10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARIDA BOLANING NUTQI
VA LUG‘AT BOYLIGINI O‘STIRISH, IMLOVIY SAVODXONLIGINI TARKIB
TOPTIRISH
G‘affarova Nodira Hamraqul qizi
Denov tumani 6-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.
Xusanova Xadicha Mamarajabovna
Uzun tumani 53 -maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon:+99899-036-87-91
Erkinbek7717@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarining vazifalari, o‘quvchilarning
nutqi va lug‘at boyligini o‘stirish, imloviy savodxonligini tarkib toptirish usullari haqida yoritib
ko‘rsatilgan.
Kalit so‘zlar: Og‘zaki va yozma nutq, grammatika, analiz, sintez, abstraktlashtirish,
taqqoslash, so‘z yasalishi, fonetika, leksika.
,,Bolaning ongi va tafakkuri shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining
mahorati, uning ilg‘or va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarni ta’lim jarayoniga
mohirona tatbiq eta olishi, ta’limning yangi-yangi yo‘l va usullarini izlashi va ulardan ijodiy
foydalana olishi juda muhim”
Sh.M.Mirziyoyev.
Mamlakatimiz kelajagi bugun maktablarda ta’lim- tarbiya olayotgan farzandlarimizga, ularning
har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo‘lib yetishishiga bog‘liq.Bu mas’uliyatli vazifani
bajarish hozirgi zamon o‘qituvchisi, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan o‘z kasbiy
mahoratlarini oshirib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar mohiyatini anglash va ulardan o‘z
darslarida unumli foydalanishni taqozo etadi. Boshlang‘ich sinfda ona tili ta’limi bolalarning
tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish,erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglay olish, o‘z
fikrini og‘zaki va yozma bayon eta olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish kabi
ko‘nikma va malakalarga xizmat qiladi.Bundan tashqari to‘g‘ri talaffuzga, til ma’nolarini to‘g‘ri
anglashga, husnixat bilan savodli yozishga o‘rgatadi.O‘quvchilarni o‘ylashga, izlanishga, xulosalar
chiqarishga undaydi, ona tiliga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi.
Maktablarda ona tilini o‘rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida
davlatimizning maktab oldiga qo‘ygan vazifasiga moslangan.Bu vazifalar ko‘p qirrali bo‘lib,ularni
bajarish o‘quvchilar ongini o‘stirishga, ularga g‘oyaviy-siyosiy,axloqiy, estetik va mehnat
tarbiyasini berishga yo‘naltirilgan.
Ona tilini o‘rgatish natijasida o‘quvchilarda o‘z fikrini grammatik to‘g‘ri, uslubiy aniq,
mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to‘g‘ri yoza olish ko‘nikmalari
shakllantiriladi. Bu vazifa o‘quv predmeti sifatida o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib,
o‘quvchini shaxs sifatida shakllantirishga yo‘naltirilgan umumta’lim vazifalari bilan bog‘liq
holda amalga oshiriladi.
Ona tili fanida beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va yozma
nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi [fonetik va grafik] so‘zlarning o‘zgarishi va gapda
so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi [grammatik, ya’ni morfologik va sintaktik] so‘zning morfemik
tarkibi va so‘z yasalishi usullari haqidagi [so‘z yasalishiga doir] so‘zlarning leksik-semantik
guruhi haqidagi [leksikologik] o‘zbek tilining to‘g‘ri yozuv tamoyillari va tinish belgilarining
ishlatilishi haqidagi [orfografik va punktuatsion] bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar, birinchidan,
grammatik, fonetik, so‘z yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan, grafik, orfografik,
punktuatsion qoidalarda namoyon bo‘ladi.Bundan tashqari o‘zbek tili kursi fonetik, grafik,
morfologik, sintaktik va boshqa ko‘nikma va malakalarni ham o‘z ichiga oladi.
Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarga ’’Tovushlar va harflar’’, ’’Bo‘g‘in’’,
’’So‘zning ma’nosi’’, [’’Shaxs va narsani bildirgan so‘zlar’’, ’’Belgini bildirgan so‘zlar’’,
’’Harakatni bildirgan so‘zlar’’, ’’Sanoq va tartibni bildirgan so‘zlar’’] ’’Nutq va gap’’ kabi
bo‘limlar asosida tilga oid elementar bilimlar beriladi. Bundan, asosan, grammatik tushunchalarni
amaliy o‘rgatishga e’tibor qaratiladi. O‘quvchi mashq matnini o‘qish va yozish jarayonida
408
10
grammatik tushuncha va qoidalarni amaliy bajarib boradi hamda keying sinflarda bu ish turi
tushunchalarni nazariy o‘rganishga zamin yaratadi.
Ona tili darslarida asosiy diqqat bolaning nutq va lug‘at boyligini o‘stirish, imloviy
savodxoligini tarkib toptirish, ya’ni to‘g‘ri o‘qish va yozish hamda husnixat ko‘nikmalarini
shakllantirishga qaratiladi. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning til materiallarini
oson o‘zlashtirishlarini, grammatik tahlilni sodda, aniq yo‘llar bilan amalga oshirishlari va ijodiy
fikrlashga o‘rgatish maqsadida turli jadval, rebus va boshqotirmalardan foydalanilgan.
Xulosa qilib aytganda,har bir yosh avlod vakilasi ona tili fanini o‘zlashtishi juda muhim.Chunki
xalqimizda ,,o‘z ona tilini bilmagan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan,
kelajagi yo‘q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi’’,deb juda to‘g‘ri aytishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Safarova R.G ,Abdullayeva B.S.Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi-Toshkent.2019
2. U.Masharipova,M. Umarova,D. Boynazarova. Metodik qo‘llanma. - Toshkent. 2019
3. http://www.pv.uz
409
Do'stlaringiz bilan baham: |