2. “Terrorizmga qarshi kurash to`g’risida”gi qonunning mazmun-mohiyati.
Ohirgi vaqtlarda yuzaga kelgan ayrim vaziyatlar Respublikamiz hududida
terroristik aktlar ham sodir bo`lishi mumkinligini ko`rsatib berdi. Respublikamiz
hukumati aholi xavfsizligini ta’minlash uchun 2000 yil 15 dekabrda
«Terrorizmga
qarshi kurash to`g’risida»
gi qonunni qabul qildi.
Qonun «Umumiy qoidalar», «Davlat organlarining terrorizmga qarshi kurash
sohasidagi
vakolatlari»,
«Terrorchilikka
qarshi
operatsiyaning
o`tkazilishi»,«Terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash va
jabrlangan shahslarning ijtimoiy reabilitatsiya» hamda «Terrorizmga qarshi kurashda
ishtirok etayotgan shahslarning huquqiy va ijtimoiy muhofazasi» deb nomlanuvchi 5
bo`limdan iborat bo`lib, 31 moddani o`z ichiga oladi.
Quyida qonun keltirilgan:
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TERRORIZMGA QARSHI KURASH TO`G’RISIDA
(O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Ahborotnomasi, 2001 y., 1-2-son, 15-
modda; O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2004 y., 25-son, 287-
modda)
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Ushbu
Qonunning
maqsadi terrorizmga
qarshi kurash
sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari shahs, jamiyat va davlatning terrorizmdan
xavfsizligini ta`minlash, davlatning suverenitetini va hududiy yahlitligini himoya
qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo`llaniladi:
124
garovga ushlab turilgan shahs — qo`lga olingan yoki ushlab turilgan shahsni
ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, halqaro
tashkilotlarni, shuningdek ayrim shahslarni biron-bir harakat sodir etishga yoki
bunday harakat sodir etishdan tiyilishga majbur qilish maqsadida terrorchilar
tomonidan qo`lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shahs;
terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun
shahsning hayoti, sog’lig’iga xavf tug’diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy
ob`ektlarning yo`q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda
davlatni, halqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shahsni biron-bir harakatlar sodir
etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, halqaro munosabatlarni
murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yahlitligini buzishga,
xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko`zlab ig’vogarliklar
qilishga, aholini qo`rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga
qaratilgan, O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda
tutilgan zo`rlik, zo`rlik ishlatish bilan qo`rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar;
LexUZ sharhi
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
155-moddasiga
qarang.
terrorchi — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan
shahs;
terrorchilik guruhi — oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan,
bunday harakatga tayyorgarlik ko`rgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shahslar
guruhi;
terrorchilik tashkiloti — ikki yoki undan ortiq shahsning yoki terrorchilik
guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi;
terrorchilikka qarshi operatsiya — terrorchilik harakatiga chek qo`yish va
uning oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek jismoniy shahslarning xavfsizligini
ta`minlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan, kelishilgan va o`zaro
bog’liq maxsus tadbirlar majmui;
terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkaziladigan zona — joyning yoki
akvatoriyaning alohida uchastkalari, havo bo`shlig’i, transport vositalari, binolar,
imoratlar, inshootlar, xonalar hamda terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkaziladigan
doiradagi ularga tutash hududlar;
terrorchilik faoliyati — terrorchilik harakatini uyushtirish, rejalashtirish,
tayyorlash va amalga oshirishdan, terrorchilik harakatiga undashdan, terrorchilik
tashkilotini tuzishdan, terrorchilarni yollash, tayyorlash va qurollantirishdan, ularni
moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatidan ta`minlashdan iborat bo`lgan faoliyat;
terrorchilik harakati — garovda ushlab turish uchun shahslarni qo`lga olish
yoki ushlab turish, davlat yoki jamoat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy,
boshqa guruhlari, chet el davlatlari va halqaro tashkilotlar vakillarining hayotiga
tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik ob`ektlarni bosib olish,
shikastlantirish, yo`q qilish, portlatishlar, o`t qo`yishlar, portlatish qurilmalarini,
radioaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy, boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish
yoki ishlatish bilan qo`rqitish, usti, suv va havo transporti vositalarini qo`lga olish,
olib qochish, shikastlantirish, yo`q qilish, aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar
o`tkazilayotganda vahima ko`tarish va tartibsizliklar keltirib chiqarish, aholi
125
hayotiga, sog’lig’iga, jismoniy yoki yuridik shahslar mol-mulkiga avariyalar,
texnogen hususiyatli halokatlar sodir etish yo`li bilan zarar yetkazish yoki xavf
tug’dirish, tahdidni har qanday vositalar va usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik
tusidagi jinoyatlarni, O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va halqaro
huquqning umum e`tirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa
harakatlarni sodir etish;
halqaro terrorizm — bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan
terrorizm.
Do'stlaringiz bilan baham: |