Тошкент “транспорт ва логистика: республика транспорт-транзит салоҳиятини ривожлантиришда рақамлитехнологиялар”



Download 17,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/437
Sana20.07.2022
Hajmi17,03 Mb.
#828940
TuriСборник
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   437
Bog'liq
TЛ Конференция 1188 стр

 


197 
Adabiyotlar 
 
1.
To contact the Policy Department or to subscribe to updates on 
our work for the TRAN Committee please write to: Poldep-
cohesion@ep.europa.eu 166 bet Manuscript completed in November 
2020 © European Union, 2020 
2.
Urban transportation challenges and way forwardA Report by 
INAE Forum on Civil Infrastructure 195 bet
3.
С.В. Жанказиев. Интеллектуальные транспортные системы. 
учебного пособия МАДИ. 2016 117 стр. 
Tursunova Nigora Xusnidinovna
(Toshkent davlat texnika universiteti, katta o‘qituvchi) 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MILLIY HISOB 
TIZIMIGA XALQARO MOLIYAVIY HISOBOT 
STANDARTLARINI TADBIQ ETISH ISTIQBOLLARI 
Tadqiqotning maqsadi xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini 
qo‘llash kontekstida korxonalarda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisob 
tizimini o‘rganish, ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan eng dolzarb 
va muhim muammolarni aniqlash, uni amalga oshirish va takomillashtirish 
bo‘yicha asosiy yo‘nalish va tavsiyalarni aniqlashdan iborat. 
Tadqiqot ob'ekti - xalqaro standartlarni qo‘llash sharoitida moli-
yaviy hisob tizimi, tadqiqot predmeti - buxgalteriya hisobi va moliyaviy 
hisob tizimini tartibga solish usullari. Tadqiqot usuli - tahlil, tizimli 
yondashuv, taqqoslash usuli, umumlashtirish. 
Ilmiy tadqiqot muammosi: milliy buxgalteriya hisobi va xalqaro 
standartlarning yaqinlashuvi sharoitida ular o‘rtasidagi uslubiy va 
amaliy farqlarni aniqlash va bartaraf etish, moliyaviy hisobotning asosiy 
elementlarini baholashning oqilona usullarini aniqlash zaruriyati. 
Zamonaviy iqtisodiy integratsiya sharoitida ko‘plab mamlakatlar 
kompaniyalari, korxonalari, tashkilotlari o‘rtasida aloqalar o‘rnatiladi. 
Ushbu xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar moliyaviy hisobotni tushunishlari ke-
rak, chunki u moliya va buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro til bo‘lib, 
uni kelib chiqishidan qat'iy nazar, barcha vakolatli manfaatdor foy-


198 
dalanuvchilar tushunishi kerak. Aks holda, jahon iqtisodiyoti ishtirok-
chilari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar imkoniyati yo‘qoladi. Bu esa xalqaro 
hamkorlik sub’ektlarini bir-biriga qarama-qarshi bo‘lmagan tamoyillar va 
qoidalar asosida moliyaviy hisobotlarni tayyorlashga majbur qiladi. 
Shu munosabat bilan, moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda qo‘lla-
niladigan buxgalteriya hisobi tamoyillarini shakllantirish maqsadida, 
1973 yilda 10 ta yirik davlat - AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, 
Fransiya, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Irlandiya, Gollandiya va 
Meksikaning buxgalteriya hisobi va audit Assotsiatsiyalari tomonidan 
Xalqaro Moliyaviy Standartlari Qo‘mitasi (IASC - International 
Accounting Standards Committee) tuzilgan [1, 15].
Xalqaro moliyaviy standartlar qo‘mitasining asosiy maqsadi - 
universal moliyaviy hisobot standartlarini yaratish orqali moliyaviy 
dunyoda barqarorlik va shaffoflikni saqlashdir. Hozirgi vaqtda 40-tadan 
ortiq shunday standartlar ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan, 
jumladan, Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari asosida ma'lum bir 
tashkilotning pozitsiyasini, uning joriy faoliyati va istiqbollarini osongi-
na baholash hamda investitsiyalarning oqilonaligi va ulardan potentsial 
daromad olish imkoniyati mavjud bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasining milliy moliya tizimida Moliyaviy 
hisobot xalqaro standartlari paydo bo‘lishining asosiy sabablari mahalliy 
korxonalar faoliyatining shaffofligini ko‘rsatishga intilish edi. 
Xalqaro moliyaviy standartlar qo‘mitasining asosiy maqsadi uni-
versal moliyaviy hisobot standartlarini yaratish orqali moliyaviy dun-
yoda barqarorlik va shaffoflikni saqlash va xalqaro darajaga chiqishdir.
Bugungi kunga kelib, Respublikamizga Moliyaviy hisobot xalqaro 
standartlarini tatbiq etish uchun uyg‘unlashtirish yo‘li tanladi, bu esa 
xalqaro qoidalarning milliy buxgalteriya hisobi tizimlarining amalda 
qo‘llanilgan an'anaviy standartlari bilan "yaqinlashishini" nazarda tutadi. 
O‘zbekistonda buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BXMS) 
mavjud bo‘lib, ularning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi buxgalteriya 
hisobi va moliyaviy hisobot tizimidagi qator muammolarni hal qilishga 
imkon berdi: 
- buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning shaffofligini 
oshirish; 
- yangi hisobot shakllari paydo bo‘ldi va amaldagi hisobot 
shakllarining ustuvorligi o‘zgardi; 


199 
- ishonchli prognoz uchun hisobot ma'lumotlarining etarliligi; 
- moliyaviy ma'lumotlarning milliy miqyosida ham, xalqaro 
miqyosida ham taqqoslanuvchanligini oshirish; 
- korxonaning haqiqiy holatini va uning faoliyati natijalarini 
buxgalteriya hisobi usullari bilan aks ettirish va boshqalar. 
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida ham milliy, ham xal-
qaro standartlar bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni tuzishning kontseptual 
asoslari bir-biriga zid bo‘lmasa-da, buxgalteriya hisobining milliy stan-
dartlari va Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining bosqichma-bos-
qich yaqinlashuvi kuzatilmoqda. 
Ammo ikkala tizimning standartlari o‘rtasida ularni taqdim etish 
uslubi, matn uzunligi va tushuntirishlar bilan bog‘liq sezilarli farqlar 
mavjud. 
Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish misolidan foydalanib, xalqaro 
standartlar va O‘zbekiston Respublikasining milliy standartlari o‘rtasi-
dagi farqlarni ko‘rib chiqamiz (1-jadval). 
1-jadval 

Download 17,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish