44
Ma’muriy va iqtisodiy usullarga quyidagicha ta’riflar berish mumkin:
– ma’muriy usullar direktiv boshqaruvchi va me’yoriy
qoidalar shaklini
oladi, iqtisodiy usullar esa bozor mexanizmi orqali bilvosita amal qiladi:
– ma’muriy usullar tijorat banklar balansining o‘zgarishlariga bevosita
sabab bo‘ladi, iqtisodiy usullarning ta’siri esa Markaziy bank balansida
bilvosita
aks etadi;
– ma’muriy usullar tijorat banklari beradigan kreditlarga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi, iqtisodiy usullar esa banklarning kredit imkoni-
yatlarini kamaytirib yoki ko‘paytirib, ularning likvidligiga bilvosita ta’sir
ko‘rsatadi.
Shunday qilib, Markaziy bank pul muomalasiga ikki yo‘l bilan, ya’ni
kreditlar hajmlarining va ular bo‘yicha foiz stavkalarining miqdorlarini
(yoki o‘zgarishlar yo‘lagini) bevosita belgilash
yoki pul bozoridagi talab
bilan taklif shartlarini tartibga solish yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
[33]
. Foiz stavkalari ustidan nazorat turli shakllarda amalga oshi-
rilishi mumkin. Binobarin, foiz miqdorini ma’muriy
tartibda bevosita
belgilabgina qolmay, balki banklar uchun qayta moliyalashning tartibga
solinadigan
stavkalari
va qat’iy belgilangan
marjalarni
joriy etish yo‘li
bilan ham nazorat qilinadi.
Moliyaviy munosabatlar sohasida tijorat
banklari bilan ularning
bankdan tashqaridagi mijozlari o‘rtasidagi depozit va jamg‘arma omo-
natlari bo‘yicha foiz stavkalari mustaqil belgilanadi va Markaziy bank
tomonidan faqat me’yoriy qoidalar yordamida bevosita nazorat qilinadi.
Pul bozoridagi foiz stavkalari pul muomalasi tezligiga va pul-kredit
siyosatining samaradorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, muoma-
ladagi pul massasining ko‘payishi pulni arzonlashtiradi yoki
foiz stavka-
larini kamaytiradi. Ammo foiz stavkalarining pasayishi amalda depozit
va kredit bozorlarida ko‘pincha bir xil bo‘lmaydi, ya’ni:
– banklar depozit stavkalari pasayganda kredit foiz stavkalarini pasay-
tirmasliklari mumkin, bunda muomala tezligi uncha o‘zgarmasligi yoki
umuman o‘zgarmasligi mumkin. Bu hol ko‘zlangan
maqsadlarni barqaror
qilib qo‘yadi.
– foiz stavkalari bir tekis pasayib borganida depozit va kredit foiz
stavkalarining pul mablag‘lari muomalasi tezligiga ta’siri bir-birini yo‘qqa
Markaziy bank o‘zining hisob va kredit operatsiyalari bo‘yicha stavkalarni
mustaqil ravishda belgilaydi. (27-modda)
45
chiqarib yuboradi va pul-kredit siyosatining amal
qilishi tobora samarador
bo‘ladi.
Pul taklif qilish maqsadlari bilan foiz stavkalari o‘rtasidagi
nomuvofiqlik
Do'stlaringiz bilan baham: