Масъул муҳаррир


ABU RAYXON BERUNIY QOMUSIY OLIM



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
ABU RAYXON BERUNIY QOMUSIY OLIM
Ibadullayeva Fazilat 
Qo‘shko‘pir tumani 11-son maktabning kimyo fani o‘qituvchisi 
Annotatsiya. Ushbu maqolada qomusiy olim Beruniyning ilm fanga qo;shgan hissasi aytib 
o‘tilgan. Muhim asarlari, qilgan kashfiyotlari keltirilgan.
Kalit so‘zlar; fan, falakiyot, riyoziyot,tadqiqot, Eduard Zaxau, Paul Kale, Ferdinand 
Vyustenfelds,meneral, geologiya.
O‘rta Osiyodan insoniyat tamadduni taraqqiyotiga ulkan xissa qo‘shgan ensiklopedist olimlar, 
mutafakkirlar, davlat arboblari etishib chiqqan. Aniq tabiiy fanlarga xissa qo‘shgan olimlardan biri 
bu Abu Rayxon Beruniydir. U 973 yilda qadimgi Kat xozirgi Beruniy shaxrida tug‘ilgan. Ulug‘ 
o‘zbek mutafakkir olimi o‘rta asrlarning buyuk daxolaridandir. U falakiyot, fizika, riyoziyot, 
madanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qo‘shgan xissasi bilan uning 
nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan o‘rin oldi. 
Uning qalamiga mansub yuzlab noyob asarlar ichida bizning davrimizgacha saqlanib o‘z 
bebaxo axamiyatini yo‘qotmay bugungi avlod uchun o‘rganish manbai bo‘lib kelayotgan asarlari 
juda ko‘p. Bular jumlasiga: “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “ Xorazmning mashxur 
kishilari”, “Saydana”, “Hindiston”, “Ma’sud qonuni”, ”Mineralogiya”, ”Astronomiya kaliti”, 
“Ibn Sino bilan yozishmalar”, ”Foydali savollar va to‘g‘ri javoblar” singari kitoblarini kiritish 
mumkin. Beruniy asarlarida ko‘p asrlardan buyon sharq-u g‘arbda keng tarqalgan bo‘lib ular 
yuksak qadr topgan.
Beruniyning 152 kitob va risolalaridan 28 asarigina bizgacha etib kelgan. Beruniy 
madaniyat va ilm fanning keng tarqalishiga katta e’tibor bergan. Beruniyning asarlari sharq 
madaniyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. So‘ngi asrlarda arab, fors tillarida yozilgan 
Bayxaqiyning(Istoriya Masuda), SHahrizo‘riy Kiftiy, YOqut Xamaviyning (Mujam ul udabo) 
, Tabriziy, Suyutiy, Qavziniy Tusiy, Muxammad ibn Mansur al-Allomiy, al-Xurosoniylarning 
asarlarida Beruniy xaqida malumotlar keltirilgan. Abul Fazl Bayhaqiy shunday yozgandi: Ustoz 
Abu Rayxon Beruniy narsalar mohiyatini tushunishda, geometriya va falsafada shunday bilimdon 
ediki, uning zamonida unga teng keladigan boshqa kishi bo‘lmagan- deb unga yuksak baxo 
bergan.
Abu Rayxon Beruniyning qator asarlari bo‘yicha mamlakatda va chet ellarda katta ilmiy
izlanishlar olib borilgan va bu jarayon hozir xam davom etmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 
Beruniy asarlarini o‘rganish XX- asrda Berlin universiteti proffessori Eduard Zaxau
tomonidan boshlab berilgan. U Beruniyning “ Osor-ul boqiya” (Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar) kitobini 2 tomda 1867-1878- yillarda “SHarq xalqlari xronologiyasi “ nomi 
bilan Germaniyaning Laynsig shahrida nashr qildirgan. Tarjima va tadqiqotlar jarayonida u
matematika va astronomiyaga oid tarjimalarda Ferdinand Vyustenfelds yordami bilan amalga
oshirgan. XX-asr boshlariga kelib Zaxauning shogirdi fizika professori Eylxard Vidman
islom ilm fani va madaniyati tarixida Beruniyning tutgan o‘rnini o‘rganib uning 17 ta asarini
nemis tiliga tarjima qiladi. Vidman astronomik olim Karl SHoy bilan birgalikda “Qonuniy-qal 
Masudiy” asari ustida ishladi va “Beruniyning trigonometrik teoremasi” nomli kitob yozdi.
Ushbu kitob YUlius Ruska va Xaynrix Vilaytner tomonidan 1927-yilda Xannoverda 12 
bob va 108 bet xajmda nashr qilindi. 30- yillarga kelib Paul Kale olimga tegishli asarlarni 
o‘rganish maqsadida “Al-Beruniy” nomidagi tadqiqot markazini ochdi. Ushbu markazning 
ochilishi olimning asarlari ustida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning yanada kuchayishiga 
sabab bo‘ldi. 1930-1940- yillarda Leningrad ( xozirgi Sank- Peterburg) da Beruniy markazi 
o‘z ishini boshladi va 1950-yillarda Beruniy nomli maqolalar to‘plami nashrdan chiqdi.
Amerikalik fan tarixchisi Sarton XI asrni “Beruniy asri” deb tariflab, uning faoliyatiga 
xaqqoniy baxo bergan. Beruniy ilmiy masalalarda xam, tarixiy voqea xodisalarda xam, o‘z 
zamondoshlariga baxo berganda xam o‘ta xolislik va xaqqoniylik bilan fikr yuritgan. SHu 
bois xam u xayotda ko‘p aziyatlar chekkan. Xatto umrining oxirida turmush qiyinchiliklariga 
duchor bo‘lgan, ammo xar qanday og‘ir sharoitga qaramasdan e’tiqodidan qaytmagan uning o‘z 
ma’naviy idealiga naqadar sodiq bo‘lganidan dalolat beradi.
Abu Rayxon Beruniyning ilmiy me’rosi barcha davrda kadrlanib urganilib kelmokda. 


421
10
Uning yaratgan asarlari bugun xam urganilib ilmiy jixatdan tadkik etilib kelinmokda. U Ulug‘ 
mutafakkir, o‘rta asrlarning buyuk daxosidir. Uning buyukligi ilm fanga qo‘shgan beqiyos ilmiy 
merosidadir. Uning asarlari butun dunyoga ma’lum va mashhur. Biz shunday buyuk siymolarning 
avlodi ekanligimizdan faxrlanamiz va ularning munosib izdoshlari bo‘lishga xarakat qilamiz.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki Beruniy ilm fanning deyarli barcha soxalari bilan shug‘ullangan 
va jaxonshumul tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan yirik kashfiyotlar qilgan qomusiy olim edi. U 
kashf qilgan yangiliklarni ichida ”geologiya soxasi qatlamlarning vujudga kelish nazaryasini”, 
”Menerallarning solishtirma og‘irligini”, ”Er sharining o‘z o‘qi atrofida aylanishini”, ”Dengizlar 
nazaryasini” tabiy fanlar nazaryasida muhim deyshimiz mumkin. Beruniy tibbiyot sohasiga 
oid ”Saydana” asarida o‘simlik, hayvonot, madanlardan tayyorlanadigan 1000 dan ortiq dorivor 
moddalarni ta’riflab bergan. Shunday ekan biz Beruniy bobomizni buyuk tarixchi, kimyogar, 
fizik, matematik,dorishunos deb atashimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. М.Матниёзов. Хоразм ва Хоразмликлар тарих кўзгусида.Урганч- 2011, 32б
2. Аҳмедов Б. Ўзбекистоннинг атоқли тарихшунос олимлар. Чўлон, Т-2003
3. Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари. Ўқитувчи, Т-2001


422

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish