Har bir muammo ma’lum mantiqiy bog’lanishga asoslangan bo’ladi.Shuning uchun muommoli vaziyatlar
o’quvchilarning hatolaridan kelib chiqishi mumkin,bu xatolarni o’ziga xos eng sodda sofizm deb qarasa bo’ladi.
Sofizmlarni tahlil qilish-fikr va nutqning ochiq va aniqligi uchun kurash,tafakkurning tanqidiy bo’lishini
tarbiyalovchi logikaning asosiy qonunlarini anglatish uchun kurash,xodisalarga baho berishga ob’ektiv va har
tomonlama yaqinlashishdan iboratdir.Eng sodda sofizmlarni matematika kursini o’rganishning dastlabki paytlaridan
boshlab kiritish mumkin.Bir necha arifmetik va algebraic misol keltiramiz.
1.Sofizm.”10=8” (“aralash amalllar tartibi” qoidasini noto’g’ri ishlatish) .
2+3*2 ifodasini ikki usul bilan bajaramiz:
a)
2+3*2=(2+3)*2=10 (amallarni bajarish tartibida bajaramiz).
b)
2+3*2=2+6=8 (oldin II bosqich amalni,so’ngra I bosqich amalni bajaramiz ).
2. Sofizm. “14=18” (gruppalash qonunini noto’g’ri ishlatish).
2+4*3 ifodani hisoblaymiz:
a). 2+4*3= 2+12=14 (amallar tartibi qoidasi bo’yicha).
b). 2+4*3=(2+4)*3=6*3=18 Gruppalash qonunini qo’shish uchun ham,ko’paytirish uchun ham o’rinlidir,demak,bu erda
uni qo’llash mumkin,chunki hisoblanayotgan ifoda qo’shish va ko’paytirish amalidir. 2+4 gruppani ularning yig’indisi
bilan amashtiramiz. Ikkala hisoblash ham to’g’ri,demak, 14=18.
3. Sofizm.”2*2=5” (nolga bo’lish).
4*(2-2)=5*(2-2). Bu to’g’ri! Ikkala qismini 2-2 ga bo’lamiz va 4=5, ya’ni 2*2=5 chiqadi.
4.Sofizm. “2*2=2” (amallar tartibi qoidasini noto’g’ri ishlatish).
8-5+1 ifodasini hisoblaymiz. Oldin ayiramiz, so’ngra qo’shamiz javobi 4 bo’ladi. Endi oldin qo’shamiz so’ngra
ayiramiz, javob 2 bo’ladi. Bu bir xil ifoda bo’lgani uchun 4=2, ya’ni 2*2=2!
5.Sofizm. “2*2=1”. (noto’g’ri yozuv).
=1=4. Tengliklar zanjirining oxirgi ikki qatorini olib , 2*2=1 ni hosil qilamiz.
6.Sofizm. Termometr ertalab -20
0
ni ko’rsatdi
. Kunduz kuni yana sovuqroq bo’ldi.Temperatura 5
0
ga pastga
tushdi.Natijada juda issiq bo’ldi.Buni isbotlaylaymiz: -20
0
-5
0
=+25
0
(“qoida”:ikkita minus plyus bo’ladi!).
7.Sofizm.”Har qanday son-tub son ”.
Haqiqatdan ham,1 ga va o’z-o’ziga bo’linadigan son –tub sondir.Har qanday son esa 1 ga va o’z-o’ziga bo’linadi,
demak hamma solar tub sondir.
8.Sofizm.”36=125” (Xato darajalarni ko’paytirish qoidasini ishlatishdadir).
2
2
*3
2
=4*9=36. Lekin darajalarni ko’paytirishda ko’rsatkichlar qo’shiladi :
2
2
*3
2
=(2+3)
2+2
+5
4
=625, ya’ni 36=625.
Bunday sofizmlarni tahlil qilish imkoniyatlari geometriyada juda kattadir,chunki o’quvchilarning javobidagi har bir
notiqlik sohta isbot uchun bahona bo’lishi mumkin.Yechilishi yangi bilimlarga ega bo’lishni talab qiladigan masalalarni
yechishda ham muammoli vaziyat vujudga keltirish oson bo’ladi.Bunda bilib olish jarayonining tarangligini saqlash
uchun almashinib turuvchi muammoli savollar zanjirini hosil qilish foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: