O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/169
Sana20.07.2022
Hajmi2,39 Mb.
#829332
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   169
Bog'liq
1. Hayot faoliyati xavfsizligi. Majmua. O.N. Imomov

Ekstremizmning mazmun-mohiyati.
«Ekstremistik» so`zi esa «akl bovar qilmas 
darajada», «haddan oshish» ma`nolarini bildiradi.Jamiyatda qabul qilingan 
qadriyatlar va me`yorlarga zid karashlarni ilgari surish, keskin qarashlar va 
choralarga moyillik ekstremizmning asosiy hususiyati hisoblanadi. 
Turli ekstremistik guruhlarning o`zaro munosabatida doimiy kelishmovchilik 
va janjallar, voqelikning keskin o`zgarishi sharoitida ular bo`linib ketadigan guruhlar 
o`rtasidagi «revolyutsionerliqda» musobaqalashuv kuzatiladi. Ularga yopiq 
sektalarga hos mistik tildan, e`tiqodga da`vat qilish yoki undan «chetlashish», 
«shakkoklik» uchun jazolash kabi uslublardan foydalanish hosdir. Amerikalik 
sotsiolog K.Keniston «bunday guruhlarda odatiy shaxsiy nizolar, liderlik uchun 
kurash, did va qarashlardagi farq sezilarli darajada o`sib, ba`zida, hatto, hayot-mamot 
masalasigacha etib boradi», — deb yozgan edi. 
YAshirin «armiya»larning ichki tarkibi, odatda, «kommandos» (ital’yan 
terrorchilarida — «kolonnalar», «musulmon birodarlar»da - «jovalalar») deb 
ataladigan tezkor birliklardan tashkil topadi. Ular bir-birlarini faqat laqablari 
orqaligina biladigan uch yoki besh kishilik guruhlardan iborat piramida shaklida 
tuziladi. Ularning tashkiliy tuzilmasi barcha davlatlarda deyarli bir hil. «Jangovar 
guruh» tashkilot a`zolarining asosiy ehtiyojlarini qondirish, jangarilar tashqariga 


122 
chiqmaydigan bevosita yopiq ijtimoiy muhitni yaratishdek ko`plab vazifani bajaradi. 
Bir so`z bilan aytganda, jangovar guruh terror hurujini uyushtirishdek asosiy 
vazifasidan tashqari uning tarkibidagi kishilar uchun ijtimoiy muhit vazifasini ham 
bajaradi. 
Ekstremistik va terroristik tashkilotlarga yangi a`zolarning qo`shilishi, 
ko`pincha, dinga kiritish, qabul qilishdek shaklu shamoyil kasb etadi hamda bir 
qancha tanlov va sinov bosqichlarini o`z ichiga oladi. ekstremistik harakatlarning eng 
quyi tabaqasi ko`pincha siyosiy tusga ega bo`lmagan, mayda zo`rlik va jinoyatlar 
sodir etadigan unsurlar bilan bog’liqbo`ladi. Bunday zo`rlikning siyosiylashtirilishi 
terrorizm tomon qo`yilgan bi-rinchi qadam bo`ladi. O`z doirasiga yangi kimsalarni 
tortar ekan, terrorchilik guruhi yoki uning raqbariyati so`zsiz bo`ysunishni va «ish»ga 
mutaassibona sadoqatni talab qiladi. Keyinroq esa yollanuvchilar «hamma narsani 
biluvchi» va ularga yo`lboshchilik qiluvchi sarbonga duch keladilar. 
Hozirgi davrda eng avvalo ahborot chegaralarining barham topishida o`zligini 
namoyon qilayotgan globallashuv sharoitida va bir paytlar halqaro munosabatlar 
mazmunini belgilagan ikki qarama-qarshi kuch — sotsializm va kapitalizm 
o`rtasidagi o`zaro kurashning barham topishi natijasida ekstremizm va terrorizm 
mamlakatlar, mintaqalar va umuman dunyo xavfsizligiga asosiy tahdid sifatida 
birinchi o`ringa chikdi. Qo`poruvchilik faoliyatining turli ko`rinishlarini o`z ichiga 
olgan infrastrukturani shakllantirgan va rivojlantirgan mazkur ikki dunyoqarash 
o`rtasidagi kurash hozirda turli hil kuchlarni birlashtirgan ko`p qutbli dunyoning 
mazkur infrastrukturaga qarshi kurashidek shakl-shamoyil kasb etmokda. 
Bu, birinchi navbatda, ekstremizm va terrorizmning anarhizm va fashizmning 
arhaik shakllari bilan qorishmasi hisoblangan va ommaning keng qatlamlari bilan 
bog’lovchi halqa sifatida islom shiorlaridan ustalik bilan foydalanadigan, aslida esa 
halqbilan hech qanday aloqasi yo`qligini mohirona yashira oladigan holat kasb etdi. 
O`z vaqtida, XX asrning 70-yillarida, terrorchilar halq bilan birgalikni ko`rsatish va 
uning nomidan harakat qilish uchun kommunizm shiorlari ostida faoliyat yuritishi va 
shu yo`l bilan mablag’ to`plashi qulayroq edi. 
Ma`lum bir davlat hududida terrorizm tarqalishiga sabab bo`luvchi shart-
sharoitlar quyidagilardan iborat: 
1. Jamiyatda ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlik 
2. Milliy-diniy qarama-qarshiliklar 
3. Ommaviy ishsizlik va qashshoqlik 
4. Ommaviy-diniy faoliyatda huquqiy effektiv (unumli) boshqaruvning yo`qligi
5. Ayrim kishilarning ma`naviy past fazilatlari va ahloqsiz hayot tarzi
6. Tubanlikka tushgan kishilarga nisbatan huquqni himoya qilish organlari va 
aholining e`tiborsizligi, loqayd va beparvo munosabati 
7. Halqaro miqqiyosda terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashning etarli darajada 
emasligi 
8. Ayrim kishilarning, guruhlarning, tashkilotlarning hattoki davlatlarning terrorizmni 
qo`llab-quvvatlashdan manfaatdorligi 
Terrorchilik harakatlarining sub`ektlari sifatida quyidagilarni kursatish mumkin: 
-YAkka terrorchilar 
-Terrorchi guruhlar


123 
-Terrorchi tashkilotlarning jangovor guruhlari
-Terrorchi tashkilotlar
-Etnik jamoalar 
-Diniy tariqatlar
-Siyosiy-ekstremistik birlashmalar
-Halqaro terrorchilik tashkilotlari 
- Ayrim davlatlar va davlatlarning maxsus xizmatlari 
Hozirgi kunda terrorizmga qarshi kurashning asosiy printsiplari quyidagilardir: 
-Qonuniylik 
-SHahs huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; 
-Terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi 
-Jazoning muqarrarligi 
-Terrorizmga qarshi kurash oshkora va nooshkora usullarining uyg’unligi 
-Jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi o`tkaziladigan 
operatsiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik 

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish