70
Nasiba opa va’dasiga binoan dam olish kunining er
-
tasiga bolalardan topshiriqni so‘radi.
«Men aytay», degandek bolalarning ko‘pchiligi qo‘l
ko‘tardi. O‘qituvchi birinchi bo‘lib Muqaddasdan so‘radi.
—
Qishda chumchuq, musicha, kaptar kabi qushlar
yashaydi, — dedi u.
— Yana qanday qushlar? Kim to‘ldiradi?
Abdurahmon o‘rnidan turib: «Tovuq, xo‘roz, bedana»
desa bo‘ladimi?..
Hamma bolalar gur etib kulib yuborishdi. Ularga
qo‘shilib Nasiba opa ham kuldi. Abdurahmon o‘ylamas
-
dan gapirib yuborganidan izza bo‘ldi.
— Tovuq, xo‘roz — uy parrandasi. Ular doim uyda
— katakda yashashadi.
Bedana ham issiq mamla
-
katlarga uchib ketadi. Faqat qafasdagilari qoladi, —
tushun tirdi o‘qituvchi.
Navbat aka-singil Hasan-Zuhralarga keldi.
— Qirg‘ovul, kaklik kabi qushlar shaharda bo‘lmaydi.
Ular ko‘pincha tog‘, adirlarda, katta cho‘l va o‘rmonlar
-
da bo‘ladi.
Hasan atigi bitta qushning nomini aytib,
katta bahs-
ga sabab bo‘ldi. Negaki, sassiqpopishakning qishda
qishlab qolishiga hech kim ishonmadi-da. Hatto Nasiba
opa ham inkor etdi.
— Nega ishonmaysiz? Kecha men o‘z ko‘zim bilan
sassiqpopishakni ko‘rdim. Ko‘rmasam, aytarmidim? —
dedi o‘zining haqligini isbotlamoqchi bo‘lib Hasan.
— Xo‘p, mayli, — dedi o‘qituvchi, — darsdan so‘ng
o‘sha joyni ko‘rsatasan.
Darsdan so‘ng Hasan bir guruh bolalar bilan o‘qi
-
tuvchisini mahalla choyxonasi
yoniga boshlab keldi va
sassiqpopishakning qayerda yashashini ko‘rsatdi. Lekin
http://eduportal.uz
71
hadeganda qush ko‘rinmadi. Bolalar xiylagina kutishdi.
Keyin zerika boshlashdi.
— Yozda ko‘rgandirsan, — dedi o‘rtoqlaridan biri.
— Ketdik. Hasan bizni aldayapti, — dedi boshqasi.
Hasan oyog‘i kuygan tovuqday tipirchilab:
— Og‘aynilar, biroz sabr qiling. Hozir u inidan chi
-
qib qoladi. O‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz.
Axir men
yolg‘onchi bo‘lib qolmay, — dedi yalinib.
Shu payt zarg‘aldoq shaftoliday olachipor, uzun tum
-
shuq sassiqpopishak allaqayerdan uchib kelib, bo‘g‘ot
-
ga qo‘ndi. Boshidagi chiroyli yig‘ma yelpig‘ichsimon
tojini
darrov yig‘ib olganini hamma ko‘rdi. Sassiqpopishak u
yoq-bu yoqqa bir qarab, bo‘g‘ot kavagiga kirib ketdi.
— Yasha Hasan! Sen ko‘rib, kuzatib aytgan ekan
-
san. Biz senga ishonmay yanglishibmiz.
Bizni kechir, —
deyishdi o‘rtoqlari.
1. Nasiba opa o‘quvchilariga qanday topshiriq berdi?
2. Nima uchun bolalar Abdurahmonning gapidan kulishdi?
3. «Qahraton qishning hujumi» iborasining ma’nosini
izohlang.
http://eduportal.uz