MA’RUZA №7
Qatlamga gaz va erituvchilarni haydash
Ma’ruza rejasi
7.1. Neft uyumiga gaz haydash texnologiyasi
7.2. Neftni unda aralashuvchi eritmalar bilan siqish
Tayanch so‘zlar
Quruq gaz, injeksiya maydoni, injeksiya qudug‗i, quduqlar to‗ri, uglevodorod
gazi.
7.1. Neft uyumiga gaz haydash texnologiyasi
Tarkibida chuchuk suv bilan namlanganda to‗yinib qoladigan gillar miqdori
ko‗p bo‗lgan maxsuldor qatlamga suv haydash bilan qatlam bosimini ushlash
samarasiz hisobdanadi. Haydovchi quduq juda kichik qabul qiluvchanlkka ega bo‗lib,
bunday holatda suvga maxsus ishlov berish va haydash bosimini yuqori bo‗lishini
talab qiladi. Buday holatda kollektor tog‗ jinslari bilan ta‘sirlashmaydigan quriq
uglevodorod gazlarini haydash samarali hisolanadi.
Gaz haydab qatlam bosimini ushlash energetik nuqtainazardan suv haydashga
nisbatan katta energiyaga talab qiladi. Boshqacha qilib aytilganda birlik hajmdagi
neftni suv bilan siqib chiqarishga qaraganda gaz bilan siqib chiqarishda katta
energiya talab qiladi. Bu ikki asosiy sabab bilan izohlanadi.
1.Suv haydashda kerakli bosim haydovchi quduq ustidagi suv, yoki quduq
tanasidagi suv ustinining gidrostatik bosimi orqali hosil qilinadi. Gaz haydashda,
gazning zichligi suvning zichligidan sezilarli past bo‗lib, gaz ustunining gidrostatik
bosimi kichik (suvnikidan taxminan 7-15 marta kichik) bo‗ladi. Shuning uchun kerak
bo‗lgan quduq tubi bosimini hosil qilishda quduq ustidagi bosimni (haydash
bosimini)ko‗tarish orqali amalga oshiriladi va bu qatlamga gaz haydashda energiya
sarfining ortib ketishiga sabab bo‗ladi.
2. Gaz haydashda uning siqiluvchanligi yuqori bo‗lganligi sababli kerak
bo‗lgan gaz hajmini quduq tubi bosimigacha siqish zarur bo‗lib, bu ko‗p energiya
sarflanishiga olib keladi. Suv haydashda uning ―qattiqlik‖ xususiyatidan kelib chiqib,
siqishga ketadigan energiya nolga teng bo‗ladi.
Bundan tashqari haydalgan gazning bir qismi neft tarkibida erib, umumiy gaz
haydash hajmini ortiradi.
Shuning uchun gaz haydab qatlam bosimini ushlash, qatlam bosimi kichik
bo‗lgan yoki kichik chuqurlikdagi konlarda qo‗llash keng tarqalmagan.
Faqat qatlam bosimini o‗zining holatida ushlash maqsadida qatlamga haydash
uchun kerak bo‗lgan gazning hajmi qatlam sharoitiga keltirilgan qazib olingan neft,
suv va gaz hajmiga teng bo‗ladi.
Qatlam bosimini ushlash uchun kerak bo‗ladigan kompressorlar haydaladigan
gazning umumiy sarfi va quduq usti bosimiga ko‗ra tanlanadi.
Konning o‗zida yoki yaqin atrofdagi yuqori bosimli gaz manbaidan ham
qatlam bosimini ushlashda qo‗llash mumkin bo‗ladi. Bu kapital qo‗yilmalarining
kamayishini taminlaydi, kompressor stansiyalarini qurishni taqazo etmaydi va gazni
qatlamga haydash xarajatlarini kamaytiradi.
Neft beraoluvchanlikni oshirish uchun neft uyumiga gaz haydash texnologik
sxemasi uyumga suv bostirish prinsipiga o‗xshash bo‗ladi. Ishchi agent (gaz,
havo)injeksiya quduqlar orqali haydalib, qoldiq neftni oluvchi quduqlar tomon
haydaydi. Uyumning barcha qismiga teng ta‘sir qilishi uchun quduqlar uchburchak
yoki to‗rtburchak ko‗rinishida maydon bo‗ylab geometrik teng taqsimlangan to‗r
ko‗rinishida joylashtirish taqozo etadi. Alohida injeksiya maydoni yetti yoki o‗n
nuqtali ko‗rinishida joylashtirilib, injeksiya quduqlari tizimnin markazida
joylashtiriladi. Bunda injeksion va ishlatuvchi quduqlar nisbati 1:2 va 1:3 bo‗ladi.
Odatda o‗rtacha nisbat 1:4 dan 1:10 gacha olinadi.
Haydaluvchi agent va neftning qatlam sharoitidagi zichligi sezilarli farq
qilishi mumkin. Bunday holatda haydalayotgan gaz, tog‗ jinsi kichik gazga to‗yingan
bo‗lsada uyumning neftga to‗yingan qismdan oluvchi quduqqa tomon yorib o‗tishi
kuzatiladi. Uyum juda qalin bo‗lsa gaz asosan uyumning yuqorisida harakatlanishi
kuzatiladi, uyumning bir xil tog‗ jinslaridan tuzilmaganligi evaziga neftni siqib
chiqarmasdan aylanma yo‗llar bilan yorib o‗tadi. Bunda ishchi agent solishtirma sarfi
suv bostirishdagidan katta bo‗ladi.
Mavjud quduqlar to‗ri uchun maydon injeksion va ishlatuvchi quduqlar
nisbati bo‗yicha qator injeksiya maydonlariga shartli ravishda ajratiladi. Bu nisbat
quduqlar orasidagi masofa, uyumning o‗tkazuvchanligi va bir xil tog‗jinslaridan
tuzulganliliga qarab olinadi. O‗tkazuvchanligi yuqori va bir xil tuzilishli tog‗ jinsidan
tuzilgan uyumlarda bir injeksiyaga birnechata ishlatuvchi quduqlar yoki teskarisi
olinadi.
Belgilangan har bir injeksiya maydoni markaziga injeksiya quduqlarini
joylashtirish kerak bo‗ladi. Bu qudqlarni har bir injeksiya maydonidagi quduqlarga
ta‘sir qilishi ko‗zda tutiladi. Bunday quduqlarga quyidagi talablar qo‗yiladi:
-faqat ko‗zda tutulgan obektni ochilish va barcha yuqorida yotgan g‗ovak
kollektorlarni ishonchli izolyasiya
qilinishi talab qilinadi;
-quduq mustahkamligi ta‘minlanadi (tizmalar, sement xalqa);
-quduq tubi qismining juda ifloslanishiga yo‗l qo‗yilmasligi.
Ko‗rilayotgan quduqlar ichidan mahsuldorligi past quduqni tanlash taqazo
etadi.
Quduqning mahsuldorligining pastligi uyumning quduq ochgan qismi
o‗tkazuvchanligi pastligi evaziga ro‗y beradi, shuning uchun qoldiq neftni
maxsuldorligi yuqori quduq tomon siqish yaxshi samara beradi. Eski ishlatuvchi
quduqlar ichidan injeksiya quduqlarini tanlash qiyin bo‗lsa maxsus yangi injeksiya
qudug‗ini burg‗ilash talab qilinadi.
Gazni uyumga haydash ishlatuvchi obekt yuqori chugarasidan pakerlangan
kichik diametrli (60-89mm) NKQ lardan amalga oshirilsa yaxshi hisoblanadi. Bu
ishchi agen yo‗qotilishini sezilarli kamaytiradi va asosan eski quduqlarda
mustahkamlovchi quvurlar tizmasini himoya qilinishini taminlaydi.
Eski ishlatuvchi quduqlar foydalanishdan oldin tayyorlashda astoydil
yuvilishi va qum-loyli tiqinlar, iflosliklardan, parafin cho‗kindilaridan tozalash talab
7.Ishlatuvichi quduqlar maxsuloti tarkibida havoning bo‗lishi barqaror
emulsiya hosil bo‗lishiga sabab bo‗ladi.
Ishchi agent sifatida havoning qo‗llanilishida yuqorida ko‗rsatilgan
kamchiliklari hamma vaqt ham kuzatilmaydi. Ishchi agent sifatida qo‗laniladigan
quriq gaz manbasi mavjud bo‗lgan holatlardagina havoni qo‗llash tavsiya qilinmaydi.
Alternativ ishchi agent sifatida ichki yonuv dvigatelidan chiqqan gaz yoki
sanoat tutun gazlaridan yoki ularning havo bilan aralashmasidan foydalanish ham
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: