Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi»



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/129
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#82226
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   129
Bog'liq
neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi

4.2.Xaydovchi quduqlar  
 
Qatlamga suv haydash texnologiyasini quyidagicha tasavvur qilish  mumkin. 
Birinchi  navbatda    suv olgichdan(birinchi  ko‗targich  nasos    stansiyasi)    olingan  suv 
yig‗ma  suv  omboriga  to‗planadi  va  undan  ikkinchi  ko‗targich  orqali  tozalash 
inshootlariga  beriladi.  Bu  yerdan  magistral  suv  uzatgich  orqali  uchinchi  ko‗targich 
nasos  stansiyasi  yordamida  suv  haydagichning  qabul  havzasiga  yuboriladi,  undan 
tarmoq  nasos  stansiyalari  orqali  6-8  quduqdan  iborat  haydovchi    quduqlarga 
yuboriladi.  Quduqqa  suv  haydash  uchun    ishlatiladigan  markazdan  qochma  elektr 
nasoslari bilan  suv taqsimlagich qurilmalariga kamida 250 atm. bosim bilan yetkazib 
beriladi, so‗ngra taqsimlagichlar yordamida quduqqa yo‗naltiriladi. 
Agar  suv  daryo  qirg‗og‗ida  joylashtirilgan  qirg‗oq  osti  quduqlaridan 
olinadigan  bo‗lsa  birinchi    ko‗targich    nasos  stansiyasining    hojati  bo‗lmay  to‗g‗ri 
ikkinchi ko‗targich nasos stansiyasi orqali haydovchi quduqqa keltiriladi va quduqqa 
haydaladi. 
Markazdan qochma elektronasos yordamida qatlamga haydaladi. 
Agar qirg‗oq osti quduqlari vaakum qozonlarga tutashtirilgan bo‗lsa (ular yer 
yuzasidan  pastda  qazilgan  shaxtada  joylashtirilgan  bo‗ladi)  o‗sha  joyda  mavjud 
bo‗lgan birlamchi ko‗targich stansiyasi nasoslari bilan ikkinchi ko‗targich  nasoslari  
stansiyasiga  uzatiladi  va  undan    tarmoq  stansiyasiga  yuboriladi.  Ba‘zan    sifon 
kollektordan  to‗g‗ri tarmoq stansiyasiga suvni uzatish hollari ham uchraydi. Bunday  
hollarda  suv  uzatish  jarayonini  uzoqdan  kuzatish  va  boshqarish  uchun  VNII 
tomonidan ishlab chiqilgan masofadan boshqarish qurilmasidan foydalanish mumkin. 
Bu qurilma Tuymazin va Bavli konlarida muvaffaqiyatli qo‗llangan. Bu tizim asosan 
uch  qismdan  iborat  bo‗lib,  birinchisi  boshqarish  va    nazorat  pulti,  ikkinchisi  rele 
qutisi va quduq bilan boshqarish  pultini bog‗laydigan aloqa tizimidan iboratdir. 
Nasoslarni  ishga  tushirish  va  ularni  to‗xtatish  boshqaruv  pulti  orqali 
bajariladi.  Undan  tashqari  ularning  ishini  nazorat  qilish  va  avariya  holatlarini  ham  
bildiruvchi  signal  berish  ham  shu  joyda  ko‘zda  tutiladi.  Rele  qutichasi  orqali 
quduqlardagi  avtomatlarni  ishga  tushiradi  va  to‗xtatadi,  unda  quduqlar  avtomat 
tizimi,  elektr  yuritgichlar  muhofazasi  joylashtirilgan.  Quyidagi  hollarda  yuritgich 
avtomatik ravishda ishdan to‗xtatiladi.  
1. podshipniklar qizib ketganda; 
2. qisqa tutash holatida; 
3. ikki fazada ishlagan holatda; 
4. uzoq ishlaganligi tufayli asboblar qizib ketganda. 
Aloqa tizimi butun quduqlar bilan bog‗langan uch tarmoqli o‗rnatilgan simlar 
orqali  bajariladi.  Suv  haydash  tizimidan  shunday  variantini  tanlash  lozimki,  undan 
barcha jarayonlarni bajarish qulay va quvurlar sarfi eng kam va jarayon arzon bo‗lishi 
lozim. 
 Qatlam chegarasidan tashqaridan suv haydash va qatlam ichidan suv haydash  
tizimlari aksariyat ishga tushirilayotgan konlarning hammasida qo‗llanayotgan bo‗lib, 


ularni  qo‗llash  neft  qazib  chiqarish  ishining  ajralmas  qismi  bo‗lib  xizmat  qiladi  va  
provardida neftberuvchanlikning ortishiga xizmat  qiladi. 
Qatlamga  (uyumga)  suv  haydash  natijasida  uni  ishlatishni  davom  ettirish  va 
shu  yo‗sinda    yuqori  neftberaoluvchanlikka  erishish  tajribasi  juda    ham  ko‗plab 
variantlarga  egadir.    Dunyodagi  mashhur  gigant  va  katta  konlar  ushbu  usul  bilan 
ishlatilgan  va  yaxshi    natijalarga  erishilgan.  Mashhur  sharqiy  Texas  (AQSh    koni, 
Kelli-Snayder koni (AQSh),  Romashkino, Tuymazi, Ishimboyevo va boshqa konlar, 
Kirko‗k  (Iroq)  va  boshqa  ko‗plab  yirik  konlarning  ishlatilishi  tarixi  albatta  suv 
haydash  bilan  chambarchas  bog‗langandir.  80-yillarda  sobiq  ittifoqda  ishlatilgan 
konlarning 80 % dan ortig‗ida suv haydash usuli qo‗llanganligi ma‘lum. 
Shuni  alohida  qayd  etish  lozimki,  neftberaoluvchanlikni  oshirish  maqsadida 
qatlamga  suv  haydalar  ekan,  bu  ish  o‗zining  mantiqan  nihoyasiga  yetishi  lozim. 
Ochiqroq fikr yuritadigan bo‗lsak qatlamga anchagina suv haydaganimiz tufayli unda 
gidravlik daraja  anchaga ko‗tariladi, suyuqlikning olinish  darajasi  ortishi imkoniyati 
paydo  bo‗ladi,  lekin  quduqlarning  suvlanganlik  darajasi  ham  ancha  yuqori.  Ushbu 
sharoitda  qatlamga  ba‘zi  hollarda  suv  haydashni  kamaytirib  yoki  hatto  to‗xtatib 
qo‗yish hollari ham  kuzatilgan.  Yoki  asbob-uskuna  yo‗qligi tufayli qatlamdan  jadal 
suyuqlik olish imkoni bo‗lmaydi. Bu holatda  qatlamdagi yuvilgan qatlamchalardan 
neftni  chiqarib  olish  imkoni  qo‗ldan  boy  beriladi.  Anchagina  qoldiq  neft  mavjud 
bo‗lganda qatlamga ko‗plab suv haydash, undan ko‗plab suyuqlikni chiqarib olishga 
imkon beradi, chunki cho‘kma elektronasoslar yordamida 800-1000 m
3
/sut miqdorda 
quduqdan  suyuqlik  chiqarilganda  uning  tarkibidagi  neft  miqdori  ortishi  va  shunday 
qilib  ko‗plab  qo‗shimcha    neft  olishga  erishish  mumkin.  Demak,  
neftberaoluvchanlikni oshirishning  asosiy  omillaridan biri  qatlamdan jadal ravishda 
suyuqlik  olishdir.  Bunda  albatta  eng  kichik  qatlamchalar  hamda  past 
o‗tkazuvchanlikka  ega  bo‗lgan  qatlam  qismlari  suyuqlik  bilan  yuvilish  va  ta‘sirdan 
holi bo‗lmasligi kuzatiladi. 
Ma‘lumki, 1 tonna olinadigan neftga aksariyat 3m
3
  suv  to‗g‗ri    keladi,    1m
3
 
neftni olish uchun o‗rtacha 3-5 m
3
 va hatto 10 m
3
 suv haydashga to‗g‗ri  keladi. Bu  
miqdor  juda  katta  bo‗lib,  mabodo  olinayotgan  neftning  yarmiga  yaqini  suv  haydash 
bilan  erishilayotgan  bo‗lsa  yer  shari  bo‗yicha  taxminan  yiliga  6  mlrd  m
3
  ga  yaqin 
qatlam  suvi  olinadi  va  qatlamga  8-10  mlrd  m
3
  suv  to‗g‗ri    keladi.  Albatta  qatlam  
suvlarini  bir  joyga  joylash  kerak,  uni  yoki  oqar  suvlarga  qo‗shib  yuboriladi,  yoki 
qatlamlarga  (suvli  qatlamlarga)  haydashga  to‗g‗ri  keladi.  Bunday  hollarda  tabiat  va 
atrof muhitni muxofaza qilish maqsadida bu suvlarni eng sodda holatda bo‗lsa ham 
(yoki  uni  murakkab  holatda  tozalash    uchun  ko‗plab  harajat  qilish  lozim  bo‗ladi) 
uning  tarkibidagi  eng  zararli    komponentlardan  holi  qilish  lozim  bo‗ladi,  aks  holda 
agar u oqar suvlarga tashlansa suv ichida bo‗lgan barcha jonzot halok bo‗lishi, bu suv 
boryotgan  joydagi  deyarli  barcha    o‗simliklar  qurishi  mumkin.  Tabiatni  muhofaza 
qilish umumjaxon ahamiyatiga ega muammo bo‗lganligi uchun har bir mutaxassis  bu 
ishga vijdonan yondashuvini taqozo qiladi. 
Qatlamga  haydaluvchi  suvga  qo‗yilgan  talablarni  bajarish  -  shart  bo‗lgan 
amallardan  hisoblanadi,  zero  o‗sha  vazifalarning  qanchalik  aniq  bajarilishidagi 
samara,  neftberaoluvchanlikni  oshirish  ishlariga  bevosita  aloqador  bo‗ladi.  Yaxshi 
tozalanmagan suvni aksariyat qatlam qabul qilmay qo‗yadi, bunda ba‘zan haydovchi 


quduqlar tubi ifloslanadi, yoki qatlamda turli reaksiyalar sodir bo‗lib, unda tuzlarning 
cho‘kishi  natijasida  qatlamning  o‗tkazuvchanligi  keskin  kamayadi  va  natijada 
qilayotgan ishimizdan salbiy samara olinishi mumkin. 
Qatlamga  suv    haydash  jarayonida  ko‘p  miqdorda  suvni  haydab  berish,  turli 
nasoslar  bilan  ishlash,  ularning  ish  uslublari,  ularni  yurituvchi  kuchlari  turli 
bo‗lganligi,  aksariyat  elektr  quvvati  bilan  ishlash  alohida  extiyotkorlikni  va    katta 
tajribani  talab  qiladi.  Shuning  uchun  ham  bu  ishga  jalb  qilinadigan  kishilar  mahsus 
tayyorgarlikdan o‗tishlari taqozo qilinadi. 
Qatlamni  muhofaza  qilish,  tabiatni  muhofaza  qilish,  mehnatni  muhofaza 
qilish,  insonni  muxofaza  qilish  -  bu  har  bir    mutaxassisning  qolaversa  har  bir 
insonning muqaddas vazifasidir, shunday ekan inson tabiatning ajralmas bir qismidir. 
 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish