58
bir qora ko‘rinibdi. Agar qo‘lni peshanaga so yabon qi
-
lib, yo‘l qaralsa, ushbu yo‘lovchi
Bahor ekanligini bilish
mumkin ekan. U tobora shitob bilan yaqinlashib, uning
libosi-yu qiyofasi tiniq ko‘rina boshlabdi. U juda chiroy
-
li qiz ekan: sochlarida kurtak va g‘unchalar bo‘rtib tur
-
ganmish; ko‘ylagining etaklariga binafshalar qadalgan;
moychechaklar chambari
kiydirilgan boshi uzra qal
-
dirg‘ochlar charx urib, yelkasiga qo‘ngan sa’va-yu qum-
rilar chax-chaxlab kelayotir.
Bahor bozorga ye tib kelgach, Buyuk bo‘ yoqchiga
ta’zim bajo qilibdi. Buyuk bo‘yoqchi xaridorlarining bi
-
rinchisini bug‘lanib turgan qirq quloqli qozonlar sari
boshlabdi.
— Bahorjon, mana, bu bo‘yoq lardan keragicha ol!
— debdi u.
Bahor esa eng avval yashil bo‘yoq
qaynayotgan
qozon yoniga boribdi. Bahor uchun yashil bo‘yoq juda
zarur ekan.
Bahor bo‘yoq bozoridan ko‘ngli to‘lib chiqib ketibdi.
Yoz har mahalgidek mudrab qolgan ekan. Bahor o‘z
aravasida xarid qilgan bo‘yoqlarini ortib, momaqaldiroq-
larni gumburlatib, chaqinlar chaqnatib o‘tgan mahali
Yoz uyqudan uyg‘onib ketibdi-da,
erta-indin dalalarda
arpa-bug‘doylar bo‘y berib, bog‘larda olma-o‘riklar ta’m
yig‘ib olishini, ular o‘zining bo‘yoqlar keltirishini kutib,
unga muntazir bo‘lib turishini o‘ylab, bozorga otlanibdi.
Buyuk bo‘yoqchi uni ham rozi qilib jo‘natibdi.
Bo‘yoq bozoriga Kuz kelgan payt ko‘plab qozon
-
lar bo‘shab qolgan ekan. Qozonlardan faqat ikkitasi
— za’far va zarg‘aldoq bo‘yoq qaynayotgan qozonlar
-
http://eduportal.uz
59
da hali ancha bo‘yoq bor ekan. Qolganlarida bo‘yoq-
larning
yuqigina bor ekan, xolos. Kuz o‘z tegishi
— za’far rang li bo‘yoqning hammasini olibdi. Qolgan
bo‘yoqlarning yuqini ham qozonlardan qirib olgach, oq
bo‘yoqdan ham oz-moz idishga solib olibdi. Uning ham
tashvishi o‘ziga yarasha ekan. Bog‘-rog‘lar, o‘rmon va
yaylovlar dagi bahor ning yashil bo‘yoqlarini o‘chirib chi
-
qib, ularni za’far, pushti, zarg‘aldoq ranglarga bo‘yab
chiqishi ke rak ekan.
Buyuk bo‘yoqchi bo‘shagan
qozonlarini yuvib, ularni
yig‘ishtirayotgan paytda so‘nggi xaridor — Qish ye tib
kelib qarasa, ahvol chatoq. Unga faqat oq bo‘yoq qo
-
libdi.
Bo‘yoqchi yangi bo‘yoqlarni tayyorlaguncha, ming lab
yil kutish kerak ekan. Qish oq bo‘yoqni olib yo‘lga tu-
shar ekan, qolgan fasllardan xafa bo‘lib ketibdi. O‘sha
kundan
boshlab Kuz va Bahorning, ilojini topsa, Yoz
-
ning ham bo‘yoqlariga zarar keltirish payida bo‘larkan.
Ayni o‘riklar gullab turgan Bahor paytida, paxta cha
-
man-chaman ochilib, bog‘larda tilladay uzumlar ayni
yetilgan Kuz kunlarida Qish qahrini sochib qolarkan.
Ba’zan esa Yozning saratoniga ham o‘z qori, sovug‘i
bilan suqilib kirarkan.
Odamlar Qish o‘z qilmishidan ko‘p ham o‘kinmasligi,
kelgusi safar bo‘yoq bozoriga o‘z
vaqtida borishi uchun
yangi yil bayramlarida archa shoxlariga turli rangdagi
o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoqlar, shokilalar osishni odat qi
-
lishibdi.
1. Ertak mazmunini qisqartirib hikoya qiling.
2. Bahor yashil rang tanlashining sababini izohlang.
http://eduportal.uz