PEDAGOGIKA
2015, 4-son
58
jamiyatdagi yutuqlari, uning faqat o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlari, odatlari,
fikrlashlari, hissiyotlarini sinchkovlik bilan kuzatadi.
5. Kichik omadsiz shkalasi yuzasidan 14% natija aniqlandi. Ushbu shkala
ota-onaning o‘z farzandini tushunish xususiyatlarini ko‘rsatadi. Bizning
sinaluvchilarimizda esa ota-ona bolasining qobiliyat va imkoniyatlarini cheklab
qo‘yadi. Ota-ona bolani o‘z yoshiga nisbatan kichkina ko‘radi. Farzandining
qiziqishlari, fikrlari, hissiyotlari ota-ona uchun yosh bolacha va ahamiyatga loyiq
emas bo‘lib tuyuladi. Bunday munosabat oqibatida, farzand omadsiz, tashqi
kuchlar ta’siriga moyil bo‘lib yetishadi. Ota-ona farzandiga ishonmaydi va uni
omadsizligi va hech narsaga erisholmasligini aytib asabiga tegadi. Bu bilan ota-
ona farzandini hayot qiyinchiliklaridan himoyalashga urinadi va uning
harakatlarini qattiq nazorat qilyapman deb hisoblaydi.
Tadqiqot natijalarga ko‘ra, ushbu ko‘rinishdagi tarbiya tiplari o‘smirda
hayotdagi arzimagan qiyinchiliklar oldida ikkilanib qolish, o‘z maqsadidan
qaytish, o‘ziga past baho berib, mavjud kognitiv imkoniyatlardan to‘liq
foydalana olmaslik, o‘z ustida ishlash, mustaqil harakat qilish imkoniyatlarining
cheklanib qolishi, o‘zini tengqurlaridan ortda qolayotgandek, kamsitilgandek his
etish kabilarga olib keladi. Bolada muvaffaqiyatga intilish motivlari susayib,
muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivlari, qo‘rquv holatlari kuchayib boradi.
Bu, albatta, ota-onalarning tarbiya jarayonida bolani ko‘p tanqid qilishi,
kichik kamchiligini bo‘rttirib ko‘rsatishi, kamdan-kam holatda rag‘batlantirishi,
o‘smir shaxsini kamsitishi, uning oldiga haddan ortiq katta talablar qo‘yishi,
boshqalar bilan solishtirishi, xatolarini har doim eslatib turishi va ularga
ishonchsizlik bildirib, mustaqil harakat qilish va fikr bildirish erkinligini
cheklashlari oqibatidir.
Demak, ota-onalarning bola bilan ijobiy emotsional munosabat
o‘rnatmaganligi, bolaga bo‘lgan ishonchsizlik, uni qo‘llab-quvvatlamaslik,
bolaning shaxsini tan olmaslik, asoslanmagan cheklovlar va doimiy jismoniy
jazolash bolaning o‘z kuchiga ishonmaslik hissini ko‘paytiradi, imkoniyatlarini
namoyon etishida to‘siqlarni paydo qiladi, bu esa yuqori darajadagi turli xil
qo‘rquvlarning kelib chiqishiga olib keladi. Ota-onalarning yuqori darajada
avtoritar yondashuvi bolaning mustaqilligi va erkini bo‘g‘ib qo‘yadi, oqibatda
turli xil ko‘rinishdagi qo‘rquv, turli xil asabiy buzilishlar, past o‘zlashtirish,
shaxslararo munosabatlardagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |