145
yetishmovchiligi o‘zgaradi (havoning quruqligi ortadi). Havoning nisbiy
namligi 100% bo‘lganida gruntdan bog‘lanish yuz bermaydi, ya’ni
havoning suv bug‘lari bilan to‘yinishi to‘xtaydi. Shamolning kuchi
qancha katta bo‘lsa, bug‘lanish shuncha katta bo‘ladi, shunga bog‘liq
holda havoning harakatlanishida yer yuzasiga yaqin qatlamning suv
bug‘lari bilan to‘yinishi yuz bermaydi
Gruntli asosda namlikni o‘zgarishi uning mustahkamligiga sezilarli
ta’sir qiladi. Mustahkamlik va uning yuklama bilan o‘zaro ta’sirini
tadqiqot asosidagi gruntning namligi qattiq
plastik holatining yuqori
chegarasidan yuqori bo‘lmasligini va
ga teng bo‘lishini ko‘rsatadi
(
- gruntning oquvchanlik chegarasidagi namligi). Yo‘l poyining suv-
issiqlik tartibining ko‘rsatkichi bo‘lib: gruntni suvga to‘yinish darajasi,
haroratning farqi natijasidagi namning migratsiyasi, grunt suvining sathi,
yo‘l to‘shamasining issiqlik saqlovchi qatlami va boshqalar hizmat
qiladi. Gruntli asosning elastiklik modulining absolyut qiymati yo‘lning
har hil mavsumlarida har hil bo‘ladi.
Elastiklik modulining hisobiy ko‘rsatkichi yo‘l
poyining suvga
to‘yinishini chegaraviy qiymatini hisobga olib qabul qilinadi. Harorat
tartibi-bu yo‘l to‘shamasining har hil nuqtalaridagi haroratning vaqt
davomida qonuniyat bilan o‘zgarishidir. U yer qobig‘i qatlami oldidagi
havoning haroratini funksiyasi hisoblanadi. Harorat tartibi bilan yo‘l
poyi gruntining va yo‘l to‘shamasi materialining namligini o‘zgarishi
o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Havoning haroratini kamayishi bug‘lanishni
kamayishiga, kuz vaqtida gruntlarni o‘ta namlanishiga olib keladi.
Gruntlarning haroratini yillik o‘zgarishi ikki davrga bo‘linadi: haro-
ratning otrishi va uning kamayishi. Kuzda uncha uzoq bo‘lmagan vaqtda
haroratning muvozanat davri kuzatiladi. Gruntning harorati havoning
haroratiga nisbatan ko‘proq turg‘un bo‘ladi.
Shuning uchun gruntda
manfiy haroratni boshlanishi havoga nisbatan bir muncha kechikadi.
Joyning turi avtomobil yo‘llarining yo‘l to‘shamasi va yo‘l poyini
loyihalashda hisobga olinuvchi va asosiy omil bo‘lib hisoblanuvchi yuza
oqimi va namlanish holatini tavsiflaydi.
O‘zbekiston Respublikasining hududi SHNQ 2.05.02-07 Avtomobil
yo‘llari bo‘yicha namlanish manbalari 3 turga bo‘linadi [4]. Bunda
namlanish manbalariga: 1) atmosfera yog‘inlari; 2) qisqa muddatli (30
sutkagacha) turuvchi yuza suvlar, atmosfera yog‘inlari; 3) yer osti va uzoq
(30 sutkadan ortiq) turuvchi yuza suvlar, atmosfera yog‘inlari kiradi.
146
Yer osti suvlari gruntning yuqori qatlamini namlanishiga ta'sir
qilmaydi, agar uning satxi muzlash chuqurligidan pastda yotsa. Gillarda,
og‘ir changli suglinokda 2 m; yengil changli suglinok va og‘ir chang-
lilarda – 1,5 m; yengil supeslarda, yengil yirik va changli qumlarda – 1,0
m. Yo‘l uchun ajratilgan mintaqalarda qiyalik 2 ‰ dan ko‘p bo‘lsa yuza
oqimi ta'minlangan bo‘ladi. Joylarning namlanishini tabiiy sharoit bel-
gilaydi. Iqlimni ta'siri joylardagi tabiiy omillar: joyning relefi, geologik
tuzilishi (gruntlarning tasnifi va etish sharoiti) va grunt suvlarining etish
chuqurligi bilan shakllantiriladi. Iqlim sharoitini o‘zgaruvchanligi nam-
lanishni umumiy tavsifini buzmaydi, ammo gruntlardagi nam miqdorini
son jihatidan belgilaydi, yani uni namlanish darajasini shakllantiradi.
Joylarning namlanishida uning relefi muhim ahamiyatga ega.
Relef bir
tomondan issiqlik va yorug‘likni tarqalishini belgilaydi, ya'ni gruntni
quritadi, boshqa tomondan - atmosfera yog‘inlarini tarqatadi.
Shuningdek, joyning namlanishida uni geologik tuzilishi muhim
ahamiyatga ega, u gruntning turini va etish tavsifini, shuningdek namni
shimilish sharoitini belgilaydi.
Gruntlarni namlanishida yer osti suvlarini ta'siri ularni er yuzasidan
yotish chuqurligiga va ular ustida yotuvchi grunt qatlamining qalinligiga
bog‘liq bo‘ladi [5]. Yo‘l poyida o‘ziga xos suv-issiqlik tartibi
shakllanadi. Yo‘l poyining suv-issiqlik tartibiga atrof muhitning ta'sirini
chegaralash uchun maxsus muhandislik yechimlaridan foydalaniladi. Bu
yechim suv-issiqlik tartibini boshqaradi va yil mavsumidan qat'iy nazar
yo‘l konstruktsiyasini
mustahkamligini belgilaydi, ya'ni yo‘l poyini
loyihalashni asosiy jihatini: "o‘lchamlarni o‘zgarmasligini, yo‘l poyi va
yo‘l to‘shamasining turg‘unligi va mustahkamligi va ta'minlash, va
umuman joyning ob-havo-iqlim sharoitini o‘zgarishiga bog‘liq
bo‘lmagan holda yo‘ldan foydalanishning hamma muddatida yo‘l
konstruktsiyasining umumiy holatini" ta'minlaydi [5].
Yo‘l poyini loyihalash va qurishda, yo‘ldan foydalanish davrida
yo‘l poyi mustahkamligiga salbiy ta'sir qiluvchi va qurilish davrida
ishlab chiqarishni hamda ishni tashkil etishni murakkablashtiruvchi qu-
yidagi tabiiy sharoitlarning xususiyatlarini hisobga olish kerak bo‘ladi,
jumladan: havo va er yuzasi grunti
namligining umumiy etishmov-
chiligi, uning yuqorigi ishchi qavatida to‘liq qurishdan o‘ta namlanish-
gacha bo‘lgan texnologik xususiyatlarining mavsumiy o‘zgarib turishi;
147
namlanish va zichlanish darajasiga qarab o‘zining mustahkamlik
va texnologik xususiyatlarini keng miqyosda o‘zgartiruvchi ayrim grunt
turlarining (lyoss, lyossimon gruntlar, sho‘rhok gruntlar, sho‘rhoklar)
keng tarqalishi; yerlarni sun'iy sug‘orish va bunga bog‘liq yerr yuzasiga
yaqin bo‘lgan yer osti suvlari. Shuningdek, shart-sharoitlarning qiyinligi
va mahalliy gruntlarning yetishmovchiligi
sababli yerlarning yuqori
bahosi; yo‘l poyini qurishdagi ikki hil noqulay sovuq (qishki) va issiq
(yozgi) davrning borligi. Me’yoriy xujjatlarda belgilangan yo‘l poyining
yer osti suvlari satxidan eng kam ko‘tarilishi talablari bajarilganida
yo‘llardagi buzilish va deformasiyalarning oldi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: