24.1-rasm. Loyihani investitsiyalash bosqichi
Smeta qiymati ko’rsatkichlari ishlab chiqarish
va noishlab chiqarish
ob’ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish bo’yicha loyihaviy echimlar
variantlarini baholash va ulardan iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofig’ini tanlash
uchun zarur. Bundan tashqari, smeta qiymati qurilishni tashkil etish va ishlarni
bajarish variantlarini taqqoslash, konstruktiv yechimlarni hamda qurilish
materiallarni, uskunalarni tanlash uchun ishlatiladi.
Qurilishning smeta qiymatini haqqoniy belgilash loyihani o’z
vaqtida
amalga oshirilishiga xizmat qiladi. Qurilish qiymatini dastlabki hisob-kitobi
yiriklashtirilgan me’yorlar bo’yicha loyihaoldi bosqichida texnik-iqtisodiy
asosnomani ishlab chiqish davomida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish ob’ektlari
uchun iqtisodiyot tarmoqlari va tarmoqichi sohalari korxonalari texnologik
modellari asosida ishlab chiqilgan qurilish bazis qiymatining yiriklashtirilgan
me’yorlari (QBQYM) qo’llanilishi mumkin. Ijtimoiy-madaniy soha ob’ektlari
bo’yicha ularning qiymatini joriy va kelgusi narxlarda aniqlash uchun
loyihalashtirishning dastlabki bosqichida ob’ekt-namoyondalar
asosida ishlab
chiqiladigan QBQYM dan foydalanish tavsiya etiladi.
Loyihalashtirilayotgan korxonalar, bino vainshoatlar, ob’ektlar, ularning
qismlari va ish shaklarining smeta qiymati loyihalar (eskiz loyihalar) va ishchi
hujjatlar tarkibida ularni loyihalashtirish jarayonida aniqlanadi. Buning uchun
loyihalash va izlanish ishlari smetalarini o’z ichiga oluvchi
qurilish qiymatining
yig’ma smetasi, ob’ekt bo’yicha va lokal smetalar tuziladi.
Yig’ma smeta hisobi - korxona, bino va inshoatlar qiymatini belgilab
beruvchi asosiy hujjat. U ob’ekt bo’yicha va lokal smetalar hamda ob’ekt bo’yicha
va lokal smetalarda aniqlashtirilmagan qo’shimcha xarajatlar bo’yicha smeta
hisobi asosida tuziladi.
Asosiy ish haqiga qurilish va montaj ishlari, shuningdek ombordan
joyigacha materiallari etkazib berishda band bo’lgan
ishchilarning ishbay va
vaqtbay ish haqi kiradi. Ish haqining bir qismi qurilish-montaj ishlari smeta
qiymatining boshqa moddalariga kiradi: qurilish materiallarini yuklash,
transportirovka qilish va ortib tushirishda band bo’lgan ishchilarning ish haqi
materiallar narxiga kiritilgan; mashinalarda ishlayotgan ishchilarning ish haqi
mashinalarni ekspluatatsiya qilish
xarajatlariga kiritilgan; injener-texnik ishchilar
va xizmatchilar ish haqi ustama xarajatlarga kiritilgan.
Materiallar, konstruktsiyalar, detallar va yarimtayyor mahsulotlar smeta
qiymati tarkibiga: materiallarni sanoat taklif qilgan narxlarida harid qilish
xarajatlari, o’rash, rekvizitlash, ob’ekt oldidagi qurilish
omborigacha yetkazib
berish xarajatlari, shuningdek, o’rash-saqlash xarajatlari kiradi.
Mashina va mexanizmlarni ekspluatatsiya qilish xarajatlari tarkibiga:
mashina va mexanizmlarni qurilish maydoniga etkazib berish, ob’ektdan ob’ektga
ko’chirish, montaj va demontaj qilish xarajatlari; amortizatsiya ajratmalari,
mashinalarni kapital va joriy ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko’rsatish
uchun zarur bo’lgan xarajatlar; mashinistlar, motoristlar va boshqa xizmat
ko’rsatuvchi xodimlar ish haqi; yoqilg’i-moylash va tozalash materiallari qiymati,
almashtiriladigan moslamalar va boshqalar kiradi.
Qurilish ishlab
chiqarishni tashkil etish, boshqarish va unga xizmat
ko’rsatishga mo’ljallangan ustama sarflar xarajatlardan farqli o’laroq, bevosita
qurilish-montaj ishlarini bajarish bilan bog’liq emas va qurilish ishlab chiqarishni
normal faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratishga ketgan
xarajatlarni ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: