BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA MILLIY ONG VA MAFKURANI
RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUV
ISAQULOV M., AZIZOV O., JDPI.
Ma’naviyat asosiy tushunchalar lug‘atida ta’kidlanganidek: “Milliy ong – har bir millat yoki elatning uzoq
tarixiy taraqqiyoti, turmush tarzi, ma’naviy-diniy e’tiqodi, madaniy rivoji jarayonida shakllangan dunyoqarashi,
tafakkuri, e’tiqod va ishonch tuyg‘ularini ifodalovchi tushuncha” dir[3].
Demak, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida milliy ong qachon paydo bo‘ladi degan savolga u ijtimoiy
ishlab chiqarish faoliyati jarayonlarida va boshqa millatlar bilan faol muloqot, munosabatlari jarayonlarida paydo bo‘ladi.
“Mafkura” so‘zi esa fikrlar majmui ma’nosini bildirsada, lekin bu tushuncha muayyan jamiyat va davlatning
taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan g‘oyaviy – nazariy qarashlar tizimini ifodalovchi atamadir. Shu jihatdan milliy
mafkura tushunchasi va uni shakllantirish masalasi ilk bor birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan
quyidagicha ilgari surilgan: “Mamlakatimiz o‘z oldiga qo‘ygan ezgu muddao va vazifalarni aniq –ravshan belgilab
olmasdan turib, millatimizning asriy an’ana va urf odatlarini, o‘zligimizning asosiy xususiyatlarini mujassam etadigan
milliy mafkurani shakillantirish mumkin emas” [2]. Bu vazifalar ijtimoiy, ilmiy va ommaviy jihatdan ham qilinib, 2004
yilda milliy mafkuraning milliy g‘oya tushunchalari va ma’naviyat qonuniyatlariga asoslangan tayanch g‘oyalari va
tamoyillari belgilab olindi. Unga ko‘ra, jamiyatimiz uchun milliy mafkura – bu O‘zbekiston xalqining etnosotsial birlik
sifatida mavjudligi va rivojlanishi, uning erkin va ozod taraqqiyotini asoslash hamda ta’minlashga qaratilgan g‘oyaviy –
nazariy qarashlar tizimidir. Milliy mafkuramizning bunday mazmunga ega bo‘lishi uning maqomi jamiyat mafkurasi
ekanligini anglatadi.
Zero, milliy mafkuramizning bosh g‘oyasi “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish”, asosiy
g‘oyalari esa Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, Xalq farovonligi, Millatlararo totuvlik, Ijtimoiy hamkorlik, Dinlararo
bag‘rikenglik va Komil insondir. Shu sababli mamlakatimiz milliy mafkurasi quyidagi xususiyatlarga ega.
-
Vatan ozodligini saqlash va uni obod qilish;
-
erkin va farovon hayot barpo etish;
-
jamiyatda vatanparvarlik, xalqparvarlik, millatparvarlik, hamkorlik va bag‘rikenglik fazilatlarini
qarortoptirish;
-
jamiyat a’zolarini ijtimoiylashtirish va Komil Inson sifatida voyaga etkazish.
137
Demak, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida milliy ong va milliy mafkurani rivojlantirish bugungi
kunning dolzarb masalasidir. Shu ma’noda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida milliy ong va milliy mafkurani
rivojlantirish mazmuniga innovatsion yondoshish hal qilishini lozim bo‘lgan muammolardan biridir. Mazkur masala
quyidagi jihatlari bilan dolzarb hisoblanadi:
- o‘quvchi-yoshlarga milliy ongni shakllantirishda milliy g‘oyaga asoslanish va bunda o‘qitish mazmunini
kuchaytirish;
-o‘qitilayotgan ijtimoiy-gumanitar fanlarning mavzularini bugungi kun talabalaridan kelib chiqib
takomillashtirib borish;
- milliy ong va mafkurani rivojlantirishga xizmat qiladigan milliy tarbiyaviy ishlarni maqsadli tashkil qilish;
- bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy etukligini zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarida milliy ong va milliy mafkurani rivojlantirishda innovatsion vositalar
ta’kidlangan muammolarni hal qilish uchun tezkor va qulay yondashuvlarni taqdim qiladi. Shu ma’noda quyidagi
innovatsion ta’sirlar bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy ongi va mafkurasini rivojlantirishda muhim omil vazifasini
bajaradi:
Ushbu innovatsion ta’sir vositalarining mazmuni quyidagicha idrok etiladi:
G‘oyaviylik. Innovatsion vositalar yangi g‘oyalarni izchil va uzviy holda taqdim qilib boradi. Misol uchun,
bugungi kunda jahon innovatsion ta’limida umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi g‘oyasi ilgari surilmoqda. 2011 yil 11
sentyabrida AQSHda ro‘y bergan terroristik harakatlardan keyin ana shu g‘oya tanlandi. Bunga qadar ta’limda
demokratik tamoyillar ustuvor hisoblanar edi.
Milliylik. Innovatsion vositalarda samaradorlik bosh maqsad bo‘lgani uchun tarbiyaviy jarayonga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadigan har qanday vositani qabul qiladi. Shu ma’noda milliylik va uning vositasida tarbiya samaradorligini
oshirish nazarda tutadi.
Onglilik. Innovatsion vositalarning xalqaro miqiyosda qabul qilinishi asoslaridan biri ularning ongliligiga
asoslanishidir. Shu jihatdan innovatsion vositalar talabalar ongini to‘g‘ri shakllantirishda yondashuvlar ta’sirini
kuchaytiradi.
Ijtimoiylik. Innovatsion vositalar talaba shaxsini kutilgan darajada ijtimoiylashtirish imkonini beradi. Bunda
qulaylik va maqbullik asosiy masala hisoblanadi.
Etuklik. Innovatsion vositalar bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini har tomonlama etuk darajada voyaga etkazish
asoslarini va ularni yangilab borish, o‘zgartirish omillarini beradi.
Mazkur innovatsion ta’sirlarni quyidagi holatlarda qo‘llash mumikin:
A) ma’naviy targ‘ibot ishlarida;
B) ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish jarayonida;
V) bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish ishlarida:
G) talabalarning milliy ongi va milliy mafkurasini maqsadli rivojlantirishda va h.k.
Zero, e’tibor berilsa, mazkur innovatsion yondoshuv mavzuni tushuntirishda yangi mazmunan va faktik
materiallar beradi. Buning natijasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining milliy ongi, dunyoqarashi va
ma’naviy olamida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ladi.
Innovatsion yondashish natijasida milliy ong va milliy mafkura mazmuni yangi g‘oyalar, fikrlar, faktlar va
ma’lumotlar bilan boyib boradi. Innovatsion yondashish oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan ijtimoiy-gumanitar
fanlarning mavzularini yangicha talqinlar bilan tushuntirishga asos bo‘ladi. Innovatsion yondashish oliy ta’lim
muassasalarida olib borilayotgan g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshiradi va ularning asosiy
yo‘nalishlarini belgilab olish imkoniyatlarini beradi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari etuklik bosqichida bo‘lganligi uchun ular g‘oyaviy, ma’naviy va axloqiy
jihatdan mustaqillashish, rivojlanish va takomillashish bosqichida bo‘ladi. Bu hol ularning milliy ongi va milliy
mafkurasini rivojlantirish jarayonida turli xil innovatsion vositalarga asoslanishni taqozo etadi. Negaki “mamlakatimiz
Innovatsion
ta’sir vositalari
G’oyaviylik
Milliylik
Onglilik
Ijtimoiylik
Yetuklik
Shakllanayotgan
o’quvchi shaxsi
138
kelajagi ko‘p jihatdan ta’lim-tarbiya sohasidagi innovatsion o‘zgarishlarga” bog‘liqdir. Shu ma’noda oliy ta’lim
muassasalari talabalarining milliy ongi va milliy mafkurasini rivojlantirishda zamon talablaridan kelib chiqib
yangilanib, takomillashtirilib va maqbullashtirilib borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |