Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH SINFDA O‘QITISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet307/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH SINFDA O‘QITISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN 
FOYDALANISH USULLARI VA ULARNI TATBIQ ETISH
Jalilova Lobarxon Yusubaliyevna
Abdullayeva Yulduzxon Qosimjonovna
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani 
21-umumta’lim maktabi boshang‘ich sinf o‘qituvchilari
Telefon: +998999352768
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinfda o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari, zamonaviy 
innovatsion texnologiyalar asosida darslarni tashkil etishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida 
fikr yuritiladi. Ularni tatbiq qilish usullari ko‘rsatib o‘tiladi.
Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich ta’lim, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, innovatsiya, ijodkorlik, 
demokratik uslub, metodlar.
Ma’lumki, ta’lim o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati hisoblanadi. 
Darslar mobaynida o‘qituvchilar o‘z bilimi, malakasini turli usullar: mashg‘ulotlar, topshiriqlar 
vositasida yetkazishga harakat qiladi. Bu jarayonda nafaqat o‘qituvchidan, balki o‘quvchidan 
ham o‘z ustida ishlash: ma’lumotlarni qabul qilish, ularni qayta ishlash va hayotga tatbiq qilish 
kabi vazifalar belgilanadi.
Ta’lim-tarbiyaning maqsadi o‘qituvchi o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq o‘rinli foydalana 
olishi, malaka va ko‘nikma hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, zamonaviy 
texnologiyalar asosida bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davr haqida ma’lumotlar yetkazish 
va milliy g‘oya sharqona tarbiya va ma’naviyatini boyitish hamda ularni o‘quvchi ongiga 
singdirish, yetkazib berish bilan belgilanadi. Bu maqsad vazifalar boshlang‘ich sinf o‘qitish 
davrida, ayniqsa kuchli talab qilinadi. Chunki bu davrda bola o‘zining tub mohiyati va vazifasini 
anglab yetmaydi, balki shunchaki hamma maktabga borishi kerak deb o‘ylaydi. Ammo ma’lum 
vaqt o‘tgach ya’ni vazifalar ko‘payib boravergach bu aqliy mehnat ekanligini anglab boradi 
va shu vaqtda uning o‘qishdan ko‘ngli soviydi hamda unda umidsizlik uyg‘onadi. O‘qituvchi 
esa bunday holatning oldini olish uchun o‘quvchiga ta’limning o‘yindan farqi va o‘ziga xos 
qiziqarliligi haqida tushunchalar berishi va uni shu faoliyatga tayyorlashi zarur. O‘qituvchi dars 
mobaynida o‘quvchiga shunday muhit yaratishi kerakki, o‘quvchi mustaqil topshiriq olganida, 
o‘zini tengdoshlari orasida lideri deb his qilsin. Bu jarayonda o‘qituvchidan o‘quvchilarga bo‘lgan 
munosabatidan demokratik uslubdan foydalanishini lozim ko‘ramiz. Zero, bu uslub bolalarni 
birlashtiradi. O‘z-o‘zini boshqarishga, o‘z xatti-harakatini o‘zi nazorat qilishga o‘rgatadi. Har 
bir ishga mas’uliyat bilan yondashish hissi shu yoshdagi bolalar bilan demokratik muomala 
munosabati asosida shakllanadi. Bu muomala munosabatida ilg‘or pedagogik va yangi axborot 
texnologiyalarini tatbiq qilish muhimdir.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv 
jarayoniga qo‘llash kundan-kunga oshmoqda. Avvalo, shuni ta’kidlash joizki, interfaol metodlar 
va zamonaviy axborot texnologiyalari o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina 
qolmay, ilm-fan va AKT yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan 
shaxs tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni shu davrgacha an’anaviy ta’limda 
o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga yo‘naltirgan bo‘lsa, endilikda bu ma’lumotlarni 
mustaqil tarzda qidirib topish, o‘rganish, tahlil qilish va xulosalash ko‘nikmalari shakllantiriladi. 
O‘qituvchi esa bu jarayonda o‘quvchining ta’lim-tarbiyasiga sharoit yaratadi va bevosita uni 
boshqaradi, yo‘naltiradi.
Hozirgi vaqtda ta’limda “Aqliy hujum”, “Tarmoqlar” metodlari, “Sinkveyn”, “Beshinchisi 
ortiqcha”, “Bumerang”, “Bahs-munozara”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Venn” diagrammasi 
kabi zamonaviy texnologiyalar keng qo‘llanmoqda. Bundan tashqari, axborotlashtirilgan 
multimediali ta’lim texnologiyalarini boshlang‘ich ta’limga joriy etish orqali o‘tiladigan fanlar 
mazmunini o‘quvchilar ongiga to‘liq singdirib borish, innovatsion vositalar bilan tanishtirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Multimedia darslar o‘quv jarayonini ko‘rgazmali olib borishda 
ko‘maklashadi. Zero, ta’limda ko‘rgazmalilik asosiy o‘rinlardandir. Bundan tashqari, o‘quvchi 
faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi, mashg‘ulotlarni jonli va muloqot tarzida olib borishga 
imkon beradi. Bu esa o‘quvchida o‘ziga bo‘lgan ishonchni, tezkor fikrlashni va ijodkorlikni 


434
10
shakllantiradi. Shuningdek, ta’lim mazmuniga tegishli materiallarni kompyuter xotirasida saqlab, 
ularni o‘quvchilarga xohlagan vaqtda yetkazish imkoniyati bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda 
multimedia usulida axborotning xilma-xilligi: matn, lavha, bezak, nutq, musiqa, videofilmlardan 
parchalar, telekadrlar, animatsiyalar ta’lim samaradorligini oshiradi. Bundan kelib chiqib o‘z 
tajribalarim asosida dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta’lim berishga 
oid fikrlarni bayon etaman. 
«Videotopishmoq» metodi. Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar 
amalga oshiriladi: o‘quvchilar e’tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga 
yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi. O‘quvchilar har bir lavhada 
qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi; jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi; 
o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi. Mazkur metod asosida mavzuga 
doir kompyuter orqali videolavha namoyish etiladi. O‘quvchilar videolavha mavzusi, unda 
ifodalangan mavzu haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirishadi
Yuqorida aytilganidek, boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta’limiy o‘yinlardan, 
zamonaviy AKT dan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish bilan birga ularni 
darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi va 
ta’lim-tarbiya sifatini kafolatlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Sayidaxmedov N.Pedagogik amaliyotga yangi texnologiyalarni qo‘llash namunalari 
.-T.:RTM,2000. 
2. G‘ulomova M.X.,Sobirova N.K.Yangi innovatsion texnologiya yordamida ta’lim 
samaradorligini oshirish usullari // Innovatsiya o‘quv jarayonida (tezislar to‘plami).-T.:2009.


435

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish