10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING OG‘ZAKI VA YOZMA NUTQINI
O‘STIRIRISHDA BADIIY ADABIYOTNI O‘QITISHNING O‘RNI
Isaqova Muqaddamxon Abdumalikovna
Andijon viloyati Asaka tuman
26-umumta’lim maktabining Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Abdurahimova Ma’muraxon
Andijon viloyati Asaka tuman
26-umumta’lim maktabining Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlashda badiiy so‘zning tutgan
o‘rin, bolalar bilan ishlashda xalq ertaklari, she’r, hikoyalar, bolalar adabiyotining qiziqarli
mazmuni, badiiy obrazlarining go‘zalliga, tilning ifodaliligi, she’riy so‘zlarning musiqaviyligi
bilan bolalarda nutqni rivojlantirishi haqida fikr yuritamiz.
Kalit so‘zlar: badiiy adabiyot, hikoya, nutq madaniyati, kitob, qiziqarli, so‘z boyligi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvisining faoliyati faqat darslarini o‘tish bilan cheklanmaydi, uning
vazifasiga “Ifodali o‘qish”,“Yosh adabiyotchilar” to‘garaklarini tashkil etish hamda tanlovlarni
tayyorlash va o‘tkazish, o‘quvchilarning nutq madaniyatini nazorat qilish, badiiy adabiyotlarni
o‘qish va ularni uyushtirish, bolalar va qo‘g‘irchoq teatri ishini yo‘lga qo‘yish kabi tadbirlar ham
kiradi. Nutq madaniyatini shakllantirish ishlari o‘quvchilarga, maktab jamoalariga, ota-onalarga,
jamoatchilikka o‘zining nutq, muloqot madaniyati bilan ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir. Bu ishlar
faqat dars faoliyatida (she’r aytishda, ifodali o‘qishda) pedagogik mahoratni egallashnigina emas,
balki o‘quvchilarning nutq faoliyatini boshqara olishini ham taqozo etadi.
Badiiy adabiyotning qimmati bolaning har bir jihatdan o‘sishiga ta’sir ko‘rsatishidadir. Badiiy
adabiyot bolaga jonajon o‘lka tabiatining kishilarning mehnati va hayotini, ularning qilayotgan ishlari
va ko‘rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqyealar, bolalarning o‘yinlari,
ermaklari va qilayotgan mehnatlarini himoya qilib beradi. Kishilarning ichki dunyosini yoritib, ularning
xarakterlari, his-tuyg‘ulari, xatti-harakatlarini, shuningdek, tasvirlangan hodisalarga yozuvchining
munosabatini ko‘rsatib, badiiy adabiyot asarlari bolani hayajonlanishga, asar qahramonlariga
achinishga yoki ularni qoralashga majbur qiladi. Eng yaxshi badiiy adabiyot asarlari bolalarda biror
narsaga yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz, to‘g‘ri-noto‘g‘ri deb, o‘zlariga xos bir yordam beradi. Bolalar
kitobning qiziqarli mazmuni do‘stlik, halollik, mehnatsevarlik, o‘rtoqlik namunalarini ko‘rsatadi.
O‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘qituvchi
darsda o‘quvchilarda badiiy asarni o‘qish, yod olish, ifodali so‘zlash malakalarini o‘stirish orqali
ularning grammatik qoidalarni, so‘z san’atining qonuniyatlarini egallab olishlariga erishadi,
adabiy nutqlarini rivoj topdiradi. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini taraqqiy
ettirish adabiyot o‘qitishning sifatiga bog‘liq. Shu bilan birga, nutq madaniyatini rivojlantirish
darsda leksik mashqlar, qayta hikoyalash, bayon, insho kabi mashg‘ulotlarni uyushtirib turishni
talab qiladi. Darsliklarda berilgan badiiy asarlar, she’rlarni bolalarga yodlatish va ularni ifodali
o‘qishga o‘rgatish ulardagi lug‘at boyligini oshirishga yordam beradi. Misol uchun 4-sinf o‘qish
darsligida berilgan Tursunboy Adashboyevning:
“Qish ayozi tobida, Qor erinmay bo‘ralar. Shox-shabba orasidan Ovchi sergak mo‘ralar.”
Qish asari, yoxud Mirkarim Osimning “Kitobga ixlos” hikoyasida keltirilgan “– Mayli, sizning
aytganingiz bo‘lsin. Bu yerda qolsam, bir kun meni chaqirib oyog‘imga bolta uradurlar. Men
erkin o‘ylab, erkin yashashga o‘rganib qolganman. Menga oq fotiha bering, safar otini egarlab
yo‘lga chiqay. Siz ham tinch bo‘ling, men ham.” jumlalari bolalarda ta’lim-tarbiya ko‘nikmalarini,
befarq bo‘lmaslikni va turli vaziyatlarda muloqot qilish madaniyati va so‘z boyliklarini oshirishda
samarali xizmat qiladi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Qodirova F., Qodirova M. Bolalar nutqini o‘stirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent –
2006 yil.
2. O‘qish kitobi, Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik, Toshkent 2017.
3. O‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirishda innovatsion texnologiyadan foydalanish,
ХX международная научно-практическая интернет-конференция.
426
Do'stlaringiz bilan baham: |