Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi»


Qatlamga ta’sir qilish bilan qamrash



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/129
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#82226
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   129
Bog'liq
neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi

3.2. Qatlamga ta’sir qilish bilan qamrash 
 
  Suv haydash jarayoni murakkab jarayon bo‗lib,  uni  boshqarish  va nazorat 
qilish  ham  murakkabliklarga  ega.  Buning  asosiy  sababi  biz  ish  olib  borayotgan 
kollektorlarning xilma-xilligi va ular bag‗rida turli qatlamchalarning mavjudligidir. 
  Bir  tekis  g‗ovaklik  va  o‗tkazuvchyaanlik,  neftga  to‗yinganlik  darajasi 
ma‘lum  bo‗lgan  kollektorlarda  suv  haydash  usulining  qaysi  turi  bo‗lmasin  juda 
yaxshi  natijalar  beradi,  chunki    haydalayotgan  suv  qatlamning  har  bir  burchagi  va 
barcha  qalinligiga  ta‘sir  o‗tkazib,  o‗sha  qalinlikdan  va  burchakdan  neftni  oluvchi 
quduqlar tubiga haydab kelishga yordam beradi. 
Qatlam turli qatlamchalardan tashkil topgan yoki juda turli tumanlikka moyil 
bo‗lgan hollarda haydalayotgan suv o‗ziga qulay va o‗tkazuvchanligi yuqori bo‗lgan 
qatlamchalardan  harakatlanaveradi.  Natijada  suvning  butun  qatlamga  ta‘siri  yetarli 
bo‗lmay  kolishi  tabiiy  va  shuning  uchun  ham  neftberuvchanlik  bunday  hollarda 
pastligicha qoladi. 
Suv haydash usulining samaradorligini oshirish maqsadida qatlamni egallash  
maksimal  darajasiga  erishmoqlikka    harakat  qilinadi.  Buning  uchun  qatlamning 
(uyumning) chekka qismiga yoki xilma  - xillik yuqori bo‗lgan maydonlarda oluvchi 
va  haydovchi  kushimcha  quduqlar  kazish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunday  hollarda 
kazilgan  qo‗shimcha  quduqlar  ularga  haydalgan  suvning  ta‘siri  bo‗lmagan    oluvchi 
quduqlar tubiga o‗sha maydondan neft sizib kelmagan hollarda o‗sha joyning  o‗zini 
sizdirish  imkoniga  ega  bo‗ladi.  Haydalgan  suv  esa  o‗sha  quduq  atrofida  ta‘sirsiz 
qolgan  joylardagi  neftlarni  haydab  chiqarish  imkonini  beradi.  Undan  tashqari 


qatlamga  suv  haydashning    samaradorligini  oshirish  maqsadida  qatlam  (  uyum)  ni 
bo‗lish mumkin.  Bunday hollarda bo‗lingan uyum kichikroq xududga ega bo‗lgani 
uchun unga ta‘sir qiluvchi haydovchi quduqlarning ta‘siri ortib, gidrodinamik  daraja 
ko‗tarilib,  (oluvchi) tubiga neftning sizib kelishi ortishi mumkin. Uyumlarni bo‗lish 
turli darajada amalga oshirilishi mumkin:  
Kichikroq  va  uzun  antiklinalga  o‗rnashgan  uyumlarni  ham  bo‗laklarga 
bo‗lish.  Bunda  uyumni  xaydovchi  quduqlar  bilan  bir  necha  bo‗laklarga  bo‗lish 
mumkin.  Kollektorlik  xususiyatlari  juda  past  va  qatlamdagi  neftning  qovushqoqligi 
ancha  yuqori  bo‗lgan  hollarda    uyumni  har  3  qator  oluvchi  quduqlardan    so‗ng  bir 
qator  xaydovchi  quduqlar  bilan  bo‗linadi.  Bu  usul  o‗zining  yaxshi  samaralarini 
beradi,  chunki    quduqlarning  ta‘sir  kuchi  2/3  miqdorni  ko‗rsatadi.  Bu  hollarda 
anchagina qo‗shimcha neft  olishga erishilishi mumkin. 
Qatlamni  bo‗lishning 3 qatorlik varianti. 
Qatlamdan  olinishi  mumkin  bo‗lgan  neftni  beshqatorlik  usul  bilan  amalga 
oshirish  qatlamning xilma-xilligi uncha katta darajada bo‗lmagan va undagi  neftning 
qovushqoqligi  ham  uncha  katta  bo‗lmagan  hollarda  qo‗llanadi  va  uyum  bir  qator  
xaydovchi quduqlarga 5 qator oluvchi quduqlar to‗g‗ri keltirib qaziladi. Bunda ham 
quduqlarning ta‘siri 2/5 darajada bo‗ladi va bu variantda ham anchagina qo‗shimcha 
neft olish imkoni yaratiladi. 
Qatlamni bo‗lishning beshqatorlik varianti qatlamdagi mavjud neftni chiqarib 
olish maqsadida ba‘zi hollarda qatlamga  haydalayotgan suvning harakat  yo‗nalishini 
o‗zgartirish hollari ham uchraydi.  Bunda yunalishni ba‘zan 1800, ba‘zan esa 900 ga 
o‗zgartirish  mumkin.  Yunalish  o‗zgargan  holda  qatlamning  yuvilish  xususiyati 
o‗zgarmagan  holda  undagi  harakatlanuvchi  suyuqlikning  yo‗nalishi  o‗zgarib,  shu 
orada  ta‘sirsiz  qolib  ketgan  maydonga  va  maydon  qismini  o‗z  ta‘siriga  olishi  bilan 
ahamiyatlidir.  Qatlamdagi  qoldiq  neftning  miqdoriga  va  unga  qilingan  ta‘sirning   
samarasiga qarab, bu usullarni bir necha marta qaytarish maqsadga muvofiqdir. 
Qatlamga ta‘sir qilishning yana haydaladigan suvning  miqdorini ko‗paytirish 
bilan ham yaxshi natijalarga erishmoq mumkin. Bunda albatta  haydovchi quduqlarga 
haydalayetgan suv miqdori 3-4 va undan ortiq darajaga oshirib, qatlamdagi haydalish 
(yuvilish)  imkoniyatini  ancha  oshirishga  erishamiz.    Bunda  biz  ta‘sir  doirasidan 
chetga  qolgan  qatlamga  va  maydon  qismini  ta‘bir  joiz  bo‗lsa,  ―zo‗rlik‖  bilan  ishga 
tushirgan  bulamiz.  Albatta  haydash  darajasini  oshirishimiz  evaziga  uyumdan 
olinadigan  suyuqlikni  miqdorini  oshirish  imkoniga  ega  bo‗lamiz.  Bunday  holatni 
jadallik  bilan  mahsulot  olish  (forsirovanniy  otbor)  -  deb  ataladi.  Bu  usul  ayniqsa 
qatlamning kollektorlik xususiyatlari  juda xilma-xillikka  moyil bo‗lganda va undagi 
neftning qovushqoqligi yuqori bo‗lganda qatlamda quduqlar baravar suvlanganda va 
neft  beruvchanlik  koeffitsiyenti  ancha  past  bo‗lib  ,  qoldiq  neft  miqdori  ancha  ko‗p 
bo‗lgan hollarda o‗zining samarasini beradi. Haydash miqdori va olish miqdorining 
ortishi  hisobiga qatlamda  suyuqliklarni harakat tezligi ortadi va natijada qatlamning                                                                    
ta‘sirlanish  hamda  kamrab  olinish  darajasi  ortadi.  Natijada  qatlamdan  olingan 
umumiy  neft  miqdori  ham  ortib,  neftberuvchanlik  koeffitsiyenti  ham  ortishga 
erishiladi.       
          
 



Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish