10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH
USULLARI
Fayzullayeva Gulnoz Nurullayevna
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani
15 - maktab boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagogik innovatsiyalarni amalda qo‘llash orqali o‘qituvchining
haqiqiy o‘qituvchilik faoliyatiga o‘tishi, o‘quvchilarning bilimlarni o‘rganish, oson, maqsadga tez
yetadigan va samarali yo‘l-yo‘riqlar, usullarni to‘g‘ri tanlab ko‘rsatish va amalda samarali qo‘llash
zarurligi haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: Pedagogik innovatsiya, pedagogik taraqqiyot, milliy pedagokika, yangi
pedagogik texnologiya, pedagogik diagnostika.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik
va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan kunga ortib
bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri shu vaqtgacha an’anaviy tizimda o‘quvchilarni tayyor
bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni mustaqil fikrlashga,
xulosa chiqarishga o‘rgatadi, mantiqiy tafakkurni rivojlantiradi.
Bugungi kuni ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish o‘zining
ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda. Avvallari o‘qib, yoddan aytib berish, faqat o‘qituvchi aytgan
narsalarni eslab qolish va qayta takrorlab aytib berish ko‘nikmalari bugun o‘zini oqlamayapti.
Hozirgi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qiziquvchanligi kun sayin ortib bormoqdaki, bu
o‘qituvchining zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.
Ta’lim jarayonida pedagogik innovatsion texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga
bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan
biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan
bo‘lsa, zamonaviy pedagogik innovatsion texnologiyalarda esa, ularni egallayotgan bilimlarni
o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni o‘zlari keltirib
chiqarishlariga o‘rgatadi. Pedagogik innovatsiyada «yangi» tushunchasi markaziy o‘rin tutadi.
Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va subyektiv yangilikka qiziqish uyg‘otadi.
Ilmiy yo‘nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. Bunday pedagogik
hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
- o‘quvchining dars davomida befarq bo‘lmasligi, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga
undash;
- o‘quv jarayonida o‘quvchilarning qiziqishlari doimiy ravishda bo‘lishini ta’minlanishi;
- o‘quvchilarning har bir masalaga ijodiy yondashishlarini ta’minlash;
- pedagog va o‘quvchining doimiy ravishda hamkorlikda faoliyatining tashkillanishi.
Quyida boshlang‘ich ta’lim darslarida qo‘llaniladigan metodlardan namunalar keltiraman.
“Bumerang” texnologiyasi. Dars davomida o‘quvchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan
yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda o‘zaro suhbat munozara orqali, turli savollar,
tarqatma materiallar va undagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganini nazorat qilish. Dars
davomida o‘quvchilar tomonidan baho ballarini egallashga imkoniyat yaratish.
“Blits - o‘yin” texnologiyasi. Ushbu texnologiya o‘quvchilarni harakatlar ketma-ketligini
to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan predmeti
asosida ko‘p, xilma-xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga
qaratilgan. Ushbu texnologiyani qo‘llash davomida o‘quvchilar o‘zlarining mustaqil fikrlarini
boshqalarga o‘tkaza oladilar, chunki bu texnologiya
shunga to‘liq sharoit yaratib beradi. Boshlang‘ich ta’limda innovatsion texnologiyalardan
foydalanish uchun mavzuni chuqur o‘rganish, uni qaysi metod asosida tashkil etilsa samara
berishini aniqlagan holda darsning rejasi va loyihasini tuzib olish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
“Kapalak usulida o‘qituvchi matnni o‘qiy boshlaydi va ziyrak o‘quvchi matnni (kapalak uchib
yurgandek) qolgan joyidan davom ettiradi. O‘yin shu tariqa davom etadi.
“Boshqotirma”. Bu usulda o‘quvchilar berilgan savollarga javob berish orqali yangi mavzu
nomi kelib chiqadi.
“Axbarot uzatish”. Biror mavzu bo‘yicha har bir o‘quvchi o‘z bilganini aytadi. Masalan: “Sayr”
401
10
mavzusida o‘qituvchi “Men sayrga borish uchun suv olaman” desa, 1-o‘quvchi “Men esa suv, non
olib boraman”, deydi, 2-o‘quvchi esa “Men suv, non va tuz olibboraman “, deydi va o‘yin shu
tariqa davom etadi. Keyin xulosa yasaladi.
“Ko‘chma bozor”. Bu usul matematika darslarida yaxshi natija beradi. Chunki bu xaridor va
sotuvchidan iborat bo‘lib, o‘quvchilarning o‘z bilimlarini namoyish etadigan yarmarkasidir.
O‘quvchilar ta’lim-tarbiyasida yuqori samaradorlikka erishish uchun o‘qituvchi o‘z ustida
ishlashi, sinf o‘quvchilarini ahil jamoaga aylantira olishi, eng samarali metodlarni aniqlashi va
mavzuga mosini o‘z o‘rnida qo‘llay olishi, o‘quvchilarni bilim olishga ishtiyoqini kuchaytirishi
kerak bo‘ladi.
Zamonaviy o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion usullardan foydalana bilishi va
amalga oshira olishi lozim. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va
interaktiv metodlar o‘quvchilarni mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga, erkin fikrlashga,
mustaqil qaror qabul qilish, hissiyotlarini boshqara olish, tanqidiy va ijodiy fikr yuritishning
rivojlanishiga zamin yaratadi.
Har bir o‘qtuvchining izlanishi, o‘z ustida ishlashi ilg‘or pedagogik tehnalogiyalarni
o‘zlashtirishi va ta’lim jarayonida qo‘llashi ta’lim samaradorligini oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ishmuhammedov R, Abduqorirov A, Pardayev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar
(ta’lim muassasalari tarbiyachi-o‘qituvchilari va guruh rahbarlari uchun amaliy tavsiyalar) -T.:
Iste’dod, 2010 yil
2. N.N.Azizxo‘jaeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent, Yozuvchi
nashriyoti, 2006.
3. R.Mavlonova, N.X.Raxmonqulova. Boshlang‘ich ta’limda innovastiya. Metodik qo‘llanma,
TDPU, 2007.
402
Do'stlaringiz bilan baham: |