67
IV BOB: KICHIK BIZNES KORXONALARIDA BIZNES REJA
Ushbu bobni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida
talaba:.
1. Biznes rejaning mohiyati, maqsadi va ahamiyati;
2. Korxona maqsadlarining taxminiy tasnifini variantlari ;
3. Biznes-rejani ishlab chiqish bosqichlari ;
4. Biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi qanday bolimlarni oz ichiga olishi;
5. Biznes rejaning asosiy bo‗limlarini mazmuni;
6. Kichik biznes korxonalarining tadbirkori, menejeri biznes-rejani ishlab
chiqarishning aniq sxemasi, tarkibi , hajmi tanlashda qanday omillarga e‘tibor
berishi kerakligi;
7. Marketing sohasini yo‗nalishini belgilash nima uchun zarurligi
8. Yuridik reja qanday vaziyatlarda tuzilishi;
9. Moliyaviy, tashqi iqtisodiy faoliyat reja ahamiyati nimadan iboratligi;
10. O‗z korxonasi biznes rejasini tuzish xaqidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi
4.1.Biznes rejaning mohiyati va ahamiyati
Biznes-reja
- bu aniq vaziyatda biznesning mohiyati, uni amalga oshirish,
kengaytirilishi aks etadigan xujjat. Kichik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir.
Rejalashtirilayotgan bitimni amalga oshirish oldidan katta mablag‗ ishlatishni va shu
mablag‗ qancha foyda keltirishini hisob-kitob qilib chiqish lozim.
Biznеs-rеjaning asosiy maqsadi
– oz ishini qanday boshlash kеrakligini, ishlab
chiqarishni qanday samarali yuritish va tovarni bozorga qanday olib chiqish, yangi
ishlab chiqarishni kim tashkil etishi, qachon dastlabki daromad olinishi, xavf-xatarni
qanday kamaytirishi, oyoqqa turib olib, raqobat kurashida qanday yutib chiqishni
ko‘rsatishdan iborat. Biznes-reja
u yoki bu ishlab chiqarishga pul kiritish joizmi,
barcha xarajatlarni qoplaydigan miqdorda daromad olinadimi degan savollarga javob
beradi. Shu bilan birga u funktsional vazifalariga ko‘ra ishlab chiqarishni tashkil
qilish, texnika va texnologiyalar, korxonaning moliyaviy rejalari bilan bog‘liq muhim
masalalarni hal qilishga qaratiladi.
68
Biznеs faoliyatini boshlashdan avval tadbirkor quyidagi savollarga javob topishi
kеrak:
Biznеs-rеjaning tarkibi qanday bo`lishi kеrak, uni nimadan boshlash
kеrak, qay tarzda amalga oshirish lozim?
Nima uchun mеn shu yo`nalishdagi korxonani yaratmoqchiman?
Mеning tovarim yoki xizmatim nimasi bilan jozibador?
Mеning mijozlarim kimlar va ular qayеrda joylashgan?
Mеning mahsulotim (xizmatim)ni mijozlar qanday sotib oladilar?
Mеning korxonam (firmam) qayеrda joylashadi?
Mеning mahsulotim (xizmatim)ni bozor potеntsiali qanday?
Korxonam (firmam)ning kattaligi qanday bo‘lishi kеrak?
Mеning raqobatchilarim kimlar?
Korxona (firma)ni bosh?arish shakli qanday bўladi?
Mеning korxonamga qanday kasbdagi pеrsonal (hodim) kеrak bo`ladi?
Mеning korxonamga (firmam)ga qanday asbob-uskunalar kеrak?
Korxona (firma)ni tashkil etish uchun qancha mablag` kеrak bo`ladi?
Mijozlarni o`zimga qanday jalb etaman?
Korxona (firma)ni yil davomida qancha foyda olishga erishadi va
boshqalar?
Shunga o`xshash savollar har bir tadbirkor uchun o`ziga xos boshqotirma bo`lib
hisoblanadi. O`rta maxsus ta'lim muassasalarining o`quvchilari va ayniqsa
bitiruvchilari, ya'ni yosh tadbirkorlar o`z o`ylagan tadbirkorlik ishini boshlashdan
oldin quyida kеltirilgan savollarga javob topishi kеrak
Kichik biznеs boshqaruvchilari uchun biznes-reja xo‘jalik boshqaruvi vositasi
sifatida namoyon bo`lishi lozim.
Aniq va to`g`ri ishlab chiqilgan biznes-reja ishlab chiqarishni faol
rivojlantirish va shu bilan bir paytda uning dinamikasini nazorat qilish, investorlar,
hamkorlar va kredit resurslarini jalb qilishni amalga oshiradi.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |