201
1-jadval tahlili shuni ko‘rsatdiki, moliyaviy
hisobotning xalqaro
standartlari qonunchilik shakllariga emas, balki amalga oshirilgan ope-
ratsiyalarning iqtisodiy mohiyatiga asoslanadi,
chunki Moliyaviy hiso-
bot xalqaro standartining asosiy tamoyili iqtisodiy mazmunning shakl-
dan ustunligi hisoblanadi. Milliy standartlar buxgalteriya hisobining
texnik tomonini va barcha buxgalteriya operatsiyalarini hujjatlashtirishni
qat'iy tartibga soladi. Bu xorijlik investorlar uchun zarur axborot muhi-
tini ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatlarini
kengaytirishga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Bundan tashqari, moliyaviy hisobot xalqaro standartlaridan foyda-
lanish quyidagi sabablarga ko‘ra bo‘lishi mumkin:
- qonuniy
talablar;
- investorlarni izlash;
- korxonalarning investorlar va mijozlar uchun jozibador bo‘lishga
intilishi;
- xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan ishonchli
va tushunarli moliyaviy ma'lumotlarga bo‘lgan ehtiyoj;
- muayyan moliyalashtirish yoki hamkorlik shartnomalarini tuzish
va bajarilishini tasdiqlash uchun zarur shart.
Shuningdek, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish
korxonalarga katta afzalliklarni beradi. Ulardan asosiylari quyidagilar-
dan iborat:
- xorijiy investorlarning ishonchini oshirish;
- investitsiyalar va yuqori malakali mutaxassislarni yanada
kengroq
jalb qilish imkoniyati;
- yanada toza va ochiq ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va
O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga hissa
qo‘shish.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining milliy buxgalteriya
hisobi standartlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha
ishlar
davom
ettirilmoqda.
2020-yil
24-fevralda
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Moliyaviy
hisobot xalqaro
standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
4611-son qarorida moliyaviy hisobot xalqaro standartlarini korxonalarda
joriy etish jarayonini tubdan qayta ko‘rib chiqish belgilangan:
- moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga ixtiyoriy o‘tish;
202
- 2021 yildan boshlab
aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari,
sugʻurta tashkilotlari, yirik soliq toʻlovchilar qatoriga kiritilgan yuridik
shaxslar uchun BHMSga majburiy oʻtish nazarda tutilgan [3].
Xalqaro standartlarni qo‘llash sharoitida
moliyaviy hisobotni
yanada takomillashtirish uchun quyidagilar zarur:
1. Moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga muvofiq milliy buxgal-
teriya hisobi standartlarini yanada uyg‘unlashtirishni amalga oshirish.
2. Korxonalarning moliyaviy va buxgalteriya xizmatlari xodim-
larini “Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari” kurslari bo‘yicha o‘qitish
va xalqaro sertifikatlar olish. Moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga
muvofiq samarali sertifikatlashtirish tizimining joriy etilishi buxgalteriya
hisobi va audit sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada
kengaytirishga olib keladi.
3. “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha oliy ta’lim
muassasalarining ta’lim dasturlari mazmuniga moliyaviy hisobot xalqaro
standartlarini chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan konseptual o‘zgarish-
larni kiritish.
4. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari pedagog kadrlarini qayta
tayyorlash va malakasini oshirish.
5. Oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va professional
buxgalter va auditorlar malakasini oshirish dasturlari sifatini monitoring
qilish.
Shunday qilib, O‘zbekistonda buxgalteriya hisobi va moliyaviy
hisobot tizimini xalqaro standartlar asosida yanada isloh qilish bo‘yicha
yuqoridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi
milliy iqtisodiyotni
modernizatsiya va liberallashtirishda buxgalteriya hisobi tizimining
rolini sezilarli darajada oshiradi. Bizning fikrimizcha, kelgusi yillarda
yanada tubdan texnologik o‘zgarishlarni
kutish kerak, bu esa mos
ravishda moliyaviy hisobotni rivojlantirish tendentsiyasiga ta'sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: