Assembler va avtokod tushunchasi.
Har qanday dasturlash tillari o‘z sintaksisi va imlosi jihatidan shu tilning ko‘rgazmaligi va
o‘rganishda soddaligini belgilasa-da, ikkinchi tomondan shu tilga mos kompilyatorni qurishda
o‘ziga xos qiyinchilikni keltirib chiqaradi.
Masalan, Pascal, Delphi, Visual Basic va shunga o‘xshash yuqori darajali tillarni o‘rganish
va unda dastur tuzish quyi darajali til hisoblangan assembler dasturlash tilidan ko‘ra ancha oson
va qulay bo‘lsa-da ammo kompilyatsiyalash jarayoni assemblerda boshqalaridan ko‘ra juda ham
qulay va silliq kechadi. Shuningdek, assembler tilida tuzilgan va kompilyatsiya qilingan dastur-
faylning o‘lchami ham boshqalariga qaraganda juda kichik hajmni egallaydi.
Ammo assembler tilida dastur tuzish oson ish emas. Unda dasturchi tomonidan foydalanilayo-
tgan xotira modelidan tortib operatsion sistema turi va mikroprotsessor qurilmasining razryadlilik
darajasigacha to‘liq e’tiborga olinadi. Shu nuqtayi nazardan assemblerda tuzilgan dasturlarni kom-
pilyatsiya qilish uchun TASM (Turbo Assembler), MASM (Macro Assembler), WASM (Watcom
Assembler), FASM (Flat Assembler), NASM (Netwide Assembler) va shu singari bir nechtaas-
sembler-transilyatorlar ishlatiladi.
Ta’rif Quyi darajali til (assembler)da yozilgan dasturlarni obyekli kodga (avtokodga) tarjima
483
10
qilish jarayoni assemblerlash deb ataladi, bu jarayonni amalga oshiruvchi transilyator esa assem-
bler deb yuritiladi.
Endi biroz umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, transilyator – biror algoritmik tilda boshlang‘ich
modulni unga mos obyektli modulga o‘tkazadi.
Obyekli modul esa o‘z tarkibida mikroprotsessor buyruqlari ketma-ketligini va bog‘lanishlar
muharriri uchun kerakli ma’lumotlarni saqlaydi.
Ta’kidlash joizki, har bir transilyator faqat ma’lum bir algoritmik tilni tarjima qila oladi va u ho-
sil qilgan obyektli modul faqat muayyan guruh mikroprotsessorlari uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Ta’rif Bir guruhdagi mikroprotsessorlarga vos obyektli kodni boshqa bir guruh mikroprotses-
sorlariga mos keluvchi kodga almashtirib berish jarayoniga emulyatsiyalash jarayoni deyiladi. Bu
jarayonni amalga oshiruvchi transilyator esa emulyator deb ataladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Джордейн Р. справочник программиста ПК типа IBM PC, XT и АТ.-М.: Финансы
статистика, 1992. Стр. 283-295.
2. Бек Л. Введение в системное программирование.-М.:Мир, 1998.
3. Брежнев А.М системное программное обеспечение. Конспект лекций. Северодонецк,
1995. (Elektron varifnti)
4. http://khpi-iip.mipk.kharkiv.edu/librarv/sp sayt materiali/
5. http://wasm/ru. Инструменты: Компиляторы.
6. http://hi-tech/nsys.by. Введение в машинный код.
7. http://liramita.narod.ru/index/html. сравнение ассемблерных трансляторов.
484
Do'stlaringiz bilan baham: |