82
tajribaning ko‘rsatishicha, yangi tizimda kerakli deb topilgan tashkiliy-
tarkibiy o‘zgarishlarni bevosita amalga oshirish boshqaruvning axborot
tizimi dasturiy-texnik ta’minotini yangi tashkil etilayotgan tuzilmaga
moslashtirishdan ko‘ra osonroq kechadi. Odatda,
dasturiy-texnik
ta’minotning bu kabi qayta loyihalashtirilishi (modernizatsiyalash,
reinjiniring)
axborot
texnologiyalari
sohasida
ishlaydigan
mutaxassislarning bir necha muddat (oylar va ba’zida yillar) jiddiy va
mustaqil ishlashini talab qiladi. Ushbu davrda amalga oshirilayotga
elektron axborot tizimdan qandaydir yoki nimanidir boshqaruv vositasi
sifatida foydalanish mumkin bo‘lmaydi. Internet kompaniya
integratsiyalashgan boshqaruvining axborotlashgan elektron tizimida
faoliyat yuritayotgan tashkilot uchun tizimni tarkibiy-tashkiliy jihatdan
qayta tashkil etish boshqaruv muammosini
murakkab texnik masalaga
aylantirib yuboradi. Hozirgi davrda turli xildagi internet - kompaniyalar
va eksklyuziv elektron savdo loyihalarini yaratish amaliyoti bir qator
muvaffaqiyatsizliklarga uchramoqda va elektron biznes loyihalarning
ayrim qismlarigina amalga oshmoqda va faoliyat ko‘rsatmoqda. Bir
qancha elektron biznes loyihalari davlatning yordami yoki sponsorlar
ko‘magi yoki subsidiyalr vositasida amalga oshib, qandaydir
yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Mahsulot va
xizmatlar bozorlarining pastki bo‘g‘indagi ishtirokchilarini bir-birlariga
bog‘laydigan, ularni kompaniya iddao etayotgan
yagona strategiyaga
yo‘naltiradigan va o‘zaro yordamini ta’minlovchi innovatsion
loyihalargina kelajakda istiqbolga ega hisoblanadi va bunday holatda,
moliyaviy jihatdan tez o‘zgarib turadigan bozorda eng kam miqdordagi
tavakkalchilik bilan raqobatga kirishishning real imkoniyatlari yuzaga
keladi. Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari va
kompyuter tarmoq infratuzilmasi bu kabi bog‘lanishni dasturiy-texnik
jihatdan ta’minlab beradi. Bularga yagona hududiy yoki global to‘lov
tizimini, huquqiy yordam va bir qator brokerlik vazifasini bajaruvchi
kichik
miqyosdagi ijrochi firmalar, tarmoq registratorlari va sifatli
xizmat ko‘rsatishni amalga oshirib beruvchi servis markazlarining
yaratilishi orqali erishish mumkin bo‘ladi. Ko‘pchilik insonlar internetga
ishlayotgan davrlarida ko‘nikib qolgan va ilgari davrlarda katta shov-
83
shuvlarga sabab bo‘lgan internet vositasidagi elektron biznes endilikda
sog‘lom aql-idrokka asoslanib, moliyaviy nuqtai-nazardan hisob-kitobli
bo‘lib bormoqda va uning tevaragida paydo bo‘layotgan katta-kichik
miqyosdagi muammolarni internet-bozor ishtirokchilari o‘zlari oqilona
hal qilishlari zarur bo‘ladi, albatta. Tarmoqdagi internet-savdoga
o‘rgangan turli-tuman foydalanuvchilar internet-do‘kon saytlariga kirib,
odatdagidan ko‘ra pastroq narxdagi mahsulot va xizmatlarni izlaydilar.
Elektron biznes ishtirokchilari bo‘lgan
sotuvchilar va kompaniya
mutasaddilari xaridorlarni o‘zlarining mahsulot va xizmatlariga yanada
ko‘proq jalb qilish maqsadida narxlarni pasaytirishga muttasil harakat
qiladilar va bunga erishadilar ham. Ammo agarda tarmoqdagi
sotuvchilarning narxi potensial xaridorlarni qoniqtirmasa, ushbu
xaridorlar tabiiy ravishda ularning potensial raqobatchilarga murojaat
qiladilar. Internet kompaniya potensial xaridorlarning bu kabi nooddiy
xatti-harakatini hisobga olgan holda hozirgi davrda maxsus avtomatik
sotuvchi robotlar (
shopping-robotlar
) o‘rnatilgan savdo saytlari paydo
bo‘la boshlayapti, Bunday robot-sotuvchlar
potentsial xaridorlarga
mahsulot va xizmatlarga internet kompaniya uchun aqlga muvoviq
bo‘lgan narx va chegirmalar haqida inson ishtirokisiz ma’lumotlar
yetkazib turadilar. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, internet savdoda
xaridorlarni jalb qilish uchun narxlarning vaqtinchalik tushirilishi
ko‘pchilik kompaniyalar uchun oxirgi vaqtlarda o‘zini to‘liq
oqlamayapti va shuning uchun ham bu borada qo‘shimcha ilmiy
tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirgi davrda ko‘plab o‘xshash savdo
brendlarining mavjudligi, internet savdoda bir-biriga juda o‘xshash
bo‘lgan mahsulot va xizmatlarning ko‘payishi potensial
xaridorlarning
savdo vositachilari (dillerlari) manzillari va nomlarini yodda
qoldirishlariga mone’lik qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: