Educational materials



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/231
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#831803
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   231
Bog'liq
Educational materials

6. Innovatsion loyihalar. 
Bunday loyihalar bozor uchun hali tanish bo’lmagan yangi mahsulot yoki 
uning yangi tarkiblarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishga qaratilgan loyihalar 
hisoblanadi. 
Loyiha sinfi (loyiha tarkibi va tizimini hamda uning fan sohasi) bo’yicha: 
monoloyiha, multiloyiha, megaloyiha. Monoloyiha – bu har xil tur, qurilish va 
hajmdagi alohida loyiha. Multiloyiha – bu bir necha monoloyihalardan tashkil 
topgan va ko’p loyihali boshqaruvli tadbiqni talab qiluvchi kompleks loyiha. 
Megaloyiha – bu ta’lim sohalari va h.k.larni rivojlantirishning maqsadli dasturlari 
bo’lib, bu tartibga bir qator mono va multiloyihalar kiritiladi. 
Loyiha ko’lami – (loyihaning hajmi, qatnashuvchilar soni va atrof-muhitga 


ta’sir darajasi) bo’yicha: kichik loyihalar, o’rta loyihalar, yirik loyihalar, juda yirik 
loyihalar. Loyihalarning bunday taqsimoti juda shartlidir. Loyiha ko’lamlarini 
aniqroq shaklda ko’rish mumkin. Davlatlararo, xalqaro, milliy mintaqalararo va 
mintaqa, tarmoqlararo va tarmoqlar bo’yicha, kooperativ, tashkiliy loyihalar. 
Loyihalarning murakkabligi (murakkablik darajasi) bo’yicha: oddiy, 
murakkab, juda murakkab. 
Loyiha turi (loyihaning fan sohasi xarakteri) bo’yicha: investitsion
innovatsion, ilmiy-tadqiqot, aralash. Investitsion loyihalarga, odatda, investitsion 
qo’yilmalarni talab qiluvchi, bosh maqsadi asosiy fondlarni ishlab chiqarish ya’ni 
yangilash bo’lgan loyihalar kiritiladi. Innovatsion loyihalarga, tizimlar 
rivojlanishini ta’minlaydigan, bosh maqsadi yangi texnologiyalarni, nou-xau va 
boshqa yangiliklarni ishlab chiqish va qo’llash bo’lgan loyihalar kiritiladi. 
O’z navbatida, investitsiya loyihasi loyihadan farqlanishi sababli uning 
o’ziga xos xususiyatlarga egaligini namoyon etuvchi jihatlarni investitsiya loyihasi 
tasnifi keltirilgan quyidagi 14.3 va 14.4-rasm orqali ifodalash maqsadga 
muvofiqdir. 
Loyiha – bu o’ziga xos faoliyat turi deyish mumkin. Loyihaning bir qancha 
o’ziga xos belgilari mavjud bo’lib, lekin uning asosiy 4 ta belgisi loyihani boshqa 
turdagi faoliyatlar va tadbirlardan alohida ajratib turadi: 
1. Loyiha maqsadlari aniq belgilangan bo’lishi kerak. Loyiha maqsadining 
aniq belgilanishi ana shu loyihani samarali amalga oshishiga yordam beradi. Agar 
loyihaning dastlabki maqsadlaridan voz kechilsa, bu loyihaning umuman amalga 
oshmay qolishiga, loyiha “yakuni” ga, “tugallanmay qolishi” ga, “so’nishi”ga 
sabab bo’ladi. Oxirgi yillar davomida loyiha maqsadlarini shakllantirish va unga 
erishishning bir qator uslublari ishlab chiqilgan, hamda bu uslublar loyihaviy 
moliyalashtirishni rejalashtirishda juda qo’l keladi.
2. Loyiha aniq (odatda oldindan belgilangan) muddat davomida amalga 
oshishi lozim. Loyihaning boshlanishi va ohiri mavjud. Qachonki loyihada ko’zda 
tutilgan asosiy maqsadlarga erishilsa, shundagina loyihani tugallangan deb 
hisoblash mumkin. Loyihani bunda samarali amalga oshish kafolati bo’lib 
belgilangan vaqt, muddat davomida kerakli resurslarni va harakatlarni optimal 
taqsimlash hisoblanadi. 
3. Loyihada o’zaro bog’liq harakatlarni bajarilishini muvofiqlashtirish 
lozim. Loyiha o’z mohiyatiga ko’ra murakkab hisoblanadi: loyihani amalga 
oshirish deganda bir qancha tadbirlarni (operatsiyalarni, amallarni, ishlarni) amalga 
oshirish tushuniladi. Ana shu ishlar, tadbirlar va faoliyatlar o’zaro bir - birlari bilan 
bog’liq hisoblanadi. Ba’zi faoliyatlar parallel ravishda bajarilsa, ba’zilari qat’iy 
ravishda ketma-ket bajarilishi lozim. Bunday o’zaro bog’liqlik va ketma-ketlik 
buzilsa, loyihani amalga oshmay qolish havfi tug’iladi. 
4. Loyiha unikal bo’lishi lozim. Har bir loyiha betakror hususiyatlarga va 
belgilarga ega. Mutlaq bir-biriga o’xshash loyihalar bor, deb ayta olmaymiz. 
Garchi ularni amalga oshirish uchun bir xil faoliyatlar bajarilsada, bir xil loyihalar 
mavjud bo’lmaydi.



Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish