Масъул муҳаррир



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet409/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

“Kalit so‘zlar”. Bunda o‘qituvchi har bir o‘quvchiga oldindan yoki darsning o‘zida o‘nta kalit 
so‘zini yozib beradi va shu so‘zlar yordamida og‘zaki yoki yozma matn tuzdiradi. Yozma matn ham 
o‘quvchi nutqini o‘stirishga omil bo‘la oladi. Keyin har bir o‘quvchining matnini o‘qitdiradi va 
xatolar ustida ishlaydi. Bunda o‘qituvchi har bir o‘quvchining yozgan yoki og‘zaki tuzgan matniga 
alohida e’tibor qaratishi lozim. Shuningdek, dasrlarda ko‘proq o‘quvchi faolligini oshirishga 
qaratilgan samarali o‘yinlardan foydalanish kerak. Bir darsda bir necha o‘yindan emas,natija 
beradigan interfaol metodlardan foydalanish har bir darsning maqsadini amalga oshirishga zamin 
yaratadi. 
Bolaning nutqi kattalarga taqlid qilish, ularni eshitish orqali shakllanadi. Bolada taqlid qilish 
juda kuchli. O‘qituvchi bundan o‘rinli foydalanishi zarur. O‘qituvchining o‘zi odatlangan “tildan” 
adabiy til normalariga o‘tishi lozim. Ya’ni har qanday holatda ham o‘qituvchilar sof adabiy tilda 
gapirish orqali o‘quvchilarning ham nutq madaniyatini shakllantirib boradi. Zero, kelajagimiz 
bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda,uning o‘z fikrlarini aniq bayon eta olishida har birimizning 
o‘rnimiz borligini unutmagan holda ish olib borishimiz darkor. Shundagina biz o‘z maqsadimizga, 
barkomol,ma’nan yuksak yoshlarni tarbiyalashga erisha olamiz. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ahmedova H. O‘qituvchi nutqi madaniyati. (mahruzalar matni), Qo‘qon, 2003.
2. www. Ziyonet. uz
3. www. kitobxon. com


583
10
LIDERLIK PSIXALOGIYASINING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
Rustamova Feruza Baxodirovna
BuxDU “Iqtisodiyot va turizm “ fakulteti I-bosqich talabasi
Buxoro viloyati Buxoro shahri
Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash bashariyatning azaliy orzusi bo‘lib,
ajdodlarimiz yosh avlodlarga ma’rifat va madaniyatni o‘rgatish, ularni komillikka
yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini izlaganlar. Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri”,
“Yaxshi hulqlar”, “Baxt-saodatga erishish haqida” kabi asarlarida sardor, yetakchiga xos
xislatlar haqida yozadi. Ushbu asarlarni mutolla qilar ekanmiz beixtiyor xozirgi zamon liderlik 
psixalogiyasining tushunchasi va zamonaviy mu’ammolari to‘g‘risida fikr yuritish va shu bilan 
birga uni tahlil qilishga kirishamiz.
Avvalambor “lider” atamasiga e’tibor qaratsak.«Lider» so‘zi guruh a’zolariga ta’sir o‘tkazuvchi 
va maqsadga yetaklovchi shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. Lider - o‘z atrofidagi odamlarning
fikri va xulq-atvoriga ijobiy ta’sir o‘tkaza oladigan, maqsadli vazifalarni amalga oshirish 
qobiliyatiga va yuqori shaxsiy mavqega ega bo‘lgan ijtimoiy guruh a’zosi. Psixologik talqin 
bo‘yicha jamoaning rasmiy tizimida yuqori mavqeni egallovchi xodim rahbar hisoblansa,
norasmiy tizimda yuqori mavqeni egallovchi shaxs lider. Bundan kelib chiqqan holda o‘z-o‘zidan 
ma’lum bo‘ladiki lider unig o‘zining guruhi yoki jamoasi tomonidandan belgilanadi. Ya’ni u o‘z 
liderlik faziltlari bilan jamoadoshlarining unga nisbatan suyanch hissini uyg‘ota olishi kerak. 
Dunyodagi ko‘pgina professor va olimlari ‘’Lider” atamasiga juda chiroyli va o‘z manosiga ega 
bo‘lgan fikrlarni berib o‘tgan. Masalan 1-chi baron Tvitsmor - Britaniyalik davlat arbobi, noshir 
va yozuvchi, 1935-1940 yillarda Kanadaning o‘n beshinchi general-gubernatori,”39-qdamlar” 
romanlarning muallifi John Buchan “Haqiqiy liderning vazifasi odamlarga buyuklikni singdirish
emas, balki uni ochishdir, chunki buyuklik allaqachon ularda mavjud” deydi o‘z nutqida.[2] 
Haqiqatdan ham lider odamdagi bor jozibador iqtidorini uning yashirin,hali namoyon etilmagan
fazilatlarini topib unig o‘ziga ko‘rsatgan holda, shu odamning qanchalik go‘zal va komillikka 
yetaklovchi xislatlari borligini unnig o‘ziga va ong ostiga ta’sir qilgan holda ko‘rsata bilishi va bu 
shaxsning o‘ziga bo‘lgan ishonchinni yanada oshira bilishi lozim. 
Ammo hozirda mavzumizga bo‘liq bo‘lgan ayrim ayanchli holatlarga ham duch kelamiz.
To‘g‘riroq qilib aytganda bizning davrimizda bir tomondan liderlar no‘to‘g‘ri tanlanayotgan 
bo‘lsa,ikkinchi tomondan tanlangan ayrim qo‘shtirnoq ichidagi liderlarning masuliyatsizligiyu 
olib borayotgan faoliyati liderlik psixalogiyasining zamonaviy muammosiga aylanmoqda.Misol 
tariqasida oddiy bir o‘quv muassasini tassavur qilsak. barchamizga malumki harbir guruhning o‘z 
lideri(yetakchisi) guruh tomonidan tayinlanishi lozim.Ammo ko‘pincha bu jarayonning qanday 
o‘tgani ayrim hollarda bilinmay qoladi. Yoki aksinch guruhda qandaydir kategoriyalarga asosan 
o‘zaro tabaqalanishlar vujudga keladi va har biri o‘z liderini tanlaydi va guruh jamoatchiligi 
butkul yo‘qolib ketadi. Albatta o‘z-o‘zidan yaqqol ma’lumki keyinchalik guruhda ziddiyatlar va 
kelishmovchiliklar yuzaga keladi.
Keljakda bu kabi hollar hech bir jabhada takrorkanayvermasligi,anashunday jiddiy 
muammolarni oldini olish maqsadida va yoshlar ongiga haqiqiy liderlik tushunchasini 
singdirish,uning asl mohiyatini ochib berish uchun quyidagi takliflar bildiriladi:

Yoshlarda maktabdan boshlab liderlik xususiyatlari va uning masuliyati to‘g‘risida keng 
tarza targ‘ib etish. 

Guruhlarda liderlarni tanlashda erkin holda nomzodlik bildirilib,ixtiyorish bildirilgan 
nomzodlar orasida erkin va ochiq tarzda ovoz berish yo‘li bilan lider saylanishi. 
Dastlab aytilgan fikrlar faqatgina talabalar va o‘quvchilar orasida bo‘lib o‘tadigan liderlik 
psixalogiyasidagi ayrim zamonaviy muammolari tahlil qilindi. Endilikda eng kichik tashkilotlarda 
va hattoki katta kengashlarda ham uchraydigan liderlikda yo‘l qo‘yiladigan bir muncha 
kelishmovchiliklarga ham e’tibor qaratish lozim.Barchamiz bilganimizdek haqiqiy liderlarga xos 
xususiyatlarni quyidagi toifalarga bo‘lish mumkin: 

tashabbuskorlik - faollikning ijodiy namoyon bo‘lishi, g‘oyalar, takliflarni ilgari surish

kirishimlilik - o‘zgalar bilan muloqotga tez kirishish, samimiy bo‘lish, insonlararo 
muloqotga ehtiyoj; 

zehnlilik - voqea-hodisaning mohiyatini tezda anglash, uning sabab va natijasini 


584
10
oldindan ko‘ra bilish, eng muhimini aniqlay olish; 

dadillik - his-tuyg‘u va harakatlarini, ayniqsa, qiyin vaziyatlarda nazorat qila olish; 

faol psixologik ta’sir kuchiga egalik - yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda,
ularning xususiyatidan kelib chiqib, insonlarga turli usullar bilan ta’sir o‘tkaza olish; 
Liderningning asosiy xususiyatlaridan biri - yoshlar orasida “bir qadam oldin”da bo‘lish.
U yangiliklardan doimo xabardor, boshqalar uchun ochiq bo‘lmagan axborotga ega bo‘lishi
kerak. Barcha jabhada yoki sohada axborotga egalik qilish boshqalardan ustun bo‘lish
imkonini beradi. Ayniqsa yoshlar lideri aniq dalil va isbotlar bilan o‘z jamoasida bo‘ladigan katta-
kichik nizolarni hal qilib ichki adovatlarga yakun yasashi shart. Aynan shu holatda guruhning 
liderga nisbatan ishonch ortadi. Ammo shunday holatlar uchrab ham turadiki liderning o‘z faoliyati 
haqida to‘liq ma’lumoti yoki jamoasiga nisbatan jonkuyarlik xissi yoqligi yaqqol ko‘rinib turadi 
va natijada eng zo‘r, faol, qator yutuq va muvofaqiyatlarga erishib kelayotgan guruh ham oddiy 
bir kichik muammolar tufayli yo foydali ish koeffitsienti ma’lum darajada pasayadi yo undanda 
achinarlisi guruh tarqalib ketadi. 
Bu kabi masalaga yuqorida sanab o‘tilgan liderlik fazilatlarini hisobga olgan holda shuni aytish 
mumkunki, asl lider birinchi navbatda bu muammoga real yondashim guruhdagi ziddiyatning 
asl sabablarini o‘rganib chiqadi, o‘z jamoadoshlarining xarakter xususiyatlarini o‘rgangan holda 
har biri bilan nima sababdan va qay tarzda uning tomonidan norozilik bildirayotgani aniqlaydi 
va umumiy xulosaga keladi hamda vaziyatdan kelib chiqqan holda samarali va adolatli chora 
ko‘radi. Shu kabi yoki boshqa murosali liderlik harakatlari jamoadagi ichki va tashqi muhitni 
buzmaydi va faqatgina xodimlar orasidagi ahillikni va tashkilot rivojini yanada oshiradi.
Aytilgan misol, unda ko‘rsatilgan muammo shakli,ushbu muammoni bartaraf etishi mumkin 
bo‘lgan g‘oyani va bu kabi muammolarning ko‘payib borishi yoki umuman vujudga kelishini 
oldini olish uchun quyidagi takliflar beriladi:

Respublikada, kerak bo‘lsa har bir viloyatda “Lidership skill” (yetakchilik maxorati) 
maktablarini tashkil etish.

Odamlar ongida haqiqiy liderlik fazilatlarini uyg‘otish yoki liderlik to‘g‘risida asosiy 
tushunchalarni targ‘ib etish maqsadida badiiy va hujjatli filmlar yaratish yoki shu kabi filmlar 
sonini ko‘paytirish. 
Xulosa
Ushbu muloxazadan kelib chiqqan holda tadqiqotimizda «lider» maxoratidan foydalanishni 
ma’qul deb hisoblaymiz. Shaxsning liderlik imkoniyatini rivojlantirishning zamonaviy 
yondoshuvlaridan biri, insonda shakllangan qobiliyatga suyanishni va shu qobiliyatni imkon
bergan vaziyatda namoyon etilishini taqozo etadi.
Barcha ta’lim tizimida yoshlarning ijodiy iste’dodlarini rivojlantirishga katta e’tibor
qaratish lozim.Yoshlarda liderlik qobiliyati va boshqaruv mahoratini rivojlantirish orqali yuksak
ma’naviyatli yetakchi yoshlarni tarbiyalash, ularni mamlakatimiz taraqqiyoti va uning istiqboli
uchun yo‘naltirish talab etiladi. Bunda yuqorida bildirib o‘tilgan takliflarni amalda ko‘rish lozim.
ADABIYOTLAR
1. Ibrohim Maxmudov. Boshqaruv psixologiyasi. -T.: “YUNAKS-
PRINT”2006 yil. 
2. Dale Carnegie. The leader in you & associates, INC


585

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish