Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH SINF MEHNAT DARSLARIDA IQTISODIY BILIM



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet344/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH SINF MEHNAT DARSLARIDA IQTISODIY BILIM 
TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH
Mo‘minova Shohista 
Namangan viloyati Kosonsoy tumani 
20-sonli umumta’lim maktabi Mehnat fani o‘qituvchisi 
Madaliyeva Robaxon 
Namangan viloyati Kosonsoy tumani 
20-sonli umumta’lim maktabi kutubxonachisi 
Annotatsiya: Maktab davridan boshlab yoshlarni kasbga tayyorlash vazifalari butun ta’lim 
va tarbiya tizimida hamda barcha o‘quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o‘rinda mehnat 
darslari yetakchi rol o‘ynaydi. Mehnat darslarida o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish hamda 
ularni yoshligidan iqtisodiy ko‘nikmalarga moyil qilib tarbiyalash o‘qish jarayonining asosiy 
maqsadlaridan biridir.
Kalit so‘zlar: mehnat, jarayon, qurol, axloqiy tayyorlash, ruhiy tayyorlash, iqtisodiy bilim, 
ishlab chiqarish, tadbirkorlik, muhit, mehnatsevarlik, qobiliyat, material.
Maktabda muntazam mehnat ta’limining boshlang‘ich bosqichi boshlang‘ich sinflarda mehnat 
darslarida va kichik maktab yoshidagi bolalarni qo‘lidan keladigan ijtimoiy foydali ishdir. 
Boshlang‘ich maktabdagi mehnat ta’limining asosiy vazifalari o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga 
axloqiy va ruhiy tayorlash, boshlang‘ich politexnik bilimlar bilan qurollantirish iboratdir. Mehnat 
tarbiyasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar dastlabki kunlaridanoq yosh 
va psixologik jihatdan to‘g‘ri mehnat faoliyatiga jalb qilinadilar. Bolalarni mehnatsevarlik ruhida 
va jamoa bilan ishlashga tarbiyalash jarayonida oddiy yumushlardan, misol uchun sinf xonasining 
ozodaligiga e’tibor berish yoki boshlang‘ich sinflarda guruhlarga bo‘linib, narsalar yasashga 
o‘rgatish samarali natija beradi.
Mehnatga axloqiy tayyorlash deganda bolalarga jamoada ishlash layoqatini, bir-birlariga 
do‘stona yordam berishni, ijodiy tashabbuskorlikni, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish 
qilish, jamoadagi barcha a’zolarga nisbatan hurmat bilan yondashishni va natijalarini to‘g‘ri 
qabul qilishga o‘rgatishdan iboratdir.
O‘quvchilarni mehnat jarayoniga ruhan tayyorlash deganda murakkab, uzoq davom etuvchi 
va ko‘p qirrali jarayon tushuniladi va bu jarayon butun ta’lim-tarbiya tizimiga singib ketgandir. 
Bu jarayon o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lsada, mehnatga axloqiy tayyorlashga juda yaqindir.
Mehnatga ruhiy tayyorlash – ularning yoshi va qiziqishlarini hisobga olib, imkoniyatlaridan 
kelib chiqqan holda ularga mos mehnat faoliyatini tanlash hamda ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirib, 
ushbu faoliyatga nisbatan bilim va ko‘nikmalar hosil qilish jarayonidir . O‘qituvchining vazifasi 
o‘quvchilarga yoshligidan boshlab mehnatning yaxshi tomonlarini singidirishdir. Bolalarni 
mehnatga qobiliyati har bir kishi uchun zarur bo‘lgan vositalarni ishlab chiqarishda qatnashish 
zarurligini anglashlari juda muhimdir.
Mehnat ta’limi bolada va o‘smirda inson mehnatining qadri, uni bajarishda yuzaga keladigan 
muammo va tpo‘siqlar haqida, ushbu mehnat natijasida yaratilgan buyumlar to‘g‘risida, 
ishlab chiqarish muhiti, materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi, moddiy ishlab chiqarish 
iqtisodiyoti haqida tasavvurlar hosil qilishga har tomondan yondashishni talab qiladi. Mehnat 
darslarini tevarak atrofdagi voqea va hodisalarga bog‘lagan holda iqtisodiy tomondan asoslanib 
olib borilishi bolalarda iqtisodiy ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Dars davomida o‘quvchilarga materiallarni isrof qilmaslikka o‘rgatis, ularda ishlab chiqarish 
qobiliyatini shakllantirish maqsadida oddiy mahsulotdan ham yangilik yaratishni o‘rgatish 
ulardagi tadbirkorlik qobiliyatini rivojlantirishda yordam beradi. Bunda ulardagi iqtisodiy 
bilimlarni maktab jamoasi, oila a’zolari hamda mahllaning birgalikdagi harakati yo‘lga qo‘yilsa, 
o‘quvchilarning ko‘rsatgan faoliyati natijasida yaratilgan mahsulot sifati hamda turli ish turlari 
jarayonida mehnat natijalarining unumdorligi keskin o‘sishida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, 
maktabda yoki mahallalarda olib boriladigan tadbirlarda o‘quvchilarning erishilgan yutuqlarini 
namoyish qilish, ular yaratgan buyumlarni maktab muzeylari yoki sinf burchagida namuna 
sifatida saqlash, ota-onalarga sovg‘a sifatida taqdim etish o‘quvchilarda amaliy mehnat qilishda 
ish sifatini yanada oshirish, mehnat unumdorligi va ijobiy natijalarga erishishda samarali ta’sir 


491
10
ko‘rsatadi.
Adabiyotlar:
1. Mehnat va uni o‘qitish metodikasi, Toshkent 2015, B: 6-7.
2. Mehnat va uni o‘qitish metodikasi, O‘quv qo‘llanma, Mavlonova R.A., Sanaqulov.H.R., 
Xodieva.D.P, Toshkent 2007, B: 3-9.


492

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish