Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/58
Sana21.07.2022
Hajmi2,44 Mb.
#832014
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58
Bog'liq
ARM BAnk ishi darslik печатга

Shubhali. 
Shubhali kreditlar substandart deb tasniflanuvchi 
kreditlarga xos barcha xususiyatlarga ega bo‘lib, mavjud sharoitda 
aktivlarning to‘liq qaytarilishini shubha ostiga qo‘yadi va kam 
ishonchli qilib qo‘yadi. Ziyon ko‘rish ehtimoli yuqori bo‘lgan, lekin 
ayrim ijobiy omillari mavjud bo‘lgan ushbu kreditlar sharoit 
oydinlashguncha "shubhali" deb tasniflanmaydi. 
Quyidagi omillarning kamida bittasi mavjud bo‘lsa, aktiv 
"shubhali" deb, tasniflanishi mumkin: 
a)
"substandart" aktivlarning hech bo‘lmaganda bironta ko‘rsatki-
chi, shuningdek ayrim boshqa noqulay tavsiflari mavjud bo‘lsa 
(bozorda oson sotiluvchan garovning mavjudligi yoki qarz oluvchining 
bankrot deb e’lon qilinishi); 
b)
yaqin kelajakda aktivning qisman to‘lanishi ehtimolining 
mavjudligi, shuningdek ushbu paytda aktivning "umidsiz" deb 
tasniflanishi zarur emasligi; 
v) foizlar va asosiy qarz bo‘yicha to‘lash jadvaliga binoan 
to‘lanmagan to‘lovlar mavjudligi. 
Aktivni "umidsiz" deb tasniflashga imkon beruvchi muhim omillarga 
quyidagilar kiradi: 
-
bank aktivlar bo‘yicha ayrim to‘lov turlarini yoki hech 
bo‘lmaganda, qisman to‘lovlarni oladi; 
-
bank garovni undirib olish bo‘yicha huquqiy xatti-harakatlarni 
qo‘llay boshlaydi va ta’minot sotuvini o‘z vaqtida amalga oshiradi (90 
kun ichida); 
-
qarzdor tomonidan keyinchalik aktivni to‘liq ta’minlaydigan 
qo‘shimcha ta’minotni taqdim etish harakatlarining amalda boshlanishi. 
"Shubhali" deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarz 
to‘lanmagan summasining 50 foizi miqdorida zaxirani tashkil etishi 
shart. 
Umidsiz 
deb tasniflangan kreditlarga qaytarilmaydigan kreditlar 


108 
kiradi. Qiymati juda pastligi tufayli bank aktivlari sifatida ularning 
Hisobini yuritish maqsadga muvofiq emas, deb hisoblanadi. Bunday 
tasniflash kreditlarda umuman hech qanday tugatiladigan qiymat mavjud 
emasligini bildirmaydi. Lekin banklar o‘z balanslarida bu qarzdorlikning 
hisobini yuritishni davom ettirishlari maqsadga muvofiq emas. Bank 
garovga olingan mulkni sotish orqali bunday qarzdorlikni bartaraf etish 
choralarini ko‘rishi yoki uni qaytarish choralarini qo‘llashi kerak. 
Quyidagi muammolar yoki tavsiflarning kamida biri mavjud 
bo‘lganda aktiv “umidsiz” deb tasniflanadi: 
– shartnoma jadvaliga muvofiq oraliq to‘lovlarni to‘lash kuni 180 va 
undan ortiq kunga kechiktirilgan bo‘lsa; 
– aktiv shartnomada belgilangan muddatda to‘lanmagan bo‘lsa; sudda 
ishni ko‘rish jarayonida bo‘lgan aktivlar; 
– qarz oluvchining yomon moliyaviy ahvoli va to‘lovga qodir 
emasligi sababli to‘lash muddati uzaytirilgan aktivlar bo‘lsa; 
– qarz oluvchi va lizing oluvchidan undirilgan mol-mulk bank 
maqsadlarida foydalanilmaydigan Hamda garovga qo‘yilgan mol-mulkka 
bo‘lgan huquqlardan foydalanish yo‘li bilan bank balansiga qabul 
qilingan kundan boshlab uch oylik muddatda bank tomonidan 
realizatsiya qilinmagan bo‘lsa. 
Aktiv shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmasligidan dalolat 
beruvchi dalillar yoki alomatlar mavjud bo‘lganda ushbu aktiv Ham 
"umidsiz" deb tasniflanadi 
Umidsiz deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarzning 
to‘lanmagan summasining 100 foizi miqdorida zaxiralar yaratishi kerak. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish