Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH SINFDA TA’LIM SAMARADORLIGINI PEDAGOGIK



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH SINFDA TA’LIM SAMARADORLIGINI PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA AMALGA OSHIRISH 
Mo‘ydinova Ma’muraxon To‘lanovna 
Andijon viloyati Asaka tumani 34-umumta’lim maktabining
 boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: maqolada boshlang‘ich sinfda ta’lim samaradorligini oshirishda pedagogik 
texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, boshlang‘ich ta’limdan boshlab o‘quvchilarda 
o‘qish, rivojlantirish, mustaqil faoliyatni amalga oshirish yuzasidan tushunchalar berilgan.
Kalit so‘zlar: pedagogik texnologiya, ma’naviy, ahloqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’rifiy, 
intellektual, o‘zbek modeli, metod, motivatsiya.
Mamlakatimizda umumiy ta’lim, jumladan, boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarni o‘rta 
ta’lim bosqichiga tayyorlash bilan birga ularda o‘qish, mehnat qilish, tashabbus ko‘rsatish, mus-
taqil faoliyatni egallash kabi sifatlarni taraqqiy ettirish kabilar ham amalga oshirilmoqda. Bu 
esa boshlang‘ich ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar asosida ish olib borilishi 
zarurligini taqozo etadi. 
Pedagogik texnologiyalar mohiyatini to‘laqonli anglash uchun mazkur iboraning lug‘aviy 
ma‘nosini tushunib olish taqozo etiladi. «Texnologiya» yunoncha so‘z bo‘lib, “techne” - mahorat, 
san‘at va “logos” - tushuncha, ta‘limot, fan ma‘nosini anglatadi. 
Pedagogik texnologiyalar an‘anaviy ta‘lim shakl va metodlaridan farqli ravishda pedagogik 
faoliyatni oldindan loyihalash, maqsad va vazifalarni aniq belgilash, o‘quvchi, boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilari tomonidan o‘zlashtirilishi nazarda tutilayotgan bilim, ko‘ngikma va malakalar 
darajasini tashxislash, ta‘lim samaradorligini aniqlash va baholash kabi harakatlarning amalga 
oshirilishini taqozo etadi.
Pedagogik faoliyatning maqsadi aniq, puxta, shuningdek, tashxislangan bo‘lishi maqsadga 
muvofiqdir. Bu quyidagi holatlarni vujudga keltiradi: a) shaxsning ma‘naviy-axloqiy sifatlari va 
aqliy salohiyati shunday aniq va ravshan ifodalanadiki, natijada hosil bo‘ladigan intellektual-
axloqiy sifatlarini o‘quvchi yoki o‘quvchining boshqa xislatlaridan farqlay olish imkoniyati 
yaratiladi; b) shaxsning tashxislangan ma‘naviy-axloqiy sifatlari va aqliy salohiyatining 
shakllanadigan darajasini haqqoniy nazorat qilishga yo‘naltirilgan aniq usullarning mavjudligi 
ta‘minlanadi; v) shaxsning avvaldan tashxislangan sifatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan nazorat 
unda hosil bo‘lgan aqliy-axloqiy sifatlar darajasini belgilabgina qolmay, balki pedagogik faoliyat 
samaradorligini ham aniqlaydi; g) tashxislash maqsadi doirasida shaxsning aqliy-axloqiy sifatlari 
darajasini belgilovchi mezonlarning ishlab chiqilishi hamda ularga tayangan holda faoliyat olib 
borish shaxs bilim, ko‘nikma va malakalarining sifatini baholovchi ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladi.
Pedagogik texnologiyalarni ta‘lim amaliyotida qo‘llash bilan birga ularning samaradorligini 
ham baholashga alohida ahamiyat berish kerak. Pedagogik texnologiyalarning samaradorligini 
aniqlash mezonlari pedagogic faoliyatni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad va uning 
natijalanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi. 
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar ta‘limi tizimi amaliyotida yangi pedagogik 
texnologiyalardan tobora kengroq foydalanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham bu borada 
bir qator samarali ishlar olib borilmoqda. Bizning bosh maqsadimiz bo‘lgan o‘zbek modelini 
amalga oshirishda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy, ma‘rifiy yo‘nalishlardagi islohatlarni 
amalga oshirishda demokratik, fuqorolik, jamiyatimizning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi 
erkin shaxs tarbiyasi, uning mustaqil tafakkurini uzluksiz ta‘limning dastlabki bosqichlaridan 
shakllantirib borish fuqorolik jamiyatining asosiy talablaridan biridir. 
O‘sib kelayotgan yosh avlodda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, sog‘lom va 
barkamol naslni tarbiyalab yetishtirish murabbiylarning muhim burchidir. Chunki, mustaqil 
fikrlovchi o‘quvchilargina kelajakda har tomonlama yetuk, barkamol insonlar bo‘lib yetishib, 
mustaqil respublikamizni ilg‘or jahon davlatlari qatoriga olib chiqadilar. Umuman, boshlang‘ich 
sinflarda joriy etiladigan yangi pedagogik texnologiyalar, avvalo, fanlar orasidagi bog‘liqlikni 
ta‘minlash, bolalarni ortiqcha qiyinchiliklardan ozod etish, buning uchun fanlarni integratsiyalash, 
o‘quvchi faliyatini to‘g‘ri izga solish, vaqtdan unumli foydalanish, sinfda va sinfdan tashqari 
vaqtlarda bolalar orasida tashabbuskorlik muhitini yuzaga keltirish, erkin fikrlash, ijodiy izlanish 


489
10
tizimini yaratish kabi qator ishlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Bunda o‘quv omillarini yaratishga asoslangan pedagogik texnologiya o‘qituvchilarning 
o‘quvchilarga muloqot asosida ta‘sir etish yo‘llarini ham o‘z ichiga oladi. Keng tarqalgan metod 
yoki muloqot ta‘sirlari quyidagilardan iborat: ishontirish, isbotli natijalarga asoslanish, bevosita 
hamda bilvosita ta‘sir, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘zaro ta‘sir metodlari.
Pedagogik texnologiyani o‘quv mashg‘ulotlariga faol tadbiq etish hisobiga ta‘lim jarayonining 
rag‘bati (motivatsiyasi) kuchaytirilishi mumkin. Ma‘lumki, tayyor holda olingan bilimlar, 
odatda, ularni amaliyotda qo‘llashni qiyinlashtiradi, bu ayniqsa, aniq biror buyumni tayyorlashda 
namoyon bo‘ladi. Shuning uchun bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishda o‘quvchilarning 
bevosita faoliyat ko‘rsatishlari talab etiladi. Bu muammoning yechimi boshqaruvga asoslangan 
pedagogik texnologiyaning qo‘llanishi bilan bog‘liqdir.
Xulosa qilganimizda, ta‘lim–tarbiya jarayoni har bir o‘qituvchi va pedagogdan katta aql-
zakovat, sabr-matonat, o‘quvchilarga va o‘z kasbiga yuksak mehr-muhabbatli bo‘lishni talab 
etadi. O‘qituvchining doimo izlanuvchan, bilim va tajribasini orttirib boruvchan bo‘lishi, 
o‘quvchilarni chuqur tushunish, ularning ichki dunyosini payqay olishi, o‘sish va rivojlanish 
darajalarini nazorat qilib borishi va zarur paytda so‘z, ish yoxud amaliy harakat bilan yordam 
bera olish qobiliyati ta‘lim va tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini ta‘minlovchi omillardir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. N.X.Avliyoqulov, N.Musayeva Pedagogik texnologiyalar. Toshkent-2008y.
2. N.X.Avliyoqulov Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari. Toshkent-2001y.
3. R.Ishmuhamedov, M Yuldashev. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.-
T.: “Nihol nashriyoti, 2013 yil 


490

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish