10
BOSHLANG`ICH SINFLARDA XALQ O‘YINLARI ORQALI SOG‘LOM TURMUSH
TARZINI SHAKLLANTIRISH
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi
43-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
To‘ychiyeva Shahnozaxon Abduqaxxorovna
998994971179
Annotatsiya: Maqolada xalq o‘yinlari o‘quv-tarbiya jarayoniga sog‘lom turmush tarzini
shakllantirishning muhim omili sifatida joriy etilgan bo‘lib, uning samarali usul va vositalari
tahlil qilingan. Shuningdek, muallif darslik hamda adabiyotlarga kiritilmagan, ammo hozirda
hududlarda o‘ynaladigan o‘yinlarni tuzib mashg‘ulotlariga tatbiq qilish bo‘yicha tavsiyalar berib
o‘tgan.
Kalit so‘zlar: O‘quv-tarbiya, jarayoni jismoniy tarbiya, xalq o‘yinlari, sog‘lom turmush tarzi,
vositalar, mashg‘ulotlar, urf-odat.
Respublikamizda ishlab chiqilgan, prezidentimiz tomonidan ilgarisurilgan besh muhum
tashabbuslardan biri sportni ommalashtirish, uni rivojlantirish masalasi sanaladi. Unda har
tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Ta’lim-tarbiya sohasida
jismoniy tarbiya va sport asosiy omillardan biridir. Chunki amaliy mashqlar o‘quvchilarni ham
jismonan, ham ruhan sog‘lom ulg‘aytirishga hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga olib
keladi. Bugungi kunda yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalasi zamonaviy
pedagogik tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishini tashkil etib, mazkur sohada respublikamiz va
xorijiy mamalakatlarda qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Keyingi yillarda jismoniy tarbiya
darslarida, sport mashg‘ulotlarida xalqimizning milliy o‘yinlariga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.
O‘yinlar yosh avlod uchun bu hamma zamonlarda turmush tarzi, hayot omili, uning o‘lchovi
bo‘lib hisoblanadi. O‘yinning mazmuni boyib, shakllari ko‘payib boraveradi. Bugungi bola —
ertangi kunning ijodkoridir.
O‘yin bu ijod, o‘yin bu hayotdir. Sinfda va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda xalq o‘yinlaridan
samarali foydalanish kutilgan natijalarini beradi. Masalan, «Oq terakmi, ko‘k terak», «Arqon
tortish», «Besh tosh», «Xo‘rozlar jangi», «Chillak», «Yong‘oq o‘yini» va shunga o‘xshash xalq
o‘yinlari o‘quvchilarga yaxshi tanish. Ular ushbu o‘yinlarni deyarli barcha sinflarda o‘ynaydilar.
Xalqimiz tomonidan o‘ynalib kelgan o‘yinlarning yangi turlarini topish yoki ma’lum vohaga
oid bo‘lib, muayyan hududlarda o‘ynalmaydigan o‘yinlarni ommalashtirish, ularni targ‘ib etish,
mashg‘ulotlarga tatbiq qilish bu boradagi tadbirlarning mazmunini yanada boyitadi. Jumladan,
«To‘p-tosh», «Anapay», «Tikki», «Otib qochar», «Qotdi», «Ot arava», «Oppon-soppon», «Ot
o‘yini», «Qidirib top», «Janbil», «Danak», «Yong‘oq o‘yini», «Tovus», «G‘isht urish» va
hokazolarni misol keltirish mumkin.
«G‘isht urish» O‘yin tartibi. Bunda 4 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etishi mumkin.
O‘yinda bir g‘ishtning ostiga o‘quvchilar o‘zlariga tegishli bo‘lgan konfet qog‘ozlaridan bittadan
qo‘yadilar. G‘ishtning orqa tomonidan turib, navbatma-navbat qo‘llaridagi toshini uloqtiradilar.
Kimning toshi uzoqqa yetib borsa, o‘sha ishtirokchi toshi joylashgan joyda turib, birinchi bo‘lib
g‘ishtni nishonga oladi. G‘ishtni urib yiqitgan g‘olib konfet qog‘ozlariga ega bo‘ladi. O‘yin shu
tariqa yana boshidan davom etadi. O‘yin istagancha davom ettirilishi mumkin.
O‘yin ahamiyati. O‘quvchilar o‘rtasida murosa, kelishuvchanlik, bir-birining qarorini hurmat
qilish, merganlik, aniq mo‘ljalga olish, saxiylik kabi fazilatlar qaror topadi.
Albatta, bu o‘yinlarni mashg‘ulotlarga qizg‘in tatbiq etish, avvalo, o‘qituvchining mahorati,
tayyorgarligiga bog‘liq. Darsdan oldin o‘qituvchi o‘zining darsdagi o‘rnini aniq his qila olishi,
tasavvur qilishi kerak. Shu bois, darsga tayyorlanishda u nazariy va amaliy jihatlarga, mashg‘ulotni
tashkil qilish uslubiyatiga e’tibor qaratib, bu boradagi muammolarni hal etib olishi darkor.
Bundan tashqari, o‘quvchilarning faoliyatini o‘zaro taqqoslash orqali ularning imkoniyatlariga
baho berish o‘qituvchining o‘zi tomonidan ochiq, oshkora emas, balki o‘ziga xos vositalar
orqali tashkil etilmog‘i kerak. Chunki amaliy harakatlarni a’lo darajada bajargan o‘quvchilarda
boshqalarga nisbatan o‘zini ustun qo‘yish, kuchiga ortiqcha baho berish, manmanlik alomatlari
yuzaga chiqadi. O‘qituvchi shu kabi holatlarni oldindan baholashi va jismoniy imkoniyatlari
849
10
boshqalarnikiga nisbatan ustun o‘quvchilarga odatdagidan ko‘ra nisbatan murakkabroq mashqlarni
yuklashi mumkin.
Xalq o‘yinlari vositasida sog‘lom turmush tarzini yaratish samaradorligi amaliy takrorlash
jarayonlariga uzviy bog‘liq ekanini unutmaslik lozim. Buni quyidagicha tasvirlasak, maqsadga
muvofiq bo‘ladi.Xalq o‘yinlari yoki sport mashqlari yuqoridagi kabi takrorlash bosqichlaridan
o‘tishi, ulardan ko‘zlangan maqsad va natijalarga erishishda qo‘l keladi.
O‘quv-tarbiya jarayonida xalq o‘yinlari sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda asosiy
omildir. Dars va darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga tatbiq etish vositasida
o‘quvchilar o‘rtasida chaqqonlik, ahil-inoqlik, matonat va eng muhimi, qat’iyat, o‘ziga ishonchni
shakllantiradi.
Foydalanilgan adabiyot:
1. «1001 o‘yin» Usmonxujayev T.S., Xujayev F. «Meditsina», 1990-yil.
2. Usmonxo‘jayev T. «O‘zbek milliy o‘yinlari istiqbolining mezonlari». «Ma’rifat» gazetasi.
2002-yil, 14-avgust.
850
Do'stlaringiz bilan baham: |