Cheklanishlar:
- moliyaviy
- me’yoriy-
huquqiy
- etika
- logistik
- faollashish
usullari
- vaqt
- sifat darajasi
- bilvosita
ta’sirlar
- atrof-muhit
Kirish:
talablar
LOYIHA
Chiqish:
qanoatlantirilgan
talablar
Ta’minot:
- odamlar
- bilim va tajriba
- texnika va
instrumentlar
- texnologiya
14.1-rasm. Loyiha boshlang’ich holatdan yakuniy holatga o’tish tizimi
jarayoni sifatida
6
Investitsiya loyihasining maqsadi tadbirkor va iqtisodchilarga to’rtta asosiy
masalani hal qilishga yordam berishdan iboratdir:
- sotuvning kelgusi bozori hajmi va istiqbollarini o’rganish;
- ushbu bozorga kerakli bo’lgan mahsulotni tayyorlash va sotish uchun zarur
xarajatlarni baholash hamda ularni o’z tovarlarni sotish mumkin bo’lgan narxlar
bilan ko’zlangan ishning salohiyatli foydaliligini aniqlash maqsadida solishtirish;
- yangi ishni boshlashda barcha ehtimolli to’siqlarni aniqlash;
- ular asosida korxona faoliyatini muntazam ravishda baholash mumkin
bo’lgan belgi va ko’rsatkichlarni aniqlash
7
.
Investitsiya loyihasi kelgusi ishlab chiqarishning xom ashyo va energetik
bazasini, ishlab chiqariladigan mahsulotning hajmi, nomenklaturasini, ishlab
chiqarish texnologiyasini, konstruktorlik, texnik hamda qurilish qarorlarini,
qurilish materiallari va qismlardagi ehtiyojini belgilaydi. Loyihaning mazmuni
loyihalashtirilayotgan obyektlarning maqsadi (ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish), asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarishning shaklli (yangi qurilish,
kengaytirish,
qaytaqurish,
texnik
qayta
jihozlash)
bilan
belgilanadi.
Umumlashtirilgan ko’rinishda loyiha texnologik, qurilish va iqtisodiy qismlardan
iborat, noishlab chiqarish obyekti esa – qurilish va iqtisodiy qismlardan iborat.
Texnologik qismi ishlab chiqarish texnologiyalarini, asbob-uskunalar
tarkibini, mehnatni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish darajasini
belgilovchi qarorlarni o’z ichiga oladi. Qurilish qismida binolar va inshootlarning
hajmi, ularning joylashgan o’rni, qurilish materiallarining tanlovi, yig’ish
qurilmalarini qo’llashdarajasi, qurilishni tashkil qilish loyihasi va boshqalar o’rin
oladi. Qurilish qismida shuningdek qurilish materiallari, detallar, qurilmalar,
mashina va asbob-uskunalar, transport vositalariga ehtiyoj hisoblanadi, qurilish-
montaj ishlar hajmi, ularni bajarish muddati baholanadi.
Korxonaning quvvati va tarkibini asoslash, qurilish joyini tanlash, mehnat
6
Xujamkulov D.Yu., Ismailov D.A. Investitsiya loyihalarini boshqarish. O’quv qo’llanma. – T.: TDIU, 2019. 302 b.
7
Е. Г. Непомнящий. Инвестиционное проектирование. Учебное пособие. Таганрог: Изд-во ТРТУ, 2003.
unumdorligini baholash uchun loyihaning iqtisodiy qismi mo’ljallangan.
Loyihani ishlab chiqish buyurtmachi tomonidan beriladigan va uning
tomonidan loyihaviy firma bilan birgalikda ishlab chiqilgan loyihalash bo’yicha
topshiriq asosida amalga oshiriladi. Topshiriqda obyektning nomi, qurilish
joylashgan hududi, quvvati, unumdorligi, materiallar, energiya, yoqilg’i, suv va
gazga bo’lgan ehtiyoji hamda ularni yetkazuvchi manbalar, shuningdek, asosiy
texnologik
jarayonlar
va
asbob-uskunalar,
kapital
qo’yilmalarning
loyihalashtirilayotgan darajasi ko’rsatiladi.
Investitsiya loyihasini tayyorlash bir yok iikki bosqichda amalga oshirilishi
mumkin. Birinchi bosqichda texnikaviy loyiha (qiymat DTIA va DTIH ning
yig’ma hisob-qitobini kiritgan loyiha), ikkinchi bosqichda esa ishchi chizmalar
(ishchi hujjatlar to’plami) ishlab chiqiladi. Bir bosqichli ishlab chiqarishda ishchi
loyiha bilan qo’shilgan texnikaviy loyiha bajariladi. Bir bosqichli loyihalashtirish
namunaviy loyihalar hamda qaytadan qo’llanadigan individual loyihalar uchun,
ishchi chizmalar bo’yicha tuziladigan smetalar asosida qo’llanadi. Bunda ushbu
maqsad uchun smetaviy me’yor baholarning kattalashtirilgan preyskurantlaridan
foydalaniladi.
Dastlabki g’oyadan to obyektdan foydalanishgacha bo’lgan davrni qamrab
olganloyihaning investitsiyaviy tsikli uchta davrdan iboratdir: investitsiya oldi,
investitsiyalash va ekspluatatsiyaviy.
Investitsiya oldi davrida loyihaning dastlabki tanlovi va muqobil
loyihalarning
tahlili,
loyiha
imkoniyatlarining
tadqiqoti,
maqsadlarni
shakllanishi,loyihaning
dastlabki
texnik-iqtisodiyasosini
ishlabchiqish
amalgaoshiriladi.
Loyihani paydo bo’lishi g’oyasi ortiqcha resurslarning mavjudligi,
investorlarning tashabbusi, kreditorlarning manfaatlari bilan shartlanadi.
Loyihaning g’oyasi loyiha mahsulotiga talabning yetarli emasligi, loyihaning
qiymati yuqoriligi, buyurtmachi tomonidan kafolat mavjud emasligi, xom
ashyoning qiymati yuqoriligi riski borligi sababli rad etilishi mumkin.
Investitsiyaviy imkoniyatlarning tadqiqoti investitsiyaviy resurslarni
jamlashning boshlanishi hisoblanadi. Loyihaning investitsiyaviy imkoniyatlari
mahalliy salohiyatli investorlar hamda boshqa mamlakatlardagi investorlar
tomonidan o’rganiladi. Kerakli ma’lumotni tayyorlash uchun ikkita yondashuv
qo’llanadi: korxona darajasida va makroiqtisodiy darajada. Makroiqtisodiy
darajada mamlakatning butun investitsiyaviy salohiyati va rivojlangan
mamlakatlarning mablag’larini investitsiyalashdan manfaatdorligi tahlil qilinadi.
Investitsiyaviy salohiyatni belgilash makroiqtisodiy yondashuvga hudud, sanoat
tarmog’i haqida ma’lumot yig’ish, xom-ashyo resurslarini tahlil qilish, sanoatda
tuzilmaviy muammolarni tadqiq qilishdan iborat.
Korxona
darajasida
investitsiyaviy
imkoniyatlarning
tahlili
investitsiyalashda qatnashayotgan tadbirkorlar, tashkilotlarning investitsiyaviy
g’oyalarini o’rganishni ko’zda tutadi.
Investitsiyalashning imkoniyatlari uchta yo’nalish bo’yichao’rganiladi:
- hududning imkoniyatlarini aniqlash maqsadida uni tadqiq qilish;
- sanoat tarmog’ini o’rganish – investitsiyalash imkoniyatlarini aniqlash
uchun;
- hududning xom ashyo resurslarinio’rganish.
Tadbirkorlarning manfaatdorligi belgilari paydo bo’lganida dastlabki texnik-
iqtisodiy asoslash (DTIA) bajariladi, bu esa tadqiqotning nisbatan batafsil
bosqichini anglatadi. Batafsil tadqiqot loyiha bo’yicha ma’lum bir qarorni qabul
qilish uchun xizmat qiladi va bu qimmatli hamda uzoq muddatli jarayon
hisoblanadi. Shuning uchun loyihaning g’oyasini dastlabki texnik-iqtisodiy
asoslash yordamida baholaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |