Urbanizatsiya va shahar ekologiyasi



Download 57,5 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi57,5 Kb.
#935540
  1   2
Bog'liq
Urbanizatsiya va shahar ekologiyasi


URBANIZATSIYA VA SHAHAR EKOLOGIYASI.

R e j a:

1. Urbanizatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari


2. Urbanizatsiya jarayoni va uning tiplari
3. Urbanizatsiyaning jahondagi xususiyatlari
“Urban” (urban) –shahar, “zatsiya”-jarayon demakdir. Shu ma‘noda urbanizatsiya mamlakat yoki boshqa hududlarning shaharlashuvini anglatadi. U o’ta murakkab, ijtimoiy-iqtisodiy va butun dunyoga xos global jarayondir. Biroq uning geografik jihatlari kam emas, chunki urbanizatsiya turli mamlakat va rayonlarda o’zgacha sodir bo’ladi.
Urbanizatsiya murakkab hodisa ekanligi tufayli uni faqat bitta mezon, ko’rsatkich bilan ifodalash, o’lchash mumkin emas. Ammo shunday bo’lsada, barcha uchun qulay bir o’lchov kerak. U ham bo’lsa, mamlakat va boshqa hududlar aholisining qanchasi, qancha qismi shahar joylarda yashashi,ulushi, nisbiy hissasidir. Masalan, O’zbekiston respublikasida bu ko’rsatkich 38 %, Tojikistonda 32 %, Afg’onistonda 19 %, Turkmanistonda 48 % va h.k. rivojlangan mamlakatlarda urbanizatsiya koeffitsienti 90 va undan ortiq foizni tashkil etadi.
Urbanizatsiyaning umumiy ko’rsatkichi bilan mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi va uning tarkibiy tuzilishi orasida ma‘lum aloqadorlik bor. Chunonchi, agar urbanizatsiya koeffitsienti taxminan 70-75 va undan ortiq bo’lsa, u xolda mamlakat sanoat jihatdan yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat hisoblanadi. 50-70 % -bu ham rivojlangan, milliy iqtisodiyoti industrial-agrar, 30-50 % -rivojlanayotgan agrar-industrial va 30 % dan past bo’lsa, sust rivojlangan agrar mamlakat holatida bo’ladi.
Ammo, shuni alohida ta‘kidlash joizki, urbanizatsiyaning yuqoridagi ko’rsatkichi hamma vaqt va hamma joylarda ham real hududiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettirmaydi. Masalan, Rossiya Federatsiyasining Chukotka o’lkasida yoki Kamchatka, Magadan viloyatlarida, o’zimizning Qoraqalpog’istonda urbanizatsiya ko’rsatkichi nisbatan yuqori. Biroq, bu hududlar iqtisodiy jihatdan uncha rivojlanmagan.
O’zbekiston bilan Turkmanistonni olaylik, urbanizatsiyaning demografik ko’rsatkichi Turkmanistonda biznikidan ko’ra ancha yuqori, vaholanki, iqtisodiyotda bunday xulosa chiqarish noto’g’ri bo’lardi.
Demak, u yoki bu mamlakat urbanizatsiya darajasini boshqa mamlakat bilan qiyoslaganda quyidagilarga e‘tibor berish lozim:
-shahar tashkil qilish mezonlari (masalan, Turkmanistonda buning uchun 5 ming aholi kerak, O’zbekistonda- 7 ming);
-shaharlarning umumiy soni va zichligi;
-yirik shaharlarning mavjudligi;
-shahar aglomeratsiyalarining rivojlanganligi;
-qishloq-shahar va mayatniksimon migratsiya;
-aholining bandlik darajasi va tarkibi;
-qishloq joylar urbanizatsiyasi, qishloqliklarda shaharchasiga yashash tarzining mavjudligi va h.k.
Yuqoridagilar urbanizatsiyaning naqadar murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa ekanligidan dalolat beradi.
Albatta, urbanizatsiya-bu ob‘ektiv va umuman loganda ijobiy jarayon. Ammo, uning salbiy tomonlari ham yo’q emas. Chunonchi, ekologik va sotsial muammolarning keskinlashuvi hozirgi zamon urbanizatsiyasining eng ko’zga ko’rinarli salbiy “yo’ldoshlaridir”.
O’rta Osiyo va O’zbekistondagi urbanizatsiya sharqona xususiyatga ega. Binobarin, bu yerda urbanizatsiya ko’rsatkichini yaqin kelajakda 70-80 % bo’lishini tasavvur qilish qiyin va bunday aslo bo’lmaydi ham. Sababi, bizda shaharlar rivojlanio’i qishloq xo’jaligi bilan qadimdan an‘anaviy xolda bog’liq.
Qolaversa, bunday mamlakatlarda qishloq urbanizatsiyasi ham katta ahamiyatga ega. Boz ustiga, respublikamiz rahbariyati qishloq joylarda ijtimoiy-iqtisodiy tub o’zgarishlarni amalga oshirish, qishloq industriyasi va infrastrukturasiga jiddiy e‘tibor qaratmoqdaki, bu ham urbanizatsiyani ichkaridan rivojlanishidan darak beradi.
Urbanizatsiya – bu murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va geografik jarayon bо‘lib, bu jarayon uchun dunyoda yoki muayyan bir davlatda shaharlarning va shahar aholisi sonining oshib borishi muhim о‘rin tutadi. Urbanizatsiya jamiyat taraqqiyotida shaharlar mavqeining oshib borishi, aholi va ishlab chiqarish kuchlarining joylashishidagi о‘sish kо‘rsatkichlari, insonlar yashash tarzining, fan va madaniyatning rivojlanishi kabi xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Davlatning urbanizatsiyalashganlik darajasi umumiy aholi tarkibida shaharlarda istiqomat qilayotgan aholi miqdorining salmog‘i bilan baholanadi. Shaharlarning rivojlanishi esa jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning ham taraqqiyotida hamda aholi turmush darajasi va hayot tarzini yaxshilashga xizmat qilishi bilan tavsiflanadi. Turli davlatlarda shaharlarning taraqqiy etishi, urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi ishlab chiqarish, iqtisodiyot, moliya, transport, infratuzilma va boshqa sohalarning о‘zaro aloqadorligi natijasida ham yuzaga keladi. Bizning hududimizda esa shaharlar dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo va shu kabi milliy an’analar negizida rivojlanib kelgan. Aholining kо‘proq ana shu sohalarda band bо‘lishi, tovar ishlab chiqarish miqdorining hamda miqyosining oshib borishi shaharlashuv jarayonining yuzaga kelishiga va rivojlanishiga zamin bо‘lib xizmat qilganligi tarixiy manbalardan ma’lum.
Hozirgi kunda dunyo miqyosida kechayotgan demografik jarayonlar va ularning urbanizatsiyalashuv jarayoni, shahar va qishloq aholisi dinamikasi, shaharlarning о‘sish sur’atlariga ta’siri dolzarb masalalardan biri bо‘lib, kо‘plab mutaxassislarning e’tiborini о‘ziga tortmoqda. Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining mazkur masalalar bilan maxsus shug‘ullanuvchi aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) mavjud bо‘lib, ushbu jamg‘arma tomonidan dunyoning kо‘plab mamlakatlarida aholi bilan bog‘liq masalalar о‘rganilib kelinmoqda. Mazkur tashkilotning 2005 yildagi ma’lumotlariga kо‘ra, dunyo aholisining 47 %i shaharlarda istiqomat qilayotgan bо‘lib, mutaxassislarning taxminlariga qaraganda, 2030 yilga kelib bu kо‘rsatkich 60 %ga yetishi mumkin. Lekin, urbanizatsiyalashuv darajasi dunyo miqyosida bir xil emas, ya’ni bu kо‘rsatkich rivojlangan davlatlarda 76 % bо‘lsa, rivojlanayotgan davlatlarda 41 %ni tashkil qiladi. Urbanizatsiya darajasining yuqoriligi shaharlar soni va ularda istiqomat qiluvchi aholining kо‘p-ozligi bilan belgilanib, ijtimoiy taraqqiyot, madaniyat, fan, san’at kabi sohalardagi ahvol va о‘zgarishlarni ifodalaydi.
Urbanizatsiya jarayonlarining paydo bо‘lishiga shaharlarda sanoatning о‘sishi, shaharlarning jamiyat hayotida madaniy va siyosiy rolining oshishi, hududiy mehnat taqsimotining kuchayishi sabab bо‘ldi. Quyidagilarni urbanizatsiya jarayonlarining omillari sifatida kо‘rsatishimiz mumkin:
a) shahar aholisining tabiiy о‘sishi;
v) qishloqdagi aholi yashaydigan mintaqalarda shaharlarning bunyod bо‘lishi;
s) shahar atrofida yangi aholi yashaydigan joylarning paydo bо‘lishi;
d) qishloq aholisining shaharga migratsiyasi.
Urbanizatsiyaning hozirda asosiy xususiyatlari birinchidan, qishloq aholisining shaharlarga kо‘chishida, ikkinchidan, aholining kо‘proq yirik shaharlarda tо‘planishida, uchinchidan, mayatniksimon migratsiyaning о‘sishida, tо‘rtinchidan, shahar megapolislarining paydo bо‘lishida namoyon bо‘lmoqda.
Insoniyat о‘z tarixining kо‘p qismini qishloqlarda, agrar mehnat qilib о‘tkazdi. Ammo insoniyatning hozirgi tarixida shaharlar, shaharlashuv jarayonlari kuchayib ketdiki, bu jarayon о‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun urbanizatsiya muammolari turli mutaxassislar tomonidan о‘rganib kelinmoqda.
Yer yuzida eng qadimgi shahar Rim bо‘lgan. 1800 yilda Pekin millioner shahar bо‘ldi. Keyinchalik esa Nyu-York va London shaharlari ham bu rо‘yxatdan joy oldilar. XIX asrning boshlarida faqatgina 4 % dunyo aholisigina shaharlarda istiqomat qildi. Urbanizatsiya jarayonlarining kuchayishiga sanoatning о‘sishi
yo va Jizzax viloyatlarida 15 tadan, Andijon va Qashqadaryoda 16 tadan, Namangan viloyatida 20 ta va Farg‘onada 19 ta shahar va shaharchalar bor. (2005 yil)
Urbanizatsiya faqatgina shahar va shaharchalarning umumiy soni bilan emas, balki kо‘proq shaharlar aglomeratsiyasining rivojlanganligi bilan belgilanadi. О‘zbekistonda 2005 yil ma’lumotiga kо‘ra 17 ta yirik shahar bor. Ular orasida Toshkent shahri keskin ajralib turadi. Aholisining soni 2128 mingdan ortiq bо‘lgan poytaxt shaharning respublikadagi urbanizatsiya jarayoniga bо‘lgan ta’siri benihoya katta. Shu tarzda О‘zbekistonda urbanizatsiya jarayoni Toshkent shahri, katta va о‘rta shaharlarga bog‘liq holda amalga oshmoqda. Yirik shaharlar negizida shaharlarning murakkab hududiy tizimi-shahar aglomeratsiyalari vujudga kelgan bо‘lib, ular urbanizatsiya rivojlanishining muhim kо‘rsatkichi sifatida xizmat qiladi. Masalan, Toshkent aglomeratsiyasi 30 ga yaqin shahar va shaharchalarni birlashtiradi. Shuningdek, Farg‘ona-Marg‘ilon, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon va boshqa aglomeratsiyalar ham rivojlanib bormoqda.
О‘zbekistonda urbanizatsiyaning umumiy kо‘rsatkichi 1984 yillarda 42 % dan ortiqroq edi. Keyingi paytda urbanizatsiya kо‘lamiga shahar aholisining tabiiy о‘sish darajasining kamayib borishi ham ta’sir etmoqda. Urbanizatsiya darajasining qisqarib borishiga qishloq aholisining shaharliklarga nisbatan tezroq kо‘payishi, shaharlarda (ayniqsa, sanoat markazlarida) tashqi migratsiyaning kuchayishi, yangi shaharlarning vujudga kelmasligi ham sabab bо‘ldi. Ammo qishloq joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, infratuzilma va sanoat korxonalari, dam olish maskanlarining tashkil etilishi, qishloq xо‘jaligiga tegishli bо‘lmagan iqtisodiy tarmoqlarda tadbirkorlikning rivojlanib borishi urbanizatsiyaning haqiqiy holatini ifodalab beradi. Mazkur о‘zgarishlar hamda shaharlar rivojlanishi asosida О‘zbekistonda yaqin yillarda urbanizatsiya umumiy kо‘rsatkichining qisqarib borishi tо‘xtab, о‘sa boshlaydi.
Ma’lumki, о‘tgan asrning 70-80 yillarida respublikamizda shaharlar soni tez о‘sib bordi. Biroq, bu “ma’muriy” yoki buyruq asosida qishloqlarning shaharga aylantirilishi, sun’iy, ekstensiv tarzdagi urbanizatsiya edi. 1970 yil aholi rо‘yxatiga kо‘ra, О‘zbekistonda 42 shahar va 82 shaharchalar qayd etilgani holda, 1989 yilda ularning soni, yuqoridagilarga mos holda, 124 va 97 taga yetgan. Shaharlar sonining bunday tez kо‘payishi xususan, 1972-1985 yillarda kuzatilib, u aholi manzilgohlariga shahar maqomini berish mezonining kamaytirilishi (10 mingdan 7 ming kishiga) hamda viloyatlarning bu boradagi “tashabbuslariga” bog‘liq bо‘ldi. Undan keyingi yillarda yangi shaharlarni tashkil etish respublikada keskin kamaydi. Masalan, mustaqillik yillarida faqat 3 shaharchaga shahar maqomi berildi. Ular Samarqand viloyatidagi Poyariq (1994), Buxoro viloyatidagi Shofirkon (1995) va Navoiy viloyatidagi Yangirabot (1998) dan iborat.
Hozirgi vaqtda О‘zbekistonda 119 shahar va 114 shaharchalar mavjud (Karimov I.A. О‘zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksini tasdiqlash tо‘g‘risida. –T.,2002 yil 4 aprel,353-N-son) bо‘lib, ularda mamlakat aholisining 36,1%i istiqomat qiladi. Jami shahar aholisining 57,4 % i 17 ta katta shaharlarga tо‘g‘ri keladi (3-ilova). 16 ta о‘rta darajadagi shaharlar bо‘lib, ularning aholisi 1131 ming kishini (12,1%) tashkil etadi. Demak, qolgan 197 shahar va shaharchalarning har birida 50 mingdan kam aholi yashaydi, shu jumladan, 143 tasining aholisi 20 ming kishidan ortmaydi. Kichik shaharlarning son jihatdan kо‘pligi ham respublikada urbanizatsiyaning real holatini pastligidan dalolat beradi.
Turli yiriklikdagi va funksional tipdagi shaharlar aholisining о‘sishida katta tafovutlar kuzatiladi. Umumiy qonuniyat shundan iboratki, yirik, kо‘proq og‘ir sanoat tarmoqlariga ixtisoslashgan shaharlarda aholi soni 1989-2004 yillarda deyarli о‘smagan yoki kamaygan bо‘lsa, kichik va о‘rta shahar hamda shaharchalar, agrosanoat va qishloq tumanlarining ma’muriy markazlarida bu о‘sish yuqori bо‘lgan. Masalan, kо‘rilayotgan davrda Oxunboboyev, Bо‘ston, Qorovulbozor, Usmat, Shaxrisabz, Payshanba, Poyariq kabi shaharlarda bir yillik о‘rtacha kо‘payish 3,5-6 % ni tashkil qilgan. Shuningdek, og‘ir sanoat markazlari hisoblanmagan Namangan, Qarshi, Termiz kabi katta shaharlarda ham demografik о‘sish birmuncha yuqori bо‘lgan. Ayni vaqtda Samarqand, Farg‘ona, Chirchiq, Angren, Olmaliq, Gazli, Yangiyer, Yangiobod, Ohangaron aholisi 1989 yilga nisbatan kamaygan, Toshkentda esa 1 yillik о‘rtacha kо‘payish juda oz.
Ta’kidlash joizki, tipik sanoat shaharlarida demografik о‘sishning pasayishi, bir tomondan ulardan mahalliy millatlarga mansub bо‘lmagan aholining kо‘chib ketishi (migratsiyasi), ikkinchidan, bunday shaharlarda aholi tug‘ilishi va tabiiy kо‘payishining qisqarishi tufayli yuzaga kelgan. Binobarin, hozirgi vaqtda respublika shahar aholisining о‘sishi asosan kichik va о‘rta shaharlardagi demografik vaziyatga bog‘liq.
Mustaqillik yillarida urbanizatsiya darajasi respublika va uning barcha viloyatlarida kamayib bordi. Faqat Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida shahar aholisining salmog‘i biroz kо‘tarildi (4-ilova).
1991-2005 yillarda О‘zbekistonda shahar aholisining salmog‘i 40,4 % dan 36,2 % ga tushib qoldi. Urbanizatsiya darajasi Toshkent viloyatida 4,1 %ga, Samarqand viloyatida 3,8 %ga, Xorazm viloyatida 3,7 % ga va Buxoro viloyatida 3,5 % ga kamaydi. Keyingi 15 yillikda О‘zbekiston viloyatlari bо‘yicha shahar aholisining о‘sishida sezilarli darajada nomutanosiblik kuzatiladi. Masalan, 1991-2005 yillarda О‘zbekiston shahar aholisining о‘rtacha yillik о‘sish sur’ati 0,9 % bо‘lgani holda Surxondaryoda bu kо‘rsatkich 3,2 % ni, Jizzaxda 2,8 % ni, Qashqadaryoda 2,4 % ni, Namanganda 2,3 % ni, Toshkent viloyatida 0,2 % ni, Sirdaryo 0,6 % ni, Buxoroda 0,7 % ni, Xorazmda esa 0,8 % ni tashkil etdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, poytaxt Toshkent shahri aholisi keyingi 10 yillikda kо‘paymadi, uning soni 2,1 mln.kishi atrofida muvozanatlashdi.
О‘zbekiston shahar aholisi uning hududi bо‘ylab juda notekis joylashgan bо‘lib, bunga asosan sanoat korxonalarining, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarning joylashish xususiyati sababchidir, chunki ittifoq davrida sanoat korxonalari asosan yirik shaharlarda va foydali qazilmalarni qazib olib va qayta ishlovchi regionlarda joylashtirilgan.
Respublikada shahar aholisi eng kо‘p joylashgan (tо‘plangan) region bu- Toshkent shahri va Toshkent viloyatidir. Bu yerda О‘zbekiston shahar aholisining 33,0 % i, ya’ni (3,1 mln.) aholi yashaydi. Toshkent shahrida respublika shahar aholisining 22,8 % i yashaydi. Toshkent regioni respublikadagi eng urbanizatsiyalashgan regiondir. Bu yerda shahar aholisi, jami aholining 68,5 % ini tashkil etadi. Toshkent viloyatida esa shahar aholisining salmog‘i 39,5 % dir.
Shahar aholisi zich joylashgan navbatdagi hudud Farg‘ona regionidir. Uning tarkibiga Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari kiradi. Regionning shahar aholisi 2,5 mln.kishini tashkil etadi. Bu yerda respublika shahar aholisining 24 %i istiqomat qiladi. Farg‘ona vodiysining urbanizatsiya darajasi 31,6 % bо‘lgani xolda, ushbu kо‘rsatkich Namangan viloyatida 37,5 %ni, Andijon viloyatida 29,8 %ni, Farg‘onada esa 28,4 %ni tashkil qiladi.

Download 57,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish