Адабиётлар
1.
https://stat.uz/images/uploads/docs/qurilish_yanvar_dekabr_uz.p
df Мурожаат санаси 08.04.2021
2.
https://lex.uz/docs/4207834 Мурожаат санаси 05.02.2020
3.
https://stat.uz/uploads/docs/yalpi_ichki_maxsulot_uz_sen.pdf
Мурожаат санаси 31.10.2020
Qobulov J.R. (Toshkent davlat transport universiteti.,
t.f.n., professor v.b., Yuk transport tizimlari kafedrasi mudiri)
Xayrullaev D.M. (Toshkent davlat transport universiteti.,
magistratura talabasi)
“YO‘LREFTRANS” AJ FAOLIYATI VA VAGONLARNI
TO‘XTAB TURISHINI ME’YORINI BAJARMAGANLIK
UCHUN JAVOBGARLIK MEYORLARI VA TARIFLARI
“Yo‘lRefTrans” Aksiyadorlik Jamiyati davlat mulkchilik shaklida
tashkil topgan bo‘lib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiya-
tinig boshqarma yo‘nalishlaridan birga kiradi.
“Yo‘lRefTrans” AJda halqaro sifat menejmenti ishga tushurilgan
va ISO 9001-2008 tizimi talablari bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib,
914
tez aynidigan oziq ovqatlarni saqlash va tashish refrejerator bo‘linmalari
ishga kiritilgan va xizmat sifatlari oshirilgan.
“Yo‘RegTrans” AJning asosiy hizmat ko‘rstish yo‘nalishlaridan
bu, MDX va Boltiq bo‘yi davlatlariga tez aynidigan maxsulotlarni
izotermik bo‘linmalarda harorat darajasini nazorat qilib yetkazib berish.
Izotermik vagon bo‘linmalar birnchi navbatda tez aynidigan (meva
va sabzavotla, poliz ekinlari va boshqa maxsulotlar) haroratini bir
maromda saqlash kerak bo‘lgan maxsulotlarni tashishga ishlatiladi.
“Yo‘lRefTrans” AJ quyidagi hizmatlarni ham ko‘rsatadi:
- MDX davlatlari hududlari bo‘lab yuklarni tashish;
- mijozlarning talab-hohishi bilan yuk ortishga 4-tali yuk vagonlari
va qisqartirilgan (uzaytirilgan) refrijirator bo‘linmalari vagonlarini
yuklashga tayorlab berish;
- kelishuvga asosan refrejerator bo‘linmalarini o‘tkazishni nazorat
ostiga olish va mijozlarni xabardor qilib borish;
- vagonlarning yuklarini belgilangan manziliga kuzatib borish;
- O‘zbekiston hududi bo‘yilab (mijozlar bilan kelishuv asosida)
izotermik vagonlarda yuklarni tashish bo‘yicha eng kam tarif stafkalarini
taqdim etish;
Yuk jo‘natuvchilarga Toshkent-tovarniy, To‘qimachi, Jomboy,
Samarqand bekatlarida to‘htab turish joylarida elektr-ta’minoti bo‘yicha
maxsus sharoitlar tashkil qilingan. Yangiyo‘l bekatining to‘htab turish
joyida ham refrejerator bo‘linmalarini elektr-ta’minoti bo‘yicha ishlar
olib borilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan bekatlarda yuk ortish mayonchalari,
yoritish uskunalari va avtomobil yo‘laklari tayorlab qo‘yilgan.
Imtiyozli tariflar:
- MDX davlatlarida, Gruziya, Estoniya Respublikasi va Latviya
Respublikalarida yetishtirilib chiqarilgan barra mevalar va poliz ekin-
larini tashishda va temir yo‘llar tarifi kelishuviga a’zo temir yo‘l bekat-
lardan yuborilgan refrejerator bo‘linmalariga tarif bo‘yicha 0,6
koefitsenti qo‘llaniladi;
- 0,85 koefitsenti, beshta yuk vagoni va bitta dizel-genirator
refrejirator bo‘linmalarida qo‘llaniladi;
-refrejirator vagonlarida eksportga tashilayotgan tez aynidigan
maxsulotlar “O‘TY” AJ yo‘nalishi bo‘yicha 100 km dan ortiq masofaga
0,75 koefitsenti qo‘llaniladi.
915
Sanoat-temir yo‘l transporti tariflari hisob-kitobi asosiga ularni
haqiqiy zarur mehnat va moddiy-texnika resurslariga xarajatlarga asos-
langanlik tamoyili qo‘yiladi. Qatnov turlariga ko‘ra tariflar to‘g‘ridan-
to‘g‘ri temir yo‘l, aralash holda (boshqa transport turlari ishtirokida) va
xalqaro qatnovlar uchun belgilanadi.
Harakatning tezligiga bog‘liq holda katta yoki yo‘lovchi poezdlari
tarkibida yuk tezligi bilan tashish uchun turli xil tariflar belgilangan.
Yuk tezligi – bu tarkiblarni yo‘lda qayta shakllantirish bilan, “yashil
ko‘cha” harakati taqdim qilinmaydigan oddiy tezlik. Katta tezlikda
qimmatbaho va tez buziladigan yuklar yuk tarkiblarida “yashil ko‘cha”
bo‘ylab; shuningdek yo‘lovchi poezdlarining bagaj yoki yuk vagonlarida
tashiladi.
Bazaviy preyskurantga temir yo‘l va mijoz o‘rtasida tuzilgan
shartnomada belgilanadigan qo‘shimcha haq evaziga ko‘rsatiladigan
xizmatlar kirmaydi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ichki va xal-
qaro (shu jumladan tranzit) yuk tashish uchun respublika temir yo‘llari
tarif siyosatini taqdim qiluvchi hujjatlari hisob-kitob uchun asos bo‘lib
xizmat qiladi. Bu hujjatlar bilan tanishish uchun ularni kompaniyaning
rasmiy saytidan yuklab olish mumkin. Biroq oxirgi hisob-kitob uchun
baribir mutaxassislarga murojaat qilish zarur.
Temir yo‘l shoxobcha yo‘liga temir yo‘lining lokomotivida xizmat
ko‘rsatilganida, aniqlangan ortish va tushirish muddati ushbu shoxobcha
yo‘l uchun vagonlarni to‘xtab turish me’yori (quyida to‘xtab turish
me’yori deb yuritiladi) sifatida belgilanadi. Temir yo‘li shoxobcha
yo‘liga temir yo‘lining lokomotivida xizmat ko‘rsatilganida vagonlarni
to‘xtab turish vaqti, vagonlarni ortish yoki tushirish joyiga haqiqiy olib
kirib berilgan paytdan boshlab toki vagonlarni olib chiqishga tayyorligi
haqida stansiya tashkilotdan yoki jismoniy shaxsdan xabar olgan payt-
gacha hisoblanadi.Tashkilot yoki jismoniy shaxslar tasarrufidagi temir
yo‘l shoxobcha yo‘liga shoxobcha egasining lokomotivida xizmat ko‘r-
satilganida, aniqlangan vagonlarning aylanish muddati muayyan temir
yo‘l shoxobcha yo‘liga me’yor sifatida belgilanadi, lekin amliyotda bu
me’yor vagonlarning aylanish muddati deb yuritiladi. Temir yo‘li
shoxobcha yo‘liga shoxobcha yo‘l egasining lokomotivida xizmat
ko‘rsatilganida vagonlarni to‘xtab turish vaqti, vagonlarni chiqarib
qo‘yiladigan yo‘lda temir yo‘li topshirgan paytidan boshlab toki ushbu
yo‘lda shu vagonlarni qabul qilib olgan paytgacha hisoblanadi.Temir
yo‘l shoxobcha yo‘lida vagonlarni bo‘lgan (turgan, yurgan va h.k.) vaqti
916
nomerli usulda hisob qilinadi. Vagonlarni olib kirib berish va olib
chiqish qaydnomasi stansiyaning tovar idorasida GU-45 shakildagi
qabul qiluvchi topshiruvchi esdaligi (quyida esdalik deb yuritiladi)
asosida tuziladi (yuk ishlari katta hajmlarda bo‘lganida aslicha varoq
asosida ham tuzish mumkin).
Vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish qaydnomasini uch nus-
xada tuziladi: birinchi va ikkinchi nusxalar tegishli “Tashish xujjatlarini
qayta ishlash bo‘yicha Texnologik Markaz (TexPD)” ga taqdim etiladi,
uchinchi nusxa esa tashkilotga yoki jismoniy shaxsga beriladi. TexPD
qaydnomasini qayta ishlagandan so‘ng ikkini nusxasini stansiyaga
qaytarib yuboradi. Agar stansiyada qabul qiluvchi topshiruvchi esdaligi
yuritilsa, vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish qaydnomasini har
kuni stansiyaning va tashkilotning vakili, jismoniy shaxs imzolashlari
kerak. Qabul qiluvchi topshiruvchi esdaligi yuritilmaydigan stansiyalar-
da vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish qaydnomasini stansiya-
ning va tashkilotning vakili, jismoniy shaxs vagonlarni topshirish
paytida imzolashlari kerak[1].
Stansiya tarafidan qaydnomani katta tovar kassiri, u bo‘lmagan
joyda stansiya boshlig‘i yoki uning movuni imzolaydilar. Tashkilot
tomonidan qaydnomani tashkilotning rahbari va bosh (katta) hisobchisi
imzolagan va muhir bilan tasdiqlangan ishonchnoma bo‘yicha tashkilot-
ning vakolatli xizmatchisi imzolaydi. Tashkilot vakili qaydnomada
ko‘rsatilgan ma’lumotlardan norozi bo‘lgan taqdirda ham qaydnomani
imzolashi kerak va unda o‘z mulohazali fikrlarini yozib qo‘yadi.
Temir yo‘l shoxobcha yo‘lida vagonlarni to‘xtab turishini hisobga
olish va vagonlarni belgilangan muddatlaridan ziyod to‘xtab turish
uchun jarimalarni hisobash universal vagonlar bo‘yicha, maxsus
vagonlar va izotermik vagonlar bo‘yicha vagonlarni olib kirib berish va
olib chiqish qaydnomasi bo‘yicha alohida amalga oshiriladi.
Yuk oluvchilar o‘z vaqtida yuklarni tushirib olmaganliklari va ta-
shib ketmaganliklari sababli temir yo‘lining mintaqaviy bo‘linmasi
boshlig‘i temir yo‘l stansiyada yoki temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida
belgilangan muddatlaridan 24 soatdan ziyod ushlanib qolingan vagon-
larning to‘xtab turishi uchun jarimani ikki karra miqdorida oshirish
huquqiga ega bo‘ladilar[1].
Oshirilgan jarima bu haqida stansiyada e’lon osib qo‘yilganidan
keyin 24 soatdan so‘ng amalga kiritiladi. 24 soatdan ziyod ushlanib
qolingan vagonlarning to‘xtab turishi uchun oshirilgan jarima yukni
917
tushirish uchun vagonlarni belgilangan muddatidan ziyod to‘xtab
turishining birinchi soatidan boshlab hisoblanadi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisining 06.12.07 y. № 403-N
buyrug‘iga [3] asosan 1-yanvar 2008 yil soat 00 dan e’tiboran temir yo‘l
stansiyalarida yoki temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida yuk oluvchilarning
vostialarida yuklarni tushirish uchun olib kirib berilgan MDH va Boltiq-
bo‘yi davlatlari temir yo‘l ma’muriyatlarining tasarrufidagi vagonlarni
belgilangan normativ muddatlardan 24 soatdan ortiq to‘xtab turishlari
uchun jarima sanksiyalarining summalarini ustma hisoblash 10 koeffit-
sientidan foydalanib amalga oshiriladi [2].
Do'stlaringiz bilan baham: |