Масъул муҳаррир



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOLA VA MULTFILM
Nilufar G‘ulomova 
Namangan davlat universiteti Pedagogika fakulteti 4-bosqich talabasi 
Tel: (97) 258 96 06 Sadoyingman9606@mail.ru
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi texnologiya asrida chet davlatlar media mahsulotlari, 
xususan, multiplikatsion soxa namunalarining yosh avlod psixikasiga ta’siri va uning oqibatlari 
xususida fikrlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: “Men” obrazi, ong, ong osti, affekt.
Farzand yaratgan egam tomonidan berilgan eng oliy ne’matdir. Qolaversa, eng qimmatli 
omonat. Bolaning qanday unib o‘sishi, kamol topishi bevosita ota-ona zimmasidagi eng yuksak 
vazifadir. Farzand tarbiyasidagi elementar jihatlar ham ulkan muammolarga sabab bo‘lishi 
mumkin. Shulardan biri sifatida multfilmlarni fikrimiz markaziga olsak.
Multfilmlar bola ongining rivojlanishida birlamchi vositalardan biri. Chunki bolaning hayot 
haqidagi tasavvurlari, zehni, tasviriy xotirasi aynan multfilmlar orqali shakllanadi. Multfilm 
bolaning eng yaqin do‘sti sifatida hayotdagi obrazlarni shakllatiradi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi; 
Ota – onalar farzandlaringizga multfilmlarni to‘g‘ri tanlayabsizlarmi?
Bola 4-5 yoshlarda qanday mavzuda, qanday ko‘rinishda multfilm ko‘rishni hali bilmaydi. 
Ularni faqat multfilmdagi tezkorlik, ranglar, tasvirlar ketma-ketligi o‘ziga jalb qiladi. O‘z 
o‘rnida bola multfilmdagi bosh qahramon(hoh salbiy, hoh ijobiy) ga o‘zi sezmagan holda taqlid 
qila boshlaydi. Bolalar o‘rtasida “Men chaqmoq makfiman”, ‘’Men Kungfu pandaman’’ kabi 
iboralarni ba’zan eshitib qolamiz. Ular uchun u mashina yoki hayvon ekanligi ahamiyatsiz, 
muhimi bosh qahramon siymosi. Bola hali multfilmdagi obrazlarni yaxshi anglay bilmasada
lekin undagi ‘’imidj’’ni o‘zida tasavvur qila boshlaydi. Ularda ‘’Men’’ obrazi shakllana 
boshlaydi. Shuning uchun bolalarga multfilm tanlayotganimizda shu jihatlarga e’tibor berishimiz 
maqsadga muvofiq. Shu o‘rinda, 2018-yilgi statistika bo‘yicha ‘’Kungfu Panda’’, ‘’Masha 
va ayiq’’, ‘’ Senimi, shoshmay tur’’,’’Sichqon va mushuk’’ kabi multfilmlar bola psixikasiga 
salbiy ta’sir etuvchi multfilmlar qatorida yuqori o‘rinlarni egallagan. Mashaning kurakda 
turmaydigan qiliqlari, o‘jarligi har qanday sharoitda ham uning aytgani bo‘lavergani kabi 
sahnalar bolada hudbinlik, manmanlik, qizg‘onchiqlik kabi salbiy hususiyatlarni shakllanishiga 
zamin yaratib qolishi mumkin; panda va uning jamoasi tig‘li qurollar bilan jang qilishi; bo‘ri 
va quyon o‘rtasidagi murosasiz kelishmovchiliklar; mushuk va sichqonning doimiy kurashi (bir 
sahnasi bor mushuk bir kitobni yirtib maydalaydi) kabi sahna ko‘rinishlari bolaning endigina 
shakllanib kelayotgan ongi uchun ‘’ko‘rinmas zarbalar’’ni berishi ko‘rsatib o‘tilgan. Inson ongi 
shu qadar cheksiz yaratilganki, undan har narsani topish mumkin. Faqat barchasi Zigmund 
Freyd aytganidek ong ostida yashiringan bo‘ladi. Ong ostimizni ong nazorat qilib turadi. Bola 
yoshligidan barcha ko‘rganlarini avtomatik tarzda ong ostiga yig‘ib boradi. Vaqtlar kelib affektiv 
holatlar yuzaga kelsa, qaysidir salbiy sahna ong ostidan otilib chiqadi. Affekt shunday holatki, 
inson o‘zini boshqara olmaydi, ongimiz bunga javob bermaydi. Natija ayanchli oqibatlarga olib 
kelishi mumkin. Shunday ekan ko‘zimizning quvonchi bo‘lgan farzandlarimiz uchun eng sara 
mahsulotlarni ilinaylik. 
Xalqimiz shunday bir ‘’O‘zbekona tarbiya maktabi’’ni yaratganki, undan har jabhada 
namuna olsang arziydi. Bu asrlar davomida sayqallanib kelmoqda. Lekin bugungi kunda 
ko‘pchiligimiz farzandlarimizni ‘’jim bo‘lishi’’ uchun istalgan multfilmlarni ko‘rishga ruxsat 
beryabmiz. Bilmaymizki, bolani biz emas, endi uning qadrdon multfilmlari tarbiyalayotgan 
bo‘ladi . Ma’lumki, bola hayoti davomida oladigan ma’lumotlarning 1/3 qismini 5 yoshgacha 
olib bo‘ladi. Bu davrda bolaning diqqati barqaror bo‘lmasada, xotirasi birmuncha rivojlanish 
bosqichida bo‘ladi, yangi ma’lumotlarni tez analiz va sintez qila boshlaydi. E’tibor bergan 
bo‘lsangiz bolalar 4-5 yoshlarda tevarak olam haqida judayam ko‘p savol beradi. Bunga sabab 
o‘zini o‘rab turgan borliq bilan ilk tanishuv davri bo‘ladi. Ba’zan biz ota-onalar ularga to‘liq 
javob bera olmaymiz. Bolalar esa tomosha qilayotgan multfilmlari orqali o‘z savollariga javob 
topadilar. Shunday ekan, bu davrda farzandlarimiz uchun yetarli vaqt ajratsak va o‘zimiz uchun 
‘’yordamchi’’ bo‘lgan multfilmlarni to‘g‘ri tanlay bilsak, farzandimiz kelajagi biz orzu qilgandek 
bo‘ladi. Axir “Nimani eksang, shuni olasan’’deya bejiz aytmagan dono xalqimiz.


406
10
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, biz bolalarni multfilmlardan butunlay mahrum qilish 
kerak, degan fikrdan butunlay yiroqmiz, aksincha shunday multfilmlar borki, ular bolalarga 
dunyoqarashning shakllanishida juda foydali bo‘ladi. Qolaversa, ularni ertalabdan kechgacha 
multfilm tomosha qilishlari kerak degan fikrdan ham yiroqmiz, ularga eng yaqin do‘st kitob 
ekanligini tushuntirish barobarida ajoyib ertaklar o‘qib berish, ba’zi chet el multfilmlaridan voz 
kechib, o‘z urf-odatlarimizga, milliyligimizga to‘g‘ri keladigan mahsulotlarni bolalarimizga 
tanlay bilishimiz zarur. Ayniqsa, hozirgi pandemiya sharoitida barchamizning farzandlarimiz 
uyda qolmoqdalar. Ularning vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun bilim olishlari, dam olishlari 
shuningdek, kitob mutolaasi va multfilm tomoshalari vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qilish ota-onalarning 
muhim ishlari qatorida bo‘lishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. F.I Xaydarov, N.I.Xalilova ”Umumiy psixologiya” Toshkent- 2017.
2. ”Psixoanaliz haqida beshta ma‘ruza” Muharrir nashriyoti kutubxonasi Toshkent-2019.


407

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish