Масъул муҳаррир


DARSLIK VA UNGA QO‘YILGAN TALABLAR. O‘QISH DARSLIKLARIDAGI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet486/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   482   483   484   485   486   487   488   489   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
DARSLIK VA UNGA QO‘YILGAN TALABLAR. O‘QISH DARSLIKLARIDAGI 
O‘ZIGA XOSLIKLAR.
 Yuldasheva Nilufar Bahodirovna
 Gurlan tuman 17-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
Davlatova Javida Allamberganovna
 Gurlan tuman 17-son maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
+998937595270
Nilufar.yuldasheva@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqola boshlang‘ich sinf darsliklarining o‘ziga xos xususiyatlari,bola 
shaxsining rivojlanishida darsliklarning o‘rni,o‘qish darsliklardagi o‘ziga xoslik, ta’lim jarayo-
nida qo‘llaniladigan mazkur darsliklardagi rang-barangligi o‘quvchilarning mustaqilligi, tirish-
qoqligi, xushmuomalaligi kabi ijobiy fazilatlarini kamol toptirishga yordam berishi aks etgan.
Kalit so‘zlar: darslik, ta’lim, kitob,bilim,o‘qituvchi,o‘quvchi, dars,
Darslik nima? Darslik – bu Davlat ta’lim standarti (DTS) o‘quv dasturi, uslubiyoti va didaktik 
talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, muayyan o‘quv fanining 
mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o‘zlashtirishga qaratilgan hamda 
turdosh ta’lim yo‘nalishlaridan foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr. Darslikni har 
kim ham yarata olmaydi. Buning uchun ya’ni darsliklarni tayyorlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik 
Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o‘rta mahsus ta’lim Vazirligi zimmasida bo‘ladi. 
Pedagogika va xususiy metodika fanlari tizimda darslik masalasi asosiy mavzulardan biri 
sanaladi. Zero, dars jarayoning asosini, bola ilm oladigan manbani darslik deya hech shubhaga 
bormasdan keltirtishimiz mumkin. Darsliklar o‘quvchi yoshiga mos tarzda yaratiladi. Ayniqsa, 
so‘nggi yillarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan darsliklarning turfa xil mavzu-
lari-yu, mavzuga mos rasm va rebuslar o‘quvchining diqqatini to‘liq darajada jalb qila oladi. 
Bunday dizayn esa, o‘quvchi mavzuni tushunishi bilan bir qatorda tasavvur qilishi uchun keng 
imkoniyat yaratadi. Bu borada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish darsliklarini misol ta-
riqasida keltirib o‘tsak, har bir mavzuga mos rasm, va har bir bo‘limdan keyin bo‘lim yuzasi-
dan takrorlash uchun berilgan topshiriqlarning xilma-xilligi, rasmli boshqotirmaslar, rebuslar va 
topishmoqlarni ko‘rishimiz mumkin. Topishmoqlarning javoblari ham oddiy so‘z ya’ni matn 
shaklda emas, balki rasmi berilganligi ham alohida e’tirofga loyiq. Darsliklar bolaning tasav-
vuri bunday oddiy detallardan, rasm, rebus, jadval, chizma kabilardan boyib, fikrlash doirasi 
kengayib borishini inobatga olib yaratilgan. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qish darslarida nafaqat o‘qish ko‘nikmalarini yaratadilar, balki 
bu darslar o‘quvchiing intelektual salohiyatini yanada oshirish, tasavvur dunyosini kengaytirishga 
katta yordam beradi. Bu borada esa o‘qish darlsri uchun yaratilgan darsliklarning o‘rni juda 
muhim. Yuqori sinf o‘quvchilarining darsliklari ham o‘z yosh toifasiga moslab yaratilganligini 
ko‘rishimiz mumkin.Bu, albatta, tushunarli. Ahir, maktab, litsey, kollej o‘quvchilari darslik 
tufayli bilim oladilar. Ayni, vaqtda darslik o‘qituvchilarning bilim berish vositasi hisoblanadi. 
O‘quvchi nimani o‘rganishi, o‘qituvchi nimani o‘rgatishi, pirovard, darslikka borib taqaladi. 
Modomiki shunday ekan, darslikning tuzilishi, mazmuni uning metodik apparati qanday bo‘lishi 
kerak, degan muammo pedagoglar, psixologlar, metodistlarni doimo qiziqtirib kelgan. Darsliklar 
“ Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan 
holda tayyorlanishi kerak. Xususan, darsliklar ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
prinsiplari bo‘lmish: ta’lim bilan tarbiyaning insonparvarligi, demokratik xarakterda ekanligi, 
ta’limning uzluksizligi va uzviyligi, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi to‘g‘risidagi 
prinsiplarga asoslangan bo‘lishi lozim..Bundan tashqari, darslik ta’lim bilan birgalikda tarbiyani 
o‘quvchilar ongiga singdirish lozim. Darslilardagi har bir mavzuda yangi bilim berishdan tashqari, 
tarbiyaviy ahamiyatga ham egaligi nazarda tutiladi. Darsliklardagi savollar va topshiriqlar ta’lim 
konsepsiyasi asosida tuzilgan va metodik nuqtayi nazardan to‘g‘ri joylashtirilgan(kamol toptirish 
maqsadida yoki rasmlar orqali ifodalangan) bo‘lishi lozim. Ular, asosan, quyidagi uch guruhga 
bo‘linadi. Darslikda dasturning barcha talablari aks etishi va asosiy g‘oyalar, xulosalar yaqqol 
ifodalanishi lozim. Darslikni bolalarga moslashtirishda quyidagilarni alohida e’tiborga olishni 
bilish kerak:


700
10
materiallarni darlikka to‘g‘ri taqsimlash;
- o‘quvchilarga beriladigan asta-sekin qiyinlashtirib boorish (tizimga solish);
- o‘quvchilarga tabaqali yondashishni nazarda tutish(topshiriqlarni qiyin yoki osonligiga 
qarab tanlash);
- darsda, uy vazifalarini bajarishda, takrorlashda asosiy va qo‘shimcha materiallarni ajratish;
- darslikdagi savol va topshiriqlarning mo‘ljallangan vaqtga mosligi va o‘quvchilarni qiynab 
qo‘ymasligi;
- darslikning mazmuni (o‘quvchilarni qiziqtirishi, matnlarning g‘oyaviy va estetik jihatlari) 
uni o‘rgatishning metodik tizimga muofiq bo‘lishi;
- darslik tilining osonligi va ravonligi, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun namuna bo‘la 
olishi.
- Darslikning asosiy komponenti uning matnidir. Matnlar asosiy va qo‘shimcha 
materiallardan (murojaat, hujjat,xrestomatiya va hakozolardan) hamda tushuntirishlardan iborat 
bo‘ladi. Darslikni tahlil qilishda uning tuzilishi, mavzularning o‘rni, illyustratsiyalarga boyligi va 
eng muhimi o‘quvchilarga ta’siri hisobga olinishi kerak. 
Mana shu talablar amalga oshirilishi uchun har bir yangi darslikni yaratishning o‘ziga xos 
muammolarini to‘g‘ri hal qilish, darslik o‘quv metodik ishlarining asosi bo‘lishi kerakligini 
nazarda tutish shart. Boshlang‘ich ta’limdao‘qish kitobi darsliklari o‘quvchilarning har tomonlama 
barkamol bo‘lib yetishishlari uchun muhim vosita vazifasini o‘taydi. Bu darsliklar o‘quvchilarning 
dunyoqarashini rivojlantirish, barcha fanlardan olgan bilimlarni umumlashtirish, savodxonlik 
darajasini oshirish, og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, to‘g‘ri talaffuz etish, mustaqil fikrlashga 
o‘rgatishni maqsad qilib qo‘ygan. Bugungi kunda darsliklarga qo‘yilgan talablar ortib bormoqda. 
Darsliklarga pedagogik, psixologik, ilmiy, metodik, ma’naviy –axloqiy, estetik, dizayn, ekologik 
hamda gigiyenik talablar qo‘yiladi. Darsliklarning yaratilishida bu talablarning barchasiga rioya 
qilingan. Natijada sifatli, hammaga manzur darsliklar yaratishga erishilgan
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Boshlang‘ich ta’lim Konsepsiyasi //Boshl. ta’l. jurnali. Toshkent, 1998. №6. 3 - 4 - betlar.
2 . Ishmuhamedov R. va b. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – T. : 2008. 


701

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   482   483   484   485   486   487   488   489   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish