10
KADRLARGA E’TIBOR – KELAJAKKA E’TIBOR
Ismailov Ergash Ulug‘bekovich
“O‘ZTEMIRYO‘LMASHTA’MIR” unitar korxonasi
Bosh konstruktorlar bo‘limi muhandis konstruktori
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim tizimini takomillashtirishda yetuk mutaxassislar tayy-
orlashning o‘rni haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: ta’lim-tarbiya, qobiliyatli yoshlar, yetuk mutaxassis, salohiyat, imkoniyat,
taraqqiyot, kelajak,
Fan va texnika olami rivojlangani sayin har bir mamlakatning yetuk salohiyatlarga ega bo‘lgan
kadrlarga talab va ehtiyoji to‘xtovsiz ravishda oshib bormoqda. Har bir taraqqiyot jarayonida
bo‘lgani kabi rivojlanishlarning salbiy tamonlari ham mutloq yo‘q emas. Yurtimiz mentaliteti-
dan uzoqlashmagan holda komil kelajak avlodni voyaga yetkazish “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”ning asosiy maqsad va vazifalaridan biridir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o‘z nutqida
“Hozirgi vaqtda davlat va hokimiyat idoralari ko‘p hollarda kadrlar salohiyatidan foydalanish,
ularning vazifa va vakolatlari taqsimoti oqilona va samarali yo‘lga qo‘yilmagani sezilmoqda.
Eng yomoni, bu holat ishimizga halaqit bermoqda. Bir idorani qarasangiz, yuzlab odam nomiga
ishlab o‘tiribdi. Boshqa idorani qarasangiz, ish ko‘p, vazifa ko‘p, lekin ishlaydigan odam, kadr
yetishmaydi”, deya ta’kidlaydi. Shu sababli hozirda kadrlarni yetuk darajali qilib tayyorlashga
katta e’tibor qaratilmoqda, mamlakatimizda bilimli va qobiliyatli yoshlarning yuzaga chiqishi,
o‘z mehnat va say-harakatlari bilan davlatimiz ravnaqiga hissalarini qo‘shishlariga barcha im-
koniyatlar yaratilmoqda. Buni ta’lim-tarbiya sohasiga qaratilgan e’tibordan ham bilishimiz mum-
kin. Kundan kunga ta’lim tizimining takomillashib borishi ba’zi nuqson va kamchiliklarning
oldini olinishi, ta’lim tizimidagi muammolarning o‘z yechimlarini topilishiga imkon yaratmoqda.
Ta’lim sohasini esa, tarbiyadan ayro tasavvur qilish qiyin. Ta’lim va tarbiyaning birgalikda ta-
komillashuvi, barkamol avlodning yuqori cho‘qqilarni zabt etishi uchun imkoniyatlar manbayi
bo‘lib xizmat qiladi. Ayni paytda talqin qilinuvchi mavzu mazmuni yurtimiz qaldirg‘ochlari
bo‘lmish talabalarning, nafaqat mamlakatimizda ish yurituvchi yetuk mutaxassis, balki xalqaro
darajadagi salohiyatlarga ega va ma’nan barkamol kadrlar tayyorlashga qaratilgan.
Ta’lim muassasasiga o‘z qiziqishlari asosida mehnat qilib o‘qishga kirgan har bir talabaning
ishtiyoqi va maqsadlari osmon qadar. Ko‘plab ta’lim tizimlari o‘qishga kirgan tolibi ilmlarni turli
usullarda guruhlarga taqsimlaydi, bu jarayon bilim va o‘zlashtirish darajasi, shu bilan birga talaba
xohishlariga nomutanosib ravishda olib borilishi ehtimoldan holi emas. Quyidagi keltirilgan fikrlar
esa bularga yechim bo‘la olishi mumkin. Pedagogika sohasiga nazar tashlasak, qiziqish bu eng
kuchli yo‘naltiruvchi kuchdir, ammo imkoniyatlarning hisobga olinishi ham zarur. Talabalarning
berilgan materialni o‘zlashtirish tezligi shubxasiz bir biridan farq qiladi. Ularning barchasiga
bir xilda dars o‘tish esa, qiziqishlar so‘nishiga va natija kutulganidek samara bermasligiga
sabab bo‘lishi mumkin. Talabalarning ma’lum muddat davomida imkoniyatlari baholangandan
so‘nggina kichik guruhlarga bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim berish jarayoni esa, guruh
holatidan(bilim va o‘zlashtirish darajasidan) kelib chiqqan holda tanlanishi lozim. Shuni ham
nazarda tutish zarurki, guruhlarning bir kun davomida mutaxassisliklari bo‘yicha o‘zlashtirgan
bilimlari bir-birinikidan kam bo‘lmasligi zarur. Dars davomiyligi o‘zlashtirish darjasiga muvofiq
bo‘lib, tez o‘zlashtiruvchi guruhlar mutaxassislik fanlardan tashqari qiziqishlaridan kelib chiqib
boshqa fanlarni o‘rganishlariga, shu jumladan, ta’lim berish hududida til o‘rganishlariga imkon
yaratilishi foydadan holi emas. Masalaning asosiy jihatlaridan biri shundaki, ta’lim muassasasiga
qadam qo‘ygan barcha talabalarga belgilangan vaqt davomida dars boshlanishi va talabalarning
barchasi bir vaqtda ta’lim muassasasini tark etishlari talab etiladi. Belgilangan kunlik o‘qish vaqti
mutaxassislik darslaridan tashqari paytda bilim olishlari erkin, ammo ularning vaqtdan unumli
foydalanishlari qat’iy nazorat ostiga olinishi zarur. Bu jarayonda mutaxassislik bo‘yicha barcha
talabalar kuchli bilimga ega bo‘lishi va shu bilan birga o‘z qiziqishlarini yuzaga chiqarishlariga
imkon yaratilishi bu mavzumizdan ko‘zlangan asosiy maqsaddir.
Bir narsa aniqki, ta’lim tizimiga doir bu fikrlarning hayotga tadbiq etilishi nisbatan ko‘proq vaqt
va mablag‘ talab etadi. Shu bilan birga sayharakatlar natijasini ko‘rish bir muncha muddat talab
etadi. Yuqorida ko‘zlangan maqsadlarimizning ijobiy tomoni shundaki, talabalar mutaxassisliklari
429
10
bo‘yicha barchasi birdek yetuk bilimga, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishadi, ammo guruhlar,
til bilish imkoniyatlari bo‘yicha bir biridan farq qiladi. Buning foydali tomoni shundaki, o‘qishni
bitkazgan har bir talaba o‘z imkoniyat va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, xalqaro toifadagi
mutaxassis bo‘lib yetishadi va nainki mamlakatimiz hududida. balki mamlakatimizdan tashqari
davlatlarda ham o‘z faoliyatlarini bemalol olib boradilar. Bu orqali yosh kadrlarimiz yurtimizni
dunyoga tanitadilar. O‘zlashtirgan bilim va tajribalarini o‘z yurtimizda tadbiq etadilar. O‘z
o‘zidan ko‘rinib turibdiki bunday ta’lim tizimi vatanimiz taraqqiyoti uchun xizmat qiladi va uni
yana bir pog‘ona o‘sishiga zamin yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 18-dekabr kuni
oʻtkazilgan zamonaviy kadrlarga boʻlgan ehtiyojni toʻldirish, bilimli yoshlarni strategik sohalarga
jalb etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishdagi nutqi.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
3.Ta’lim to‘g‘risidagi qonun
430
Do'stlaringiz bilan baham: |