Educational materials



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/231
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#831803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   231
Bog'liq
Educational materials

14.2.
 
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishning 
obyektiv zarurligi. Loyihalarning tasniflanishi. 
Milliy iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiyalarning ahamiyati to’g’risida 
gapirganda, albatta “investitsiya loyihasi” degan tushunchaning mazmuni
mohiyati to’g’risida to’xtalib o’tish lozim.
“Investitsiya loyihasi” tushunchasining tobora keng qo’llanilishi, avvalo, bu 
tushunchaning iqtisodiy mohiyatini anglab olish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
“Investitsiya loyihasi” tushunchasi ikki xil ma’noda talqin etiladi:
- muayyan maqsadlarga erishishni (ko’zlangan natijalarni hosil qilishni) 
ta’minlovchi qandaydir faoliyatlar yig’indisini amalga oshirishni nazarda tutuvchi 
ish, faoliyat, tadbir sifatida tushuniladi. Bunday hollarda “xo’jalik tadbiri”, “ish 
(ishlar yig’indisi)”, “loyiha” terminlari ushbu tushunchalarga mazmunan yaqin 
keladi.
- qandaydir faoliyatlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan huquqiy-
boshqaruv va moliyaviy-hisob hujjatlari tizimi yoki bunday faoliyatlar tizimini 
bayon etuvchi hujjatlar to’plami sifatida qaraladi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda, darslik va o’quv qo’llanmalarda “investitsiya 
loyihasi” ikkinchi mazmundagi tushuncha sifatida qo’llaniladi. “Loyiha” 
tushunchasi birinchi mazmun bo’yicha tushuniladi.
“Investitsiya loyihasi” tushunchasi uning yo’naltirilgan maqsadini amalga 
oshirish uchun texnologik, texnik va tashkiliy hujjatlashtirish, ob’ektlarni barpo 
etish va ishga tushirish jarayonlarini, moddiy, moliyaviy, mehnat resurslarining 
harakatini, shuningdek tegishli boshqaruv qarorlari va tadbirlarni o’zida 
mujassamlashtiruvchi tizim sifatida qaralishi mumkin. To’liq shakllangan, 
yakuniga etgan investitsiya loyihasini tuzish va amalga oshirish umumiy holda 
quyidagi bosqichlarni o’z ichiga qamrab oladi: investitsiya g’oyasini shakllantirish; 
investitsion imkoniyatlarni tadqiq etish; investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy 
asoslash; shartnoma hujjatlarini tayyorlash; loyiha (ishchi) hujjatlarini tayyorlash; 
qurilish-montaj ishlari; ob’ektni ishga tushirish va investitsiya loyihasi (iqtisodiy 
ko’rsatkichlar) monitoringini olib borish. 
Investitsiya loyihasi o’z maqsadi, yo’nalishi, amal qilish sohasi, muddati va 
chegarasiga ega bo’lgan alohida faoliyat turi hisoblanadi. U tashkiliy, huquqiy, 
ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy jihatdan to’liq va mukammal hisob-kitoblar 
yordamida asoslangan yuridik hujjat hisoblanadi. 
Investitsiya loyihasining boshqa hujjat va “loyiha”lardan asosiy farqi 
shundaki, u haqiqiy hujjat sifatida qaror topishi uchun uning barcha tomonlari 


maxsus usullar yordamida keng va aniq hisob-kitoblar bilan baholanadi. Shu bilan 
birga uning amalga oshirilishi muayyan miqdordagi mablag’larni safarbar etishga 
asoslanadi.
Amaliyotda investitsiya loyihalarining turlicha tasnifi mavjud bo’lib, 
belgilariga qarab investitsion loyihalarning quyidagi ko’rinishlarini ajratish 
mumkin (14.2-rasm). 
Investitsiya loyihalari, odatda, korxona ko’lamida amalga oshiriladi. Shunga 
muvofiq, korxona ko’lamida loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni 
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
I. Iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun qilinadigan investitsiyalar. 
Bunday investitsiyalardan asosiy maqsad uskunalarni almashtirish, xodimlarning 
malakasini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini samarali hududlarga ko’chirish 
asosida firmalarning xarajatlarini kamaytirish uchun sharoit yaratishdan iborat. 
II. Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday 
investitsiyalashdan maqsad mavjud quvvatlar hisobiga oldindan shakllangan 
bozorlar uchun tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. 
III. Yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish uchun qilinadigan 
investitsiyalar. Bunday investitsiyalar ilgari ishlab chiqarilmagan tovarlar va 
ko’rsatilmagan xizmatlar turlarini vujudga keltirish, yoki ilgari ishlab chiqarilgan 
tovarlar bilan yangi bozorlarga chiqish imkonini beradi. 
IV. Davlat boshqaruv idoralari talablarini bajarish uchun qilinadigan 
investitsiyalar. Masalan, ekologiya va mahsulot standartlari talablarini bajarish 
uchun sarflanadigan investitsiyalar. Investitsiyalarni bunday tasniflashda 
tavakkalchilik darajasi har xil bo’lishi asos qilib olingan.

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish