Масъул муҳаррир


O‘QUVCHILARINING YOZMA NUTQINI INSHO YOZISH ORQALI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet580/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   576   577   578   579   580   581   582   583   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
O‘QUVCHILARINING YOZMA NUTQINI INSHO YOZISH ORQALI 
RIVOJLANTIRISH USULLARI
O‘zbekiston Respublikasi. Yangi Nishon shahri. 
5-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi 
Yakubova Zamira Faxriddinovna 
Boshlang‘ich ta‘lim, oliy toifali o‘qituvchi
+998979520326
Annotatsiya: Maqolada umumta’lim maktablari o‘quvchilarining yozma nutqini insho yozish 
orqali rivojlantirish usullari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, muallif o‘quvchining shaxsiy nutqiy 
faoliyatini shakllantirishdagi metodik talablarini aytib o‘tgan. 
Kalit so‘zlar: Nutq, metod, hissiyot, individuallik, epizod, badiiy tasvir, insho, obrazlilik, 
yozma ish, uzluksiz ta’lim, tasavvur, atrof-olam, ko‘nikma, boshlang‘ich ta’lim, og‘zaki matn, 
adabiy til
Nutq fikr bayon qilish vositasi bo‘lib, og‘zaki va yozma, ichki va tashqi nutq kabi shakllari 
mavjud. Nutqning amaliy ahamiyati shundaki, tafakkur nutq yordamida ro‘yobga chiqadi. 
Og‘zaki nutq pauza, urg‘u, intonatsiya va tovushlar orqali borib yetsa, yozma nutq esa harf 
va so‘zlarning ma’lum qonuniyat asosida o‘zaro birikuvi (tinish belgilar, abzas, paragraf) 
orqali borib yetadi. Og‘zaki nutqni eshitamiz, yozma nutqni ko‘ramiz va o‘qiymiz. Yozma 
nutqda savodxonlik va mazmun asosiy o‘rin tutadi. Nutq o‘stirishning metodik sharti nutqiy 
faoliyatning keng tizimini yaratish, ya’ni, birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, 
ikkinchidan, o‘rgangan til vositalaridan foydalanib, o‘z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish 
hisoblanadi. Bola tilni nutqiy faoliyat jarayonida o‘zlashtiradi. Buning o‘zi yetarli emas, chunki 
u nutqni yuzaki o‘zlashtiradi. Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud. Bular:– Adabiy til 
me’yorlarini o‘zlashtirish. Maktab o‘quvchilarini adabiy tilni sodda so‘zlashuv tilidan, sheva 
va jargondan farqlashga o‘rgatadi, adabiy tilning badiiy, ilmiy, so‘zlashuv variantlari bilan tan-
ishtiradi.– Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq malakalarini, ya’ni 
o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish. Bu bilan o‘quvchilar yozma nutqning xususiyatla-
rini, uning og‘zaki-so‘zlashuv nutqdan farqini bilib oladi.– O‘quvchilarning nutq madaniyatini 
takomillashtirish. Til jamiyatdagi eng muhim aloqa vositasidir, mana shu ijtimoiy ahamiyatidan 
kelib chiqib, maktabda o‘quvchilarning nutq madaniyatiga alohida e’tibor beriladi.
Insho qanday turda bo‘lishidan qat’i nazar, og‘zakimi yoki yozmami, o‘zida o‘quvchilarning 
o‘z fikrlarini yaratishga yo‘naltirilgan ishni mujassamlashtiradi. Insho o‘quvchining shaxsiy 
nutqiy faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu ikki yo‘nalishdagi ishni: 
nutqiy faoliyatni takomillashtirish hamda nutqiy ko‘nikmalarning har birini shakllantirishni 
o‘zida mujassamlashtirgan mashqlarning bir ko‘rinishi sanaladi. 
Insho, bu – o‘quvchilarning tabiiy monologik nutqining yanada mukammal bo‘lishiga, nutqiy 
faoliyati tajribasining boyitilishiga qaratilgan mashq turi hisoblanadi. Insho o‘tkazish haqiqiy 
nutqiy faoliyatda mavjud bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni kuzatishni talab qiladi. Nutq har doim 
insonlarga hamroh bo‘ladi. 
Nutq turlarini tasniflashda bayon usuli, tasvir usuli va muhokama usuli alohida farqlanadi. 
Yozma nutqni rvojlantirish bosqichlarida tasvir usulidagi mashqlardan foydalanish samarali 
natijalar beradi.
Inson tashqi qiyofasini tasvirlash. Bunda insonning yuz tuzilishi, qomati, xatti-harakati, o‘zini 
tutishi, o‘ziga xos gavda holati, kiyim-boshi tasvirlanadi. Bunday tasvirning bosh vazifasi inson 
tashqi qiyofasining asosiy jihatlari va xarakterli xususiyatlarini aniqlash hamda uni so‘zlar orqali 
ifodalashdan iborat. Bu jihatlar insonning yurish-turishi, qiliqlari, kasbi va mashg‘uloti, xarakter 
xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Harakat tasviri. Har qanday tasvirdagidek, harakat tasviri ham rasmiy va badiiy bo‘lishi 
mumkin. Rasmiy tasvirda asosiysi aniqlik va mantiqiy ketma-ketlik sanalib, jarayonning barcha 
unsurlarining to‘liq tasviri uchun yetarli bo‘ladi. Badiiy tasvirda esa o‘quvchining hissiyotiga 
ta’sir etish, unda muayyan kayfiyatni tug‘dirish asosiy xususiyat sanaladi. Insonning mehnat 
faoliyatini tasvirlovchi matnlar quyidagi qismlarga bo‘linadi: ishga tayyorlanish, ishning borishi 
va ishning natijasi.Tabiat tasviri. Bunday tasvirli inshoda hikoya qilish uchun istalgan mavzu 


852
10
tanlanishi kerak. Boshlash uchun badiiy asarlardan olingan tabiat tasvirlari o‘qib eshittirilishi 
lozim. Keyin o‘quvchilarga o‘z kuzatishlaridan olingan taassurot bo‘yicha yozish topshiriladi. 
Bunda yordam uchun quyidagi savollar beriladi: Tasvirlanayotgan narsa nimaga o‘xshaydi? U 
nimani eslatadi? U insonda qanday fikr va hissiyotlarni uyg`otadi? Tasvir uncha katta emas, lekin 
yorqin bo‘lishi kerak.
Xulosa qilib aytish mumkinki, insho yozishni o‘rgatish – zamonaviy maktabning dolzarb 
muammolaridan biridir va bu ko‘nikma o‘quvchining kelajakda qaysi soha – xoh fan, xoh 
texnika yoki san’at sohasida bo‘lmasin, madaniyatli kishi sifatida kamol topishi uchun zarurdir. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Zunnunov A. Adabiyot o‘qitish metodikasi. –T.: O‘qituvchi, 1992. 299-b.
2. Husanboyeva Q. Tahlil adabiyotni anglash yo‘li. – T.: Sharq, 2013. 346-b.
3. Nurmonov A, Sobirov.A. Hozirgi O‘zbek adabiy tili. – T.: Ilm ziyo, 2010. 160-b.


853

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   576   577   578   579   580   581   582   583   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish