Agarbiz o’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug; kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avalombor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni


KICHIK YOSHDAGI O’QUVCHILARDA ANGLASH JARAYONINING RIVOJLANISHI



Download 5,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/427
Sana22.02.2022
Hajmi5,66 Mb.
#82351
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   427
Bog'liq
form 312-27294

KICHIK YOSHDAGI O’QUVCHILARDA ANGLASH JARAYONINING RIVOJLANISHI 

IBRAGIMOVA M.S., Nizomiy nomidagi TDPU. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida maktabga munosabad motivatsiyasi tahlillari shuni ko’rsatadiki, 
o’quvchilarning maktab faoliyati bilan bog’liq har bir harakatlari zamirida o’quv faolligi va uni bevosita ta’minlashga 
xizmat qiluvchi omillar yotadi. Chunki , o’quv faoliyatining namoyon etilishi bir tomondan o’quv jarayonining 
muvaffaqiyatli tashkil etilishiga bog’liq bo’lsa ikkinchi tomondan esa o’quvchi shaxsida tarkib topayotgan o’quv 
kompanentlaridir. 
Maktab hayotining birinchi bosqichi uchun shu narsa xarakterliki , bola sinfdagi va uydagi xulqini nazorat 
qiluvchi o’qituvchining yangi talablariga bo’ysunadi, shuningdek, o’quv fanlarining mazmuniga qiziqa boshlaydi.
Birinchi sinf o’quvchilari boshdan kechiradigan uch asosiy qiyinchilik bor: qiyinchilikning birinchi turi yangi maktab 
rejimi bilan bog’liq(o’z vaqtida uyg’onish va turishi kerak, dars qoldirish mumkin emas, barcha darslarda jim o’tirish 
talab etiladi, uy vazifalarini bajarish lozim va boshqalar). Ikkinchi tur qiyinchilik o’qituvchi sinfdoshlar va oiladagi 
o’zaro munosabatlar xususiyatidan kelib chiqadi. Qiyinchiliklarning uchinchi turi – o’quv yili o’rtalaridan o’quv 
materiali oshib boradi.
Maktabga qadam qo’yish bilan bola hayotida muhim psixologik o’zgarishlar sodir bo’ladi. U yangi rejimning 
ayrim muhim odatlarini o’zlashtiradi, o’qituvchi va o’rtoqlari bilan ishonchli munosabatlar o’rnatadi. O’quv materiali 
mazmuniga nisbatan paydo bo’lgan qiziqish asosida unda o’qishga bo’lgan ijobiy munosabat mustahkamlanadi.
Kichik yoshdagi o’quvchinining o’quv faoliyatining mazmunini ilmiy tushunchalar , fan qonunuyatlari va 
ularga tayangan amaliy masalalarini hal etish uslubi tashkil etadi. Shunday qilib o’qish- bu bilim , malaka va 
ko’nikmalarga ega bo’lishga yo’naltirilgan jarayon . O’quv faoliyati aniq bir tuzilishga ega. Uning tarkibiy qismlari 
quyidagilar: 1) o’qish vaziyati (yoki vaziyatlari), 2) o’qish harakati, 3) nazorat , 4) baho. Kichik maktab Yoshi 
davomida bolalarning o’qishga munosabatida muayyan dinamika kuzatiladi. Dastlab ular o’qishga umumiy holda 
ijtimoiy faoliyat sifatida intilishadi. Keyin esa ularni o’quv ishining alohida usullari jalb etadi. Nihoyat bola o’quv 
faoliyatining ichki mazmuniga qiziqib o’quv-nazariy vazifalarni aniq-amaliy vaziyatlarga mustaqil o’zgartiradi. Uning 
shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etish zamonaviy bolalar va pedagogika psixologyasi vazifalaridan biridir. 
Kichik yoshdagi o’quvchilarda anglash jarayonining rivojlanishi shuni ko’rsatadi. Idrok rivoji. Jismoniy 
jarayonlar rivojlanishi butun kichik maktab Yoshi davomida amalga oshadi. Garchi bolalar maktabga yetarli rivojlangan 
idrok bilan kelishsa-da (ular ko’rish, eshitish o’tkirlashadi, ular turli shakllar va ranglarni yaxshi farqlaydilar),ularning 
o’quv faoliyatidagi idrok faqat shakl va ranglarni o’rganish va anglashdan iborat bo’ladi. Birinchi sinfda qabul qilingan 
predmetlar tarkibiy qismi va xususiyatlarining tizimli tahlili mavjud emas. Bolaning idrok etilgan predmetlarini tahlil 
qilish va farqlash imkoniyati unda shunchaki his etishdan ko’ra murakkabroq faoliyat turning shakillanishi bilan 
bog’liq. Kuzatish deb atalgan bu faoliyat turi maktabda o’qish jarayonida juda intensiv ravishda shakillanib boradi, 
keyinchalik idrok biror maqsadga qaratila boradi. Intellektual tayyorgarlik bola obrazli va mantiqiy fikrlashi, 
tasavvurning, odamiylikning, bilimga qiziqishning, mustaqillikning, o‘zini-o‘zi nazorat qilishiga va boshqarishga 
imkoniyatning shakllanganligini hamda o‘quv faoliyatining kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, uy-
g‘unlashtirish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishni o‘z ichiga oladi. 
Bola kuzatuvchanligi haqida shaxsning alohida xususiyati sifatida gapirish mumkin. Tadqiqotlar shuni 
ko’rsatadiki, boshlang’ich ta’limda kichik yoshdagi o’quvchilarning barchasida bu muhim xislatni sezilarli rivojlantirish 
mumkin. Bular Diqqatning rivojlanishi Xotiraning rivojlanishi Tasavvurning rivojlanishi Yaratuvchi ( reproduktiv ) 
tasavvur xammasi o’z ichiga qamrab oladi. 
Diqqatning rivojlanishi. Maktabga keluvchi bolalar maqsadi diqqatga ega bo’lmaydilar, ular asosan bevosita 
o’zlari uchun qiziq bo’lgan, yorqinligi va noodatiyligi bilan ajralib turuvchi (ixtiyorsiz diqqat) narsalarga e’tibor 
beradilar. Maktab birinchi kundayoq boladan uni qiziqtirmaydigan narsalarni kuzatishni va ma’lumotni o’zlashtirishni 
talab qiladi. Bola asta-sekin diqqatni tashqi tomondan jalb etuvchinarsalarga emas, kerakli narsalarga yo’naltirish va 
qat’iy saqlashni o’rganib boradi. 2-3-sinfda ko’pchilik o’quvchilar allaqachon ixtiyoriy diqqatga ega bo’ladilar. 
Ixtiyoriy diqqat uni u yoki bu masalaga maqsadli yo’naltirish - kichik maktab yoshinung muhim yutg’idir.
Kichik maktab yoshida diqqatning rivojlanishi ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqatning almashinuviga, uning hajmi 
kengayishiga va turli harakat turlari o’rtasida diqqatni taqsimlay olishga bog’liq. Xotiraning rivojlanishi. Yetti yoshli 
bola asosan tashqi tomondan yorqin va emotsional jihatdan ta’sirli voqea, tasvir, hikoyalarni eslab qoladi. O’quvchilar 
kun tartibi, axloq qoidalari, uy vazifalarini maxsus eslab qolishlari, keyin esa ularga rioya etish lozim. O’quv materialini 
eslab qolish alohida bilim talab etadi. Usiz o’quv xotirasiz zaif va tartibsizligicha qolaveradi. O’quvchi maxsus 
aniqlash, guruhlashva taqqoslashni talab etuvchi narsani bevosita eslab qolishga harakat qilayotganida bu ,, yomon 
136 


xotira’’ pand beradi. O’quv materiali bilan ishlash usullarining shakllanishi ,,yaxshi xotira’’ni yanada samaraliroq 
tarbiyalash yo’li sifatida namoyon bo’adi.Xotira intellektual rivojlanishning bir ko‘rsatkichi sifatida qaraladi, qachonki 
bola eshitib, yaxshi eslab qolsa, "eshitish", yoki qachonki bola 
ко'rib yaxshi eslab qolsa, "ko‘rish" va qachonki bola 
eshitgan va ko‘rganlarining asosiy mazmunini aytib bersa, "mazmunini eslab qolish" kabi turlarga bo‘linadi. 
"Ko‘rib, eslab qolish" xotirasini rivojlanishi uchun mashq qildirish befoyda, chunki u har kim-ga tabiatan berilgan. 
"Mazmunini eslab qolish" xotirasini yaxshilash uchun esa albatta, mashq qildirish kerak. 
Bolaning maktabda ta'lim olish samarasi uning ona tilini bilishiga va nutqi qanchalik rivojlanganligiga ko‘proq 
bog‘liq bo‘ladi. Bu jarayonda nutq ustida ishlash kabi xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlaridan oqilona foydalanish 
lozim. Chunki butun o‘quv faoliyati shularga, ya'ni nutqiy mantiqiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz mustaqil 
fikrlashi, til rivojlanganligi, yutuqlaridan erkin foydalana olishi, hikoya qilish, mulohaza yuritish, o‘z tasavvurini 
izohlay olish, tushunarli qilib bayon etish kabi omillar asosida quriladi. Shuningdek, bolaning maktabda ta'lim olishi 
uchun amaliy intellekt rivoji, ya'ni uning namunani oson va erkin takrorlay olishi; naqsh chizish, aytib turiladigan 
(grafik diktant) bayoniy topshiriqni bajarishi ham muhim sanaladi.Shu o‘rinda ta'kidlash lozimki, bolaga o‘qishni, 
buning ustiga tez o‘qishni va yozishni o‘rgatish unchalik muhim emas. Asosiysi, bolaning lug`at boyligini oshirish, 
undan ongli va faol foydalana olishini, tovushni tiniq eshitishini, aniq talaffuz qilishini, ularni so‘zlardan ajrata bilishni 
ta'min etish va "uchinchi ming yillikning bolasi" dasturiga kiritilgan savodxonlik bo‘-yicha oddiy bilimlarni, matematik 
tasavvurlarni egallashga erishishdir. Agar bolada qo‘l mushak-chalari yetarli darajada rivojlangan bo‘lsa, u maktabda 1-
sinf ta'limi jarayonida 2-3 oy davomida o‘qish va yozish texnikasini qiyinchiliksiz egallab oladi. Maxsus 
tayyorgarlikning asosiy ko‘rsat-
kichlari, bu − faoliyatning tushunib yetilishi va erkinligi, ijodiy tasavvurning 
rivojlanganligi hisoblanadi.
Tasavvurning rivojlanishi. Tasavvur qobiliyatning rivojlanishi ikki bosqichda kechadi. Dastlab yaratuvchi 
obrazlar real obyektga yaqin tavsiflanadi. Ikkinchi sinf oxiri, keyin esa uchinchi sinfda ikkinchi bosqich boshlanadi. 
Avvalo, alomatlar va tarkibiy qismlar miqdori sezilarli tarzda oshadi. Yaratuvchi (reproduktiv) tasavvur kichik maktab 
yoshida barcha mashg’ulotlarda rivojlanadi. Kichik maktab o’quvchilarining biror predmetning kelib chiqishi va 
qurilishi shart-sharoitini ko’rsatishga harakat qilish – ularda ijodiy (produktiv) tasavvur rivojlanishida muhim 
psixologik asosdir. Fikirlashning rivojlanishi. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari fikrlashining rivojlanishida ikki 
asosiy bosqich kuzatiladi. Birinchi bosqichda ko’rgazmali – harakatlilik ustunlik qiladi, uni yana amaliy – harakatlilik 
yoki hissiylik deb ham ataladi. Bu bosqichda bolalarning narsalarni umumlashtirishi predmetlarning yaqqol belgilari 
ta’siri osrida ro’y beradi. Fikirlash rivojlanishining ikkinchi bosqichi (3-sinf ) o’quvchilar tomonidan tushunchalarning 
alohida xususiyatlari orasidagi o’zaro munosabatni bilib olish, ya’ni tasniflashga (masalan, ,,stol’’ – ot so’z turkumi) 
bog’liq. Bolalar o’qituvchiga u yoki bu tasnifni qanday o’zlashtirganliklari haqida hisob beradilar. Abstract, mavhum va 
nazariy fikrlash nisbatan murakkab fikrlash turining keying bosqichi bo’lib hisoblanadi.

Download 5,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish