Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi»



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/129
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#82226
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   129
Bog'liq
neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi

Tekshirish uchun savollar 
1.  Qatlamga suv haydashning qanday turlarini bilasiz? 
2. Chegara ichki qismidan suv haydash qanday holatlarda qo‗llaniladi? 
3. Qaysi vaqtdan boshlab uyumlarda suv haydash ma‘qul hisoblanadi? 
 
Adabiyotlar 
1. 
A.V. Mavlanov Neft-gaz koni geologiyasi, Toshkent, Fan, 1992y. 
 
 
MA’RUZA №4  
      Qatlamga haydaluvchi suvlarni tayyorlash. 
Ma’ruza rejasi 
4.1. Qatlamga haydaluvchi suvlarning sifati va ularni tayyorlash 
4.2. Xaydovchi quduqlar.  
 
Tayanch so‘zlar 
Qatlam suvlari, qatlam osti suv, chekka suvlar, ―o‗zga‖ suvlar, koagulyant, xlor 
kalsiyli suv, xlor magniyli suv, gidrokarbonat suvlar, qatlamga haydash uchun yaroqli 
suvlar,  qatlamga  haydash  uchun  yaroqsiz,  temir  tuzlari  (suv  tarkibida),  ishqorli  suv, 
kislotali  suv,  neytral  suv,  pH  ko‗rsatkichi,  quduqning  qabul  qiluvchanligi,  neft 
tutqich, filtrlar, loyqa suv, tindirilgan suv.  
 
    4.1. Qatlamga haydaluvchi suvlarning sifati va ularni tayyorlash 
 
Qatlamga  (  uyumga)  haydash  uchun  ishlatiladigan    suvlar  daryo,  ko‗llar 
suvlari,  qatlam  suvlari  hamda  neft  konidan  chiqqan  va  neftdan  ajratilgan  yo‗ldosh 
suvlar bo‗lishi mumkin. Qaysi suvni qayerda ishlatish o‗sha joyning sharoitiga qarab 
belgilanadi.  Oqar    suv  va  ko‗llar  mavjud  bo‘lmagan    hollarda  neft  havzalaridagi 
yuqori bosimli oraliq  suvlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ba‘zan bir va bir 
necha  suv  manba‘lari  suvidan  foydalanishga  to‗g‗ri  keladi,  chunki  qatlamga  undan 
olinadigan  suyuqlikning  miqdoriga  qarab  suv  haydash  zarur.  Aksariyat  hollarda 
konni  ishlatishning  dastlabki  davrlarida  haydaladigan  suv  miqdori  1m
3
    olingan 
suyuqlikka  7-8  m
3
  suv  haydashga  to‗g‗ri keladi, keyinchalik bu  miqdor 2-3  m
3
  ga  ( 
har 1m
3
 olinayotgan suyuqlikka) to‗g‗ri keladi. 
Qatlamga haydash uchun ishlatiladigan suv  arzon va ishonchli bo‗lishi lozim, 
chunki qatlamga haydash uchun suv miqdori ko‗p va uzluksiz talab qilinadi. 
Qatlamga  haydaladigan  suvlar  turli  darajadagi  tozalash  jarayonidan 
o‘tkaziladi,  albatta  bunda  o‘sha  suvning  ―ifloslik‖    darajasiga  e‘tibor  berish  kerak 
bo‗ladi. 
Qatlamga  haydalishi  lozim  bo‗lgan  suvlarda  mexaniq  aralashmalar  miqdori 
0,03  kg/m
3
  yoki  30  mg/dm
3
  miqdorda  bo‗lishi  mumkin.  Bunday  suvlarni  yoriqli 
kollektorlarga  haydasa  bo‗ladi.  Lekin  aksariyat  hollarda  ulardagi  mexanik 
aralashmalar  0,15  kg/m
3
  dan  ortmasligi  talab  qilinadi.  Avvallari  bu  ko‗rsatgich  12 
mg/dm
3
    miqdorda  belgilangan.  Romashkino  konidagi  neft  uyumlariga    haydalgan 
suvlarda mexanik  aralashmalar 16mg/dm
3
 gacha bo‗lgan va ularning o‗lchami 10 mk 


gacha,  ulardagi  temir  oksidi  miqdori  1  mg/dm
3
  va  neft  miqdori  50  mg/dm
3
  ga  teng 
bo‗lgan. 
Qatlamga  haydaladigan  suv  turli  mexanik  aralashmalar:  qum,  loyqalardan 
tozalanishi  kerak.  Bunday  tozalash  ishlari  suvni  maxsus  filtr  orqali  o‗tkazish  orqali 
bajariladi. Filtr turli qum donachalardan tashkil topgan qum xovuzlari bo‗lib, undagi 
qumlar  donachalari  o‗lchami  (kattaligi)  pastdan  tepaga  qarab  kichrayib  boradi. 
Filtrdan  o‗tayotgan  suv  tarkibidagi  qumchalar,  loyqalar  va  boshqa  ba‘zi  suvda 
uchraydigan tuzlar unda ushlanib qoladi va toza suv  undan  chiqib ketadi.  
Suvlardagi  mexaniq  aralashmalarning  juda  mayda  donalarini  koagulyantlar 
bilan  yo‗qotish  mumkin.  Bunday  sharoitda  koagulyantlar  yordamida  gillardan  hosil 
bo‗lgan    loyqalarni  bir-biriga  birlashtirishga  (yopishishiga)  erishiladi  va  keyingi 
bosqichda  ularni  filtrlarda  tutib  olishadi.  Bunday  hollarda  koagulyant  sifatida 
alyuminiy  sulfati    keng  qo‗llanadi.  Bunda  u  kalsiy  va    magniniy  ikki  oksidi  bilan 
birlashib,  suvda  o‘sha  moddalarning  yirik  parchalari  hosil  bo‘ladi  va  ular  o‘z 
navbatida  mexaniq  aralashmalarni  ham  biriktirib  oladi.  Bu  reaksiya  quyidagi 
ko‗rinishdadir. 
Аl
2
 (SO
4
)
з
 Са (НСО
з
)
2
 = 3 СаSO
з
 + 2 Аl (OН)
з
 + 6 СО
2
 
 Reaksiya  natijasida  koagulyatsiya  jarayoni  eritmadagi  рН  ko‗rsatgichiga 
bog‗liq  bo‗lib,    рН>7  bo‗lganda  reaksiya  yaxshi  kechishi      aniqlangan.  Bu  holatni 
hosil qilish uchun suvga so‗ndirilgan ohak  Са(ОН)
2
 qo‗shish  bilan erishiladi, ya‘ni 
eritmaning ishqorligi oshiriladi. 
Suv  tarkibida  (qatlamga  haydaladigan)  temir  tuzlari  miqdori    0,0002  kg/m
3
 
bo‗lganda qatlam sharoitida ularning quduq tubiga temir ikki oksidi sifatida o‗tirishi 
kuzatiladi.  Bu  holat  qatlamning  o‗tkazuvchanligini  keskin  kamaytirib,  unda 
mo‗ljallanayotgan  va  olib  borilayotgan  jarayonlarni  mutlaqo  izdan    chiqarishi 
mumkin.  Shuning  uchun  temir  tuzlaridan  suvni  tozalash  tavsiya  qilinadi.  Buning 
uchun  suvga  ohak  solinadi  yoki  unda    aeratsiya  jarayoni  sodir  etiladi.  Bunda  temir 
bikarbonati parchalanib ketadi: 
Fе ( НСО
з
)
2
= Fе (ОН)
2
 + 2 СО
2
 
Temirning  ikki    valentli  gidro  oksidi  aeratsiya  jarayonida  kislorod  bilan 
birikib  uning  uch  valentli  gidro  oksidiga  aylanadi  va  filtratsiya  jarayonida  suvdan 
ajratib olinadi. 
Fе (ОН)
2
 + 2Н
2
О + О
2
 = 4Fе (ОН)
з
 
Shuni  alohida  qayd  qilmoq  lozimki  temir  tuzlari  po‗lat  quvurlarining 
zanglashi natijasida hosil bo‗lishi mumkin va u ham suvlar tarkibida bo‗lib, qatlamga 
haydash  natijasida  ancha  zarar  keltirishi  mumkin.  Bu  holat  ayniqsa  haydovchi 
quduqlarning  mahsuldorligi  past  bo‗lganda  ko‗zga  tashlanadi  va  o‗zining  zararini 
namoyon  qiladi.  Quvurlarning  zanglashini  oldini  olish  uchun  suvlarni  neytrallash 
lozim bo‗ladi. Buning uchun kislotali holatni neytrallash  maqsadida suvga ishqorlar 
qo‗shiladi.  Bunday  holatlarda  quvur  devorlarida  kalsiy  karbonati  hosil  bo‗ladi  va  u 
quvur devorlarini zanglashdan asraydi. 
Suvlardagi  moddalardan  karbonat ajralib chiqishi  yoki suvda erigan  bo‗lishi 
suvning ishqorlik darajasiga bog‗liq bo‗ladi. 
С= Q/ S 


     bu yerda:   Q - suvning karbonat kalsiy bilan munosabatga kirishmasdan 
oldingi umumiy ishqorlik, 
    S  -  cuvning  karbonat  kalsiy  bilan  munosabatga  kirishgandan  so‗ngi 
ishqorligi.  Bu  ko‗rsatgich    birdan  ortiq  bo‗lsa  suvdan    karbonat  ajraladi.  Natijada 
quvurlar devorlari karbonat bilan  qoplanib zanglash jarayonining oldi  olinadi.  Agar 
u ko‗rsatgich birdan kam  bo‗lsa karbonatlar suvda eriydi va suv bilan quvurlar temiri  
reaksiyaga  kirishib  zanglay  boshlaydi.  Bu  ko‗rsatgichni  pH  bilan  ham  boshqarish 
mumkin.  pH  ni  boshqarish  uchun  suvga  kislota  yoki  ishqor  qo‗shish  lozim  bo‗ladi. 
Bu  jarayonlar  ancha  murakkab    bo‗lganligi  uchun  keyingi  vaqtlarda  suv  tarkibini 
normallashtirish maqsadida unga natriy geksametafosfat (NаРО
з
)
6
 qo‗shiladi. 
Qo‗shiladigan  natriy  geksametafosfat  miqdori  tajriba  asosida  aniqlanadi  va 
aksariyat  holda  5  mg/dm
3
    ni  tashkil  etadi.  Bunda  suvning  quvurdagi  harakatini 
o‗rtacha  0,5  m/sek  deb  qabul  qilinadi.  Suvga  natriy  geksometafosfat  qo‗shilganda 
quvurlar devorida temir fosfati  va kalsiy karbonati bilan birgalikda yupqa qavat hosil 
bo‗lib,  u  quvurni    keyingi  zanglash    jarayonidan  saqlaydi.  Natriy  metageksofosfat 
dastlabki vaqtlarda 8-10 mg/dm
3
   qo‗shiladi va  keyinroq uning miqdori 1-3 mg/dm
3
 
gacha kamaytiriladi. 
Shunday qilib, qatlamga haydalishi lozim bo‗lgan suvlar agar qattiq (qatlam 
suvlar)    bo‗lsa,  ohak  qo‗shish  bilan  yumshatiladi,    koagulyatsiya  jarayoni,  temir 
birikmalaridan  xalos  qilish,  suvni  tindirish  va  filtrlash  jarayonilari  yordamida 
tayyorlanadi.  Qatlam  suvlarini  aksariyati,  uning  tarkibida  mavjud  bo‗lgan  neft 
eritmalaridan  toznadi,  bu  ishlar  maxsus  tutqich  (nefttutqich)  larda  amalgaoshiriadi, 
shundan so‗ng qatlam suvlari barcha suvlar o‗tadigan uzok  tozalanish yo‗lini bosib 
o‗tadi. 
Suvlarni  filtrlash  uchun  turli  tuzilishga  ega  bo‗lgan  filtrlardan foydalaniladi. 
Ularning  eng  oddiysi  turli  katta  kichiklikka  ega  bo‗lgan  qumlar  bilan  to‗ldirilgan 
hovuzlardan  iboratdir. Suv yuqoridan pastga qarab harakat qilganda uning  tarkibida 
bo‗lgan turli katta kichiklikdagi moddalar birin-ketin  filtrda ushlab qolinadi. 
Tuymazin  koniga  haydash  uchun    qo‗llanadigan  suvlar  tarkibida 
tozalanmasdan  ilgari  suvda  sizib  yuruvchi  moddalar  miqdori  50-150  mg/dm
3
 
miqdorda  neft,  40-80  mg/dm
3
  miqdorda  temir  tuzlari  mavjud  bo‗ladi.  Ular 
tozalashish (VNII  buyicha) uchun ohak eritmasi aralashtiriladi, suv vertikal ajratgich 
orqali o‗tkaziladi hamda qumli filtrdan  o‗tkaziladi. Bu ishlar bajarilgach suvdagi рH 
ko‗rsatgichi 7,8-8 ga teng bo‗ladi,  uning tarkibidagi neft 0,14 mg/dm
3
 gacha, suzib 
yuruvchi zarralar miqdori 1-10 mg/dm
3
 oraliqda bo‘ladi va shundan so‗nggina o‗sha 
suvlar qatlamga haydaladi. 
Qatlamga  haydash  jarayoni  quduqlar  guruhi  orqali  va  individual  holatda 
bajariladi. 
Buning uchun suv birinchi ko‗targich nasoslari orqali suvni yig‗uvchi joyga, 
undan  ikkinchi  ko‗targich  nasoslari  bilan  suvni  tozalovchi  stansiyaga  jo‗natiladi,  u 
yerda  suv  tozalanib  uchinchi  ko‗targich  nasoslari  yordamida  magistral  suv 
uzatgichlari  orqali  markaziy  suv  havzasiga  jo‗natilib,  ulardan  6-8  tadan  haydovchi 
quduqlari bo‗lgan haydash tarmoqlariga haydaladi va quduqlarga ulanadi. Shu tariqa 
boshqa tarmoqlarga ham suv yetkazib beriladi va butun bir kon haydash uchun  suv 
bilan ta‘minlanadi. 


Har bir quduqqa alohida suv haydash jarayoni esa boshqacharoq bo‗lib, suv 
yig‗gichdan  har  bir  quduqqa  quvur  yo‗llanadi  va  nasos  orqali  qatlamga  suv 
haydalanadi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish