktorning tarkibiy qismlari ishlash jarayonida ko‘rish va eshitish orqali 
tekshiriladi. Aniqlangan va topilgan nosozliklar tuzatilishi lozim.

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish