Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti


Joriy va muddatli operatsiyalar



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/58
Sana21.07.2022
Hajmi2,44 Mb.
#832014
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
Bog'liq
ARM BAnk ishi darslik печатга

Joriy va muddatli operatsiyalar 
Xalqaro 
iqtisodiy, 
shuningdek 
valyuta-kredit 
va 
moliya, 
munosabatlari qatnashchilari risk ostida faoliyat ko‘rsatadilar. Bu 
tijorat risklariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1)
shartnoma tuzilgandan so‘ng narxning o‘zgarishi; 
2)
importchining tovar qabul qilishdan bosh tortishi, ayniqsa 
hisob-kitob inkassa shaklida bo‘lganda; 
3)
hujjatlardagi yoki tovar uchun to‘lovlardagi xatolar; 
4)
valyuta mablag‘larini suiste’mol qilish yoki o‘g‘irlash, ularni 
qalbakilashtirish; 
5)
xaridor yoki qarzdorning to‘lovga noqobilligi; 
6)
valyuta kurslarining nobarqarorligi; 
7)
inflyasiya; 
8)
foiz stavkalarining o‘zgaruvchanligi va boshqalar. 
70
- yillardan boshlab valyuta va kredit risklarining oldini olish va 
qoplash uchun yangi usullardan foydalanila boshlandi. Ular qatoriga: 
-
valyutaviy opsion (birinchi marta 1973-yil Chikago birjasida 
qo‘llanila boshlagan); 
-
banklararo “svop” operatsiyasi; 
-
forvard valyuta operatsiyasi; 
-
valyutaviy fyuchers (1973-yildan boshlab Nyu-York valyuta 
bozorida, 1972-yildan boshlab Chikago valyuta bozorida va b.). 
Yuqorida sanab o‘tilgan operatsiyalarni bir so‘z bilan muddatli 
valyuta operatsiyalari deb ham nomlash mumkin, banklarda esa ular 
asosan konversion operatsiyalar nomi bilan ataladi. 
O‘z navbatida, barcha valyuta qiymatliklari bilan amalga 
oshiriladigan operatsiyalar o‘z xarakteri va namoyon bo‘lish usuliga 
ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: 
1.
Spot turidagi valyuta operatsiyalari. 
2.
Muddatli valyuta operatsiyalari: 

Forvard tipidagi valyuta operatsiyalari; 

valyuta opsionlari bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari; 

valyuta fyucherslari bilan amalga oshiriladigan valyuta 
operatsiyalari. 


118 
3.
Svop turidagi valyuta operatsiyalari. 
SPOT operatsiyalari yoki kassa bitimlari (naqd bitimlar). 
SPOT operatsiyasi – bu bitim kunini hisobga olmagan holda ikki 
ish kuni davomida valyuta ayriboshlash bo‘yicha operatsiyadir. 
Spot kurs – bu spot bitim tuzilayotgan vaqtda bir mamlakat 
valyutasini boshqa bir mamlakat valyutasidagi bahosidir. Spot kurs 
uning suzib yuruvchi yoki qat’iy belgilangan rejimda ishlashdan qat’iy 
nazar operatsiya amalga oshirilayotgan vaqtda milliy valyutaning chet 
ellardagi qadri qancha ekanligini o‘zida aks ettiradi. 
Asosan spot bitimlarining kursi – bu telegraf o‘tkazmasi kursidir. 
spot- kurs ikki xil yo‘l bilan aniqlanadi: 

valyuta birjasida dillerlarning yuzma-yuz savdo qilishi orqali; 

birjadan tashqari savdoda dilerlarning o‘zaro telefon orqali 
savdosida aniqlanadi. 
Valyuta kursi sotib olish kursi (xaridor kursi) va sotish kursi 
(sotuvchi kursi)ga bo‘linadi. Valyuta kotirovkasini amalga oshiruvchi 
bank valyuta bitimini har doim o‘zi uchun foydali kurs bo‘yicha 
amalga oshiradi. Banklar xorijiy valyutani har doim qimmatga sotib 
(sotish bahosi), arzonroqqa sotib olishga (sotib olish bahosi) harakat 
qiladilar. Bu valyuta-tijorat operatsiyalarning asosiy tamoyilidir. 
Sotish va sotib olish kurslari orasidagi farq marja deb atalib, bank 
xarajatlarini qoplash va qisman valyuta riskini sug‘urtalashga 
yqnaltiriladi. Agarda bank amalga oshirilgan bitimni xuddi shu kurslar 
asosida taklif qilingan kontrbitim hisobiga qoplasa, u marja hisobiga 
foyda ko‘radi. Shuning asosida banklar valyuta operatsiyalari bo‘yicha 
mijozlarni ko‘proq jalb qilishdan manfaatdor. 
Spot operatsiyalaridan keladigan foyda marjaga (albatta, komissiya 
haqini chegirib tashlasa) teng bo‘lishi ham mumkin. 
Umuman olganda spot operatsiyalari bir tomondan qisqa vaqtda 
yuqori foyda olishga imkoniyat bersa, ikkinchi tomondan mavjud 
valyuta operatsiyalari orasida risk darajasida eng yuqori bo‘lgan 
valyuta operatsiyasi hisoblanadi. Sababi shuki, spot operatsiyalarini 
amalga oshirish vaqti qisqa bo‘lganligi tufayli odatda u sug‘urta 
qilinmaydi. Shuning uchun banklar payshanba va juma kunlari spot 
operatsiyalarini katta hajmda amalga oshirmaydilar, chunki bunda spot 
operatsiyasi muddati uzayib ketadi. Xuddi shu sababga asosan, banklar 
uzun va qisqa valyuta pozitsiyalarini ham maksimal darajada 


119 
qisqartirishga harakat qiladilar. 
Bu valyutalardan biri bank uchun yaxshi boshqasi yomon deb 
bo‘lmaydi. 
Chunki agarda bank misol uchun AQSH dollariga nisbatan «qisqa» 
pozitsiyaga ega bo‘lsa va USD kursi to‘satdan ko‘tarilib ketsa, bank 
zarar ko‘rishi aniq. Kurs oshishi prognoz qilinayotgan vaqtda 
pozitsiyaning «uzun» bo‘lgani ma’qul. 
Agarda valyuta kursi tushib ketishi (USD) prognoz qilinganda 
«uzun» pozitsiya ijobiy natija bermasligi mumkin. Albatta, o‘z 
mablag‘larini garovga tikkisi kelmagan banklar valyuta pozitsiyalarini 
«yopiq» ushlashlari mumkin, lekin bunda ular kurs o‘zgarishdan 
kelishi mumkin bo‘lgan foydadan ham mahrum bo‘ladilar. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin valyuta bozorlarida amalga 
oshiriladigan valyuta operatsiyalarining turlari rivojlanib ketdi. 
Amalga oshirilishiga ko‘ra valyuta operatsiyalari naqd va muddatli 
bitimlarga bo‘linadi. 
Naqd valyuta operatsiyalari asosan «spot» shartlarida amalga 
oshiriladi. Buning mohiyati shundaki, valyuta sotish-sotib olish bitimi 
tuzilgandan keyin tuzilayotgan vaqtdagi kurs bo‘yicha ikkinchi ish 
kunida naqd valyuta yetkazib beriladi. Bu operatsiyalar eng keng 
tarqalgan bo‘lib, butun valyuta bitimlarining 90 foiziga yaqinini 
tashkil etadi. 
Spot turidagi valyuta bitimlari o‘zida mablag‘ni yetkazib berish 
vaqti bo‘yicha farqlanuvchi uch turdagi bitimni mujassamlashtiradi. 
Bu operatsiyalar quyidagi jadvalda keltirilgan. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish