Mashinalaridan foydalanish, texnik


-§. Eyilishlar va ularni o‘zgarish xarakteri



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/163
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#832589
TuriУчебное пособие
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163
Bog'liq
jjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjj

24.4-§. Eyilishlar va ularni o‘zgarish xarakteri 
Detallarga ishlov berganda ularning yuzalarida chiziqlar va g‘adir-
budirliklar qoladi. SHuning uchun detallar ishlaganda bu g‘adir-budirliklar 
ishqalanuvchi yuzalarda bir-biri bilan ilashadi. 
Mashinaning dastlabki ish davrida detallarning sirtlari tez sur’atlar bilan 
eyiladi. Bu davr mashinani chiniqtirish yoki detallarni ishlatib, bir-biriga moslash 
davri deb ataladi.
Mashinaning ishlashi davomida uning detallari eyilishda davom etadi, lekin 
juda sekin eyiladi. Bu me’yoriy foydalanish davri deb ataladi.
Ma’lum muddat ishlagandan keyin eyilish yana tezlashadi, chunki 
ishqalanuvchi yuzalar orasida tirqish kattalashib, zarbli yuklama paydo bo‘ladi. Bu 
vaqt mexanizmda nuqson paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Detallar sirti eyilishining 
o‘zgarish xarakterini yuqoridagi 79-rasmdan ko‘rish mumkin. 
Eyilish sur’ati deganda vaqt yoki ishqalanuvchi yuzalarning bir-biriga 
nisbatan o‘tgan yo‘li birligiga eyilishning kattalishishini tushunish kerak. Eyilish 
sur’atiga quyidagilar ta’sir etadi: 

ish sharoiti (solishtirma bosimlar, yuklama xarakteri, nisbiy tezliklar, 
temperatura). Bosim va nisbiy tezlik qancha katta bo‘lsa, eyilish sur’ati shuncha 
tez bo‘ladi. Ortiqcha yuklama, titranish, o‘zgaruvchan va zarbiy yuklamalar ham 
eyilish sur’atini tezlashtiradi. Detallarning umumiy va ayrim joylarning ortiqcha 
qizishi eyilish sur’atini oshiradi va ularning shikastlanishiga olib keladi. Eyilish 
sur’ati yo‘l yoki vaqt birligiga nisbatan hisoblangan bajarilgan ishga mutanosib 
o‘zgaradi; 

materiallarning 
xossalari, ularning o‘zaro nisbati va ishda 
o‘zgaruvchanligi. Ma’lum xossali metallar uchun ularni moylash, moy miqdori, 
sifati va tozaligi muhim ahamiyatga ega. Etarli moylamaslik yoki past sifatli moy 


203 
eyilish sur’atini tezlashtiradi. Ichki yonuv dvigatellari uchun, bundan tashqari, 
nasosga kelayotgan yonilg‘ining va silindrlarga so‘rilayotgan havoning tozaligi 
ham katta ahamiyatga ega. Moy, havo va yonilg‘i eyilishga sabab bo‘ladigan turli 
aralashmalar bilan qanchalik ko‘p ifloslangan bo‘lsa, eyilish sur’ati shuncha tez 
bo‘ladi. Korroziya (zanglash) ga sabab bo‘ladigan moddalar qancha ko‘p bo‘lsa, 
detallar shuncha kuchli eyiladi; 

ishqalanuvchi yuzalarning juftlashtirilish, bir-biriga urinish va ishlov 
berilishi sharoitlari
.
YUzalarning quruq ishqalanishi, uzellarning o‘qdoshligi, 
yuzalar va o‘qlarning parallelligi, tikligining buzilishi eyilish sur’atini doim 
kattalashtiradi. Detallarni ishlab chiqarish nuqsonlari va tiklashdagi xatolar ham 
detallarning eyilishini tezlashtiradi va shikastlanishga olib keladi. Detallarning 
sirtiga qo‘pol ishlov berilganda sirtlari toza ishlov berilgan sirtlarga nisbatan tez 
eyiladi; 

eyilish mahsulotlarining turi va xossalari
.
Odatda yirik va qattiq 
zarrachalar eyilish sur’atini oshiradi.
Eyilish xarakterining tahlili (79-rasm) shuni ko‘rsatadiki: 
-
chiniqtirishda eyilish qancha kam va chiniqtirishdan keyin ishqalanuvchi 
juftning eyilish sur’ati qancha past bo‘lsa, mashinaning me’riy 
foydalanish vaqti shuncha ko‘p bo‘ladi; 
-
detallar eyilishining o‘zgarish qonuniyati ishqalanuvchi juftning ishiga 
insonning aralashuvi zarur bo‘lgan vaqtni aniqlashga imkon beradi.
-
detallarning mashinaning ish vaqtida eyilishidan tashqari, qishloq 
xo‘jaligi texnikasini noto‘g‘ri saqlashda ham detallar eyiladi. 
Detalning zanglashi, darz ketishi, rezina va plastmassaning parchalanishi va 
boshqalar sababli mashinalar kuchli eyiladi va hatto shikastlanadi. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish