Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Isroilova Shoxista Sobirjonovna Namangan viloyati
Pop tumani 1-maktab o‘qituvchisi 99 9776772
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘yinli texnologiyalardan
foydalangan holda noan’anaviy dars o‘tish uslublari haqida yoritilgan.O‘yinli texnologiyalarga
namunalar berilib, izohlangan.
Kalit so‘zlar: O‘yinli tеxnologiyalar, o‘yin funksiyalari, nazariy aspеkt, o‘yin tuzilmasi, 
pеdagogik o‘yin, tadbirkorlik o‘yinlari, sotsial-psixologik muammolar. Psixologlarning 
ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mеxanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, 
hayotda o‘z o‘rnini barqaror qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning 
fundamеntal ehtiyojlariga tayanadi.
Boshlang‘ich ta’limda integratsiyalash bola dunyoni bilishi va tasavvur qilishda bir tomonlama 
emas, balki har tomonlama rivojlanishga erishiladi. CHunki bola dunyoga matematik, biolig, 
sportchi, rassom, so‘z ustasi, kashfiyotchi, usta, chevar ko‘zi bilan qarashni o‘rganadi. Dunyoni 
yaratish, uni bir butunligiga tasavvur qilishni tushunadi. Bunga albatta dars orasida o‘yin 
faoliyatidan foydalanishi yaxshi natija berib, bolani ruhan tetiklashtiradi. 
Bizga o‘yin turlari ma’lum, ulardan o‘z vaqtida va oqilona foydalanish o‘qituvchining 
mahoratiga bog‘liq.
Masalan, “Sanash o‘yini” orqali bolani xotirasi mustahkamlanadi, tez fikrlaydi. O‘yinda 1, 2, 
4 o‘z o‘rnida aytiladi, faqat 3- o‘rniga olma, 5- o‘riniga esa qaldirg‘och deyish kerak. Agar bola 
so‘z o‘rniga raqam aytib yuborsa (4, 5 deb) o‘yindan chiqib turadi. SHunday qilib o‘yin oxirida 
qolgan o‘quvchi g‘olib hisoblanadi va rag‘batlantiriladi. 
“Gullar terish” o‘yinida stol ustiga qog‘ozdan yasalgan gullar qo‘yib qo‘yiladi, har bir 
guruhdan o‘quvchilar chiqib, gulni oladi va gulni orqasiga yozilgan misolni ishlashi, savolga javob
berishi kerak bo‘ladi. Qaysi guruhdan 5 daqiqa ichida ko‘p gul to‘plashsa, g‘olib hisoblanadilar, 
gullarni hisobchi hisoblaydi.Didaktik o‘yin texnologiyalaridan foydalanish: Maktabga ilk qadam 
qo‘ygan bolalarni o‘qish jarayoniga qiziqishlarini oshirish murakkab hisoblanadi. SHu bois 
ham mashg‘ulotlarni didaktik o‘yin texnologiyalari bilan boyitib borish ham o‘quvchilarni 
darsga bo‘lgan qiziqishlarini ortiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Darslarda foydalaniladigan 
didaktik o‘yin texnalogiyalari o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish darslik va 
qo‘shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, 
ularni ongli ravishda kasbga yo‘llash didaktik o‘yin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni 
bartaraf etishda mo‘ljalni to‘g‘ri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, to‘g‘ri xulosa yasashga 
zamin tayyorlaydi. Didaktik o‘yin texnologiyalari ta’lim – tarbiya jarayoniga didaktik o‘yinli 
dars shaklida qo‘llaniladi. Didaktik o‘yinli darslar o‘quvchilarning bilim olish faoliyati, o‘yin 
faoliyati bilan uyg‘unligi, mazmuni va mohiyatiga ko‘ra syujetli – rolli o‘yinlar, konferensiyalar 
va o‘yin mashqlarga ajratiladi. Har bir didaktik o‘yinli darslarning didaktik maqsadi, o‘ziga xos 
xususiyatlari ta’lim tarbiya jarayonida tutgan o‘rni, mazmuni ishlab – chiqilib, amaliyotga joriy 
etilgan.
Boshlang‘ich sinflarda ayniqsa o‘qish darslarida didaktik o‘yin texnologiyalaridan foydalanish, 
o‘tilayotgan mavzuni bolani ongida muhrlanib qolishi uchun muhim vosita bo‘lib xizmat 
qiladi. CHunki bola biror ertak yoki hikoyadagi hodisa va voqealarni o‘zi ishtirokida tasavvur 
qilsa, mavzuni tushinishi ham osonlashadi. Masalan, hayvonlar haqida biror ertakni olaylik, 
o‘quvchilarga ertakni o‘qib berish va o‘qitish orqali darsni yakunlash mumkin, lekin ertakni 
sahnalashtirish, unda bolalarni o‘zlarini ishtirok ettirish yanada qiziqroq bo‘ladi. Buning uchun 
bolalar ertak uchun hayvonlar niqobini o‘zlari tikishlari, yasash ishlarini bajarishlari mumkin 
bo‘ladi. Demak, bola ertakni o‘qiydi, unga tayyorlanish uchun hayvonlar ovozini o‘xshatadi, 
rollarga kiradi, rasmlar chizadilar, badiy mehnat bilan shug‘ullanadilar, umuman olganda mustaqil 
ijod qiladilar. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki integratsiyalashgan, eng qiziqarli dars tashkil etiladi. 
Xo‘sh, bunday darslar qanday samara berishini ta’savvur qiling!
Shunday qilib, boshlang‘ich sinf mashg‘ulotlarini integratsiyalash jarayonida didaktik 
o‘yin texnologiyasidan foydalanish yuqori samara berishi aniq. Ta’lim –tarbiya jarayonini 
integratsiyalash te’nologiyasini ishlab chiqishda, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish 


432
10
o‘quvchilarning bilim va tahsil olishga bo‘lgan qiziqishlarini ortiradi, bilish faoliyatini oshiradi, 
ta’lim-tarbiya jarayoninig yuqori darajada bo‘lishiga imkon yaratadi.
Adabiyotlar:
1. N.S.Saydaxmetov. Pedagogik texnologiya taxlil, ta’rif, mulohaza. «Ma’rifat» gazetasi, 
1998 yil, 24-iyun.
2. M.Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. Qarshi, «Nasaf», 2000 y.
3.Йўлдошев Ж., Усмонов С. Педагогик технология асослари.- Т.: “Ўқитувчи” 2004.


433

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish