- Etti o`lchab …kes
- Sanamay … dema
- Birni kessang … ek
- Qars … qo`ldan chiqar
- Bilagi zo`r … ni yiqitar, bilimi zo`r … ni
- Ilimsiz … yashar, ilimli …
- … ni birov beradi, …ni mehnat beradi
- … oyoq ham bir manzilga eltadi
- … mard butun elni tanitar
- … quloqdan ko`ra, … ko`zga ko`proq ishon
Bu kabi maqollar sonlar haqida bilimlarni boyitibgina qolmasdan aqliy qobiliyatlarini o`stirib chuqur
mushohada yurutishga chorlaydi, tarbiyalaydi.
Matematika fanlarida ham shirin so`z orqali farzandlarimizni yaxshi sifatlarini oshirishimiz mumkin. Har
bir sabog`imizda quyidagi tartibda kirish qismi tashkil qilsak, darsimiz yanada ham jonli, o`quvchilarimiz faol,
intizomli, intiluvchan bo`lishini kuzatishimiz mumkin.
-Bolalar bugun qaysi kun?
-Bugungi ob-havo sizga qanday kayfiyat bag`ishlaydi?
-Ko`nglimiz ham qorday oppoq va tinch bo`lishi uchun nima qilishimiz kerak? (jilmayish)
-Yaxshi kayfiyatingizni atrofingizdagilarga ulashing, bir-birimgizga jilmayib qarang.
-Men ham sizlarga o`z tabassumimni hadya etaman.
-Men sizlarni sevaman va sizlarga omad tilayman.
Shu kabi iliq, do`stona muhit farzandimiz kamolotida etakchi o`rin egallaydi. Donolar fikriga ko`ra,
farzandlarimizga qanchalik samimiy, mexribon, shirinso`z bo`lsak ulardan buyuk insonlar, daholar etishib
chiqadi.Tarixdan ma`lumki, Napalion Bonapartni oyisi har kuni “O`g`lim, turing: sizni buyuk ishlar kutmoqda” deya
uyg`otib, uni oddiy askardan imperator darajasiga ko`tarilishiga sabab bo`lgan. Bu kabi misollarni ko`plab keltirishimiz
mumkin.
O`yinlar ham foydali yoki zararli bo`lishi mumkin.Bunda ayniqsa,ota _onaning,ustozlarning roli katta
Kompyuter o`yinlarini saviyasiga ko`ra bir qancha guruhlarga bo`lish mumkin. Bularga:ta`limiy o`yinlar,ro`lli
sarguzashtli o`yinlar,sport o`yinlari,jangari o`yinlar,strategik o`yinlar...
Bu o`yinlar ustida qisqacha to`xtalib o`tishni joiz deb bilib ular ustida to`xtalamiz.
Ta`limiy o`yinlar: Bu toifa o`yinlar ma`lum bilimlarni qiziqarli tarzda oshirishga yo`naltirigan.Ular shakllar,
ranglar,harflar,raqamlarni eslab qolishga yordam beradi. O`qish ,sanashni,chet tillarni tez va oson o`rganadi.Bu xil
o`yinlar bolarga,keng kitobxonlar ommasiga mo`ljallangan.Ular turli darajada tuzilgan boshlovchilar uchun
mo`ljallangan alifbodan,oddiy so`zlardan tortib, yuqori darsjadagi animatsiyalar,rasmlar, qiziqarli viktorinalardir.
Muayyan ishga solish, takrorlash,og`zaki ,yozma mashqlar,ertak qahramonlari orqali olib boriladi.Rolli-sarguzashtli
o`yinlar:Doimo yangi-yangi topshiriqlar bilan murakkab vaziyatlarga yechimlar topishga,o`ylashga undaydi.Bolaning
qanday qarorga kelishi keyingi voqea-hodisalar rivojini belgilab turadi. Sport o`yinlari: -Bola ruhiyatiga kamroq zarar
qiladi.«Fifa»,NBA LIVE,basketbol ,shaxmat-shashka o`yinlari kiradi.Jangari o`yinlar.O`yin keskin ,tajovuzkor ruhda
o`tadi.O`yinchining maqsadi raqib bolani yo`q qilmasdan uni bartaraf qilish yo`llarini izlashdan iborat.Turli bosqichlar,
vaziyatlar raqibni o`rganib ,o`yinni o`z foydasiga og`dirib olishga,qasoskorlikka undaydi. Strategik o`yinlar: Aniq reja
asosida ishlashga undaydi.O`yinlar mavzulari har-xil,ammo maqsad g’oliblikka da’vat qiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak,boshlangich ta’limni o’qitishda turli xil innovatsion texnologiyalar, AKT lardan
unumli foydalanib darslarni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Bunda ayniqsa,ota -onalarning,ustozlarning roli katta
ekanini unutmasligimiz,maktab va oila hamkorligini to’g’ri yo;lga qo’yishimiz lozim. “Yoshlikda olingan bilim toshga
o’yilgan naqsh” iborasiga amal qilib ta’lim bersak,ta’lim-tarbiya sifati yanada oshardi.
Do'stlaringiz bilan baham: